Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
95.8K subscribers
7.85K photos
1.88K videos
149 files
8.29K links
soliq.uz
📨https://t.iss.one/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar: 24/7 rejimda 📞1198
+998712449898
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
[email protected]
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a
Download Telegram
#8mart
#gender_tenglik

Davlat soliq xizmati xodimasi sodiq xizmatlari uchun mukofotlandi

Mamlakatimizda mo‘tabar ayol zotiga har tomonlama e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish,
opa-singillarimizning davlat va jamiyat hayotida tutgan o‘rni va nufuzini oshirish davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev farmoniga muvofiq, 8-Mart – Xalqaro Xotin-qizlar kuni munosabati bilan samarali mehnati, boy amaliy tajribasi bilan Yangi O‘zbekistonni barpo etish, oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash, farzandlarimizni ona Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash ishlariga katta hissa qo‘shib kelayotgan xotin-qizlarimiz davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.

Ular qatorida Navoiy viloyati Xatirchi tumani davlat soliq inspeksiyasining bo‘lim katta inspektori Nodira Xujanazarova ham “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan mukofotlandi

Shu fursatdan foydalanib, uzoq yillardan buyon davlat soliq xizmati organlarida xizmat burchini fidoyilik bilan bajarib kelayotgan Nodira Xujanazarovani o‘z nomimdan va davlat soliq xizmati organlari jamoasi nomidan ushbu mukofot bilan muborakbod etaman!

Sherzod Kudbiyev,
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Raisi

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#uchrashuv
#gender_tenglik

DSQ raisi: Ayollar ham soliq inspeksiyalarini boshqara oladi

Bugun, Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev tizimda faoliyat yuritayotgan barcha xotin-qizlar bilan uchrashdi.

Samimiy muloqot shaklida tashkil etilgan uchrashuvda markaziy apparat va Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo DSI ayollari bevosita qatnashgan bo‘lsa, hududiy DSB va inspeksiyalari xodimalari videokonfrensaloqa orqali ishtirok etdi.

Dastlab, Sherzod Kudbiyev tizimda xizmat qilayotgan ayollarni yaqinlashib kelayotgan 8 mart – Xalqaro xotin qizlar kuni bilan samimiy tabriklab, ularga yuksak ehtiromini bildirdi.

– Ayol timsoli, uning pokiza ziynati har qanday taʼrifdan baland turadi. Uni hech qanday qiyos yoxud tashbeh bilan ifodalab bo‘lmaydi, – dedi Sherzod Kudbiyev. – Har doim, har qanday rivojlangan jamiyatda ayollar roli muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Shu boisdan Yangi O‘zbekistonni har tomonlama rivojlangan davlat sifatida barpo etishga qaratilgan islohotlarda ham opa-singillarimizning davlat va jamiyatdagi nufuzini yanada oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Taʼkidlash joizki, hozirda soliq organlarida 2 400 ga yaqin xotin-qiz xizmat ko‘rsatmoqda. Ular xodim, boshqarma boshlig‘i, bo‘lim boshlig‘i, inspeksiya boshlig‘i sifatida o‘z vazifalarini aʼlo darajada bajarib kelmoqda.

Ayol rahbarlar boshqaruvidagi Xonobod va Kogon shahar DSI faoliyati yuqori baholanib, yetakchi davlat idorasi sifatida eʼtirof etilmoqda.

Soliq xizmati organlarida ayol rahbarlar sonini oshirish uchun
ham men sizlar bilan shaxsan o‘zim uchrashishga qaror qildim. Aniq bilamanki, orangizda rahbarlik vazifasini bemalol bajarishga qodir ayollar yetarlicha topiladi.

Bugungi suhbatimizdan keyin tez orada ana shunday hamkasabalarimizni inspeksiya yoki boshqarma boshlig‘i sifatida ko‘rsak ajabmas.

Shundan so‘ng, tizimda faoliyat yuritayotgan ayollar ham so‘z olib, keyingi yillarda soliq xizmati organlarida bo‘layotgan ijobiy o‘zgarishlar, xususan, gender tenglik, xotin-qizlarning roli oshib borayotgani haqida iliq fikrlarini bildirdi.

Uchrashuv tizimdagi har bir ayol xodima uchun qo‘mita raisi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish, o‘z fikr mulohazalarini bildirish imkonini berdi.

Tadbir yakunida bu kabi uchrashuvlarni anʼanaga aylantirish taʼkidlandi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv
#gender_tenglik


Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev tizimda faoliyat yuritayotgan barcha xotin-qizlar bilan uchrashdi.

Uchrashuv tizimdagi har bir ayol xodima uchun qo‘mita raisi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish, o‘z fikr-mulohazalarini bildirish imkonini berdi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#tayinlov
#gender_tenglik

Davlat soliq xizmati organlari tizimida ayollar rahbarlik lavozimlariga tayinlandi

Avvalroq, Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sh.Kudbiyev tizimda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar bilan uchrashuv o‘tkazib, sohada xizmat qilayotganlar o‘rtasida rahbarlik vazifasini bajarishga qodir ayollar yetarlicha ekanligini ta’kidlagan edi.

Dono Narova Shayxontohur tumani DSI boshlig‘i o‘rinbosari etib tayinlandi;

Akida Sultanova Yashnobod tumani DSI boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi;

Almagul Kabulova Xo‘jayli tumani DSI boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi;

Sharipa Sultanova Taxiatosh tumani DSI boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi;

Feruza Farmonova Payariq tumani DSI boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi;

Gulbahor Haitova Oqdaryo tumani DSI boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi;

Istoda Haydarova Samarqand tumani DSI boshlig‘i o‘rinbosari etib tayinlandi;

Raxnamoxon Koraboyeva Toshloq tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi;

Muborak Kadirova Yangi Namangan tumani DSI boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi;

Zilola Abdunabiyeva Zarbdor tumani DSI boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimiga taynlandi;

Go‘zal Samiyeva Sho‘rchi tumani DSI boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#gender_tenglik

Davlat soliq xizmati organlarining ustuvor vazifalaridan biri – Gender tenglikni ta'minlash

Yurtimizda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yangi bosqichga ko‘tarish, ayollarning jamiyatdagi o‘rnini yanada yuksaltirish va mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasida ayollarga munosib sharoit yaratish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash masalasi eng muhim yo‘nalishlardan biri sifatida belgilangan.

Bu borada davlat soliq xizmati organlarida ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, joriy yilning 16-20-may kunlari hududiy davlat soliq organlarida rahbarlik lavozimiga tayinlangan hamda tizimda ishlayotgan ayol xodimlarni rahbarlikka o‘qitish bo‘yicha malaka oshirish kursi tashkil etildi.

Fiskal institutda tashkil etilgan malaka oshirish kursi yakunida kursni muvafaqqiyatli tamomlagan tinglovchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#gender_tenglik

Gender tenglik va mehnat muhofazasi

Davlat soliq qo‘mitasida Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi bilan hamkorlikda ochiq muloqot tashkil etildi.

Joriy yil 17-iyun kuni o‘tkazigan tadbirda ayollarning jamiyatdagi rolini yanada oshirish, xususan, soliq organlarida mehnat qilayotgan xotin-qizlarning safini iqtidorli mutaxassislar hisobidan kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida fikr yuritildi.

Tadbirda Oliy Majlis Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi raisi Malika Qodirxonova ishtirok etdi.

Batafsil

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#gender_tenglik

Iqtisodiyot tarmoqlarida 3 mln nafardan ortiq xotin-qiz band

Ulardan:
2 188,6 ming nafari – yuridik shaxslar xodimlari;
889 ming nafari – o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tgan;
151,2 ming nafari – yakka tartibdagi tadbirkor.

Ish bilan band bo‘lgan ayollarning aksariyati ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy xizmatlar va sanoat sohalarida faoliyat ko‘rsatmoqda.

Xotin-qizlar bandligini ta'minlash bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkich qayd etgan tashkilotlar orasida Olmaliq va Navoiy kon-metallurgiya kombinatlari hamda “O‘zbektelekom” AK yetakchilik qilmoqda.

Infografika davlat soliq organlarida mavjud ma’lumotlar asosida tayyorlangan.
______________
#гендерное_равенство

Более 3 млн женщин ведут трудовую деятельность в секторах экономики

Из них:
2 188,6 тысячи женщин - трудоустроены у юридических лиц;
889 тысяч женщин - зарегистрированы в качестве самозанятых;
151,2 тысячи женщин - индивидуальные предприниматели.

Больше всего трудоустроенных женщин - в сферах образования, здравоохранения, оказания социальных услуг и в промышленности.

Среди организаций, обеспечивших наиболее высокие показатели занятости женщин - Алмалыкский и Навоийский горно-металлургические комбинаты, АК «Узбектелеком».

Инфографика подготовлена на основании данных, имеющихся в органах государственной налоговой службы.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#gender_tenglik

Soliq organlarida xotin-qizlarga bo‘lgan eʼtibor yangi bosqichda

2022
-yil 4-oktabr kuni Davlat soliq qo‘mitasida “Innovatsion yondashuv va kreativ fikrlash – yuksak natija omili” mavzusida Respublika seminar-treningi tashkil etildi.

Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan anjumanda 20 dan ortiq vazirlik va idoralar hamda 100 ga yaqin davlat va jamoat tashkilotlarining xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha boshlang‘ich tashkiloti vakillari, shuningdek, Bosh vazir o‘rinbosari - Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi Zulayho Mahkamova ishtirok etdi.

Tadbir davomida soliq xizmati ayollarining manfaatlarini ishonchli himoya qilish uchun:

▫️“Soliq xizmatining ayollar qanoti” jamoat tashkiloti
taʼsis qilingani (soliqchi ayollarning jamiyatdagi mavqeini ko‘tarish, ularning malakalarini oshirish, har tomonlama qo‘llab-quvvatlash);

▫️Soliq xizmatidagi ayollar” nomli elektron platforma yaratilgani (xotin-qizlar haqidagi elektron maʼlumotlar bazasi);

▫️“Soliqchi xotin-qizlar murojaatlari” telegram-bot faoliyati yo‘lga qo‘yilgani (xotin-qizlarning murojaatlari qisqa muddatda ko‘rib chiqilib, ijobiy hal qilish tizimi) ta'kidlandi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#gender_tenglik

Soliq xizmati organlarida ayollar rolini oshirishga bag‘ishlangan seminar-trening o‘tkazilmoqda

Bugun Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidagi “G‘azalkent” sog‘lomlashtirish markazida Soliq xizmati organlarida samarali mehnat qilayotgan faol xotin-qizlar ishtirokida “Yangi hayot uchun yangi O‘zbekiston uchun’’ mavzusida ikki kunlik seminar-trening boshlandi.

👩‍💼Tadbirda tizimda faoliyat yuritib kelayotgan 200 nafardan ortiq xotin-qiz xususan, rahbar ayollar, hududiy soliq xizmati organlaridagi xotin-qizlar bo‘yicha boshlang‘ich tashkiloti mas’ullari ishtirok etmoqda.

Bevosita muloqotda ayollarning jamiyat va davlat ishlarini boshqarishdagi ishtirokini to‘laqonli ta’minlash, ularni ijtimoiy-iqtisodiy hamda huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, gender tenglik va teng huquqlilikni ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida so‘z bordi.

Shuningdek, ayollarning salomatligini mustahkamlash va jismoniy faolligini oshirish maqsadida sport musobaqalari tashkil etildi.

Seminarning ikkinchi kunida “Zakovat” intellektual o‘yini hamda turli ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#gender_tenglik

Soliq xizmati organlarida ayollar rolini oshirishga bag‘ishlangan seminar-treninglar davom etmoqda

1-oktabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Soliq qo‘mitasi huzuridagi o‘quv muassasalari hamda tizim tashkiloti xodimalari uchun "G‘azalkent" sog‘lomlashtirish markazida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Seminar-treningda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi Jamila Shermuhamedova ishtirokida "Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!" mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Shuningdek, qiziqarli sport mashg‘ulotlari, "Zakovat" intellektual o‘yini hamda boshqa madaniy tadbirlar o‘tkazildi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads