Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
96.1K subscribers
7.97K photos
1.9K videos
160 files
8.4K links
soliq.uz
📨https://t.iss.one/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar: 24/7 rejimda 📞1198
+998712449898
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
[email protected]
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a
Download Telegram
#QR_kod

195 mingdan ortiq tadbirkorlik subyektlarining shaxsiy kabinetlari orqali QR-kodlar shakllantirildi

Vazirlar Mahkamasining 148-son qarori bilan kiritilgan o‘zgartirishlarga muvofiq, tadbirkorlik subyektlari tomonidan mijozning tanishishi uchun qulay joylarda (asosan o‘zaro hisob-kitoblar amalga oshiriladigan, shuningdek, kirish va xaridorga ochiq bo‘lgan boshqa joylarda) 👇quyidagi ma’lumotlar joylashtirilishi kerak.

🔸yuridik shaxslar –
korxona nomi, STIR, joylashgan joyi (pochta manzili va ish rejimi) va ushbu ma’lumotlarni skanerlash imkonini beruvchi maxsus QR-kod;

🔸yakka tartibdagi tadbirkorlar –
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik va ro‘yxatdan o‘tkazgan organning nomi, JShShIR hamda ushbu ma’lumotlarni skanerlash imkonini beruvchi maxsus QR-kod.

Bu soliq to‘lovchilar faoliyati shaffofligini taʼminlash bilan birga, soliq huquqbuzarliklari haqida xabar berishda isteʼmolchilarga qulayliklar yaratadi.

Maxsus QR-kodni joylashtirmaslik savdo yoki xizmat ko‘rsatish qoidalarini buzish deb hisoblanadi va Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 164-moddasiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravaridan 5 baravarigacha jarima solishga sabab bo‘ladi.

☝️Maʼlumot uchun, bugungi kunda Respublika bo‘yicha 195 mingdan ortiq tadbirkorlik subyektlarining shaxsiy kabinetlari orqali QR-kodlar shakllantirildi.

#️⃣Ma’lumotlarni skanerlash imkonini beruvchi maxsus QR-kod soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali soliq organlari tomonidan shakllantirib beriladi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram