Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
98.3K subscribers
8.13K photos
1.98K videos
162 files
8.59K links
soliq.uz
📨https://t.iss.one/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar: 24/7 rejimda 📞1198
+998712449898
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
[email protected]
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a
Download Telegram
#gerbim_faxrim
#huquqiy_savodxonlik_oyligi

O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilinganiga 30 yil to'ldi

2-iyul – Davlat gerbi qabul qilingan kun
– shu munosabat bilan Davlat soliq qo‘mitasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Unda DSQ Markaziy apparati hamda Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar gerb — davlat mustaqilligini mustahkamlashga xizmat qilishini, qolaversa, O‘zbekiston Respublikаsi dаvlаt suverenitetining rаmzi ekanligini ta’kidladi.

Shuningdek, davlat gerbi va undagi belgilarning tarixiy ahamiyati haqidagi ma’ruzalar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#huquqiy_savodxonlik_oyligi

Davlat soliq qo‘mitasida Huquqiy savodxonlik oyligi bo‘lib o‘tmoqda

Mazkur oylik doirasida:

🔸O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o‘zgarishlarga bag‘ishlangan o‘quv-seminar;

🔸2-iyul – O‘zbekiston Respublikasi davlat gerbi qabul qilingan kun munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda Adliya vazirligi qoshidagi yuristlar malakasini oshirish markazi katta o‘qituvchisi, yu.f.n., dotsent Rafik Shakurov “Mening Konstitutsiyam” mavzusida ma'ruza qildi. U Konstitutsiyamizga kiritilayotgan o‘zgarishlar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berdi.

Shuningdek, tadbirda so‘z olganlar gerb — davlat mustaqilligini mustahkamlashga xizmat qilishini, qolaversa, O‘zbekiston Respublikаsi dаvlаt suverenitetining rаmzi ekanligini ta’kidladi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#huquqiy_savodxonlik_oyligi

Davlat soliq qo‘mitasida "Case solving" – kvest-trening o‘tkazildi

Davlat soliq qo‘mitasida "Huquqiy savodxonlik oyligi" yuqori saviyada o‘tkazilmoqda.

Oylik davomida navbatdagi tadbir, xodimlarda kasbiy axloq-odobni, korrupsiyaga qarshi turish madaniyatini va unga murosasiz munosabatni shakllantirishga bag‘ishlandi.

Joriy yilning 22-iyul kuni Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi vakillari J.Maxmudov hamda B.Abdullayev tomonidan "Case solving" – masalalarni yechishga qaratilgan kvest-trening (psixologik trening) o‘tkazildi.

Kvest-trening interaktiv tarzda o‘tkazilib, xodimlar tomonidan “Korrupsiya nima?”, “Korrupsiyaning kelib chiqish sabablari?” va “Korrupsiyani oldini olish mexanizmi” kabi mavzularda taqdimotlar namoyish etildi.

Tadbir yakunida “Vijdon”, “Antikorrupsiya” va “Namunali soliqchi” jamoalari sardorlari faxriy yorliq va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.

👉Batafsil

▪️Davlat soliq qo‘mitasida Huquqiy savodxonlik oyligi bo‘lib o‘tmoqda
▪️“Mening Konstitutsiyam” – Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgarishlar

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram