Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
95.4K subscribers
7.9K photos
1.89K videos
158 files
8.34K links
soliq.uz
📨https://t.iss.one/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar: 24/7 rejimda 📞1198
+998712449898
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
[email protected]
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a
Download Telegram
#xizmat_yigilishi

Sansolarlikka yo‘l qo‘ygan masʼullarga nisbatan keskin choralar ko‘rildi

Joriy yilning 28-sentabr kuni Davlat soliq qo‘mitasi Raisi Sh.Kudbiyev rahbarligida QQS manfiy farq summalarini qoplab berish bo‘yicha tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini ko‘rib chiqilishiga bag‘ishlangan xizmat yig‘ilishi o‘tkazildi.

Tanqidiy muhokama natijalari bilan
murojaatlarni belgilangan tartib va muddatda ko‘rib chiqmasdan sansolarlikka yo‘l qo‘ygan, xizmat vazifalarini bajarishda masʼuliyatsizlik qilgan 9 ta xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilindi.

Shuningdek, 10 ta xodimning maxsus unvoni pasaytirildi va 13 ta xodimga nisbatan intizomiy jazo choralari belgilandi.

Ushbu masalada har hafta yakuni bilan har bir hududiy davlat soliq boshqarmalarining “korxonabay” hisobotlarini eshitish tizimi joriy etildi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram