#25_may
#bitiruvchi_2022
Fidoyilik hamda halollik kabi xislatlarni namoyon qila oladigan Davlat xizmatchisi bo‘lishdek eng sharafli kasbni tanlashingiz tarafdoriman
Aziz bitiruvchilar, jonajon maktabingiz, qadrdon ustozlaringiz va bir partada yonma-yon o‘tirib, oila aʼzolaridek bo‘lib qolgan sinfdoshlaringiz bilan xayrlashib, hayotingizning yangi, yanada masʼuliyatli bosqichiga qadam qo‘yayotganingiz bilan samimiy tabriklayman.
Bunyodkorlik, yaratuvchanlik, har doim o‘qish va izlanishda bo‘lib, yurtimiz taraqqiyoti, uning rivoji, ertangi kuni uchun kerakli insonlar bo‘lib yetishishingizda omadlar tilayman.
Albatta fikr erkinligi, xilma-xilligi ko‘p va ularni hurmat qilamiz.
Lekin, bugun sizning shaʼningizga bildirilayotgan ezgu tilaklar qatorida, kimlardir davlat xizmatchisi bo‘lishni tanlamang degan maslahatlarni ham berishdi.
Xalqimizning, xizmat qilgan elda aziz, degan iborasi bejizga aytilmagan.
Davlat xizmatchisi – bu xalq xizmatkoridir!
Yangi O‘zbekiston meʼmori va tashabbuskori hisoblanuvchi Prezidentimiz tomonlaridan belgilangan bugungi va ertangi avlodlarimizning “Uchinchi Renessans” poydevorini birgalikda qurishimiz uchun yuksak kasbiy mahorat, kuchli iroda sohibi, o‘rni kelganda mardlik va fidoyilik hamda halollik kabi xislatlarni namoyon qila oladigan Davlat xizmatchisi bo‘lishdek eng sharafli kasbni tanlashingiz tarafdoriman.
Sherzod Kudbiyev,
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi
Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram