Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
95.8K subscribers
7.85K photos
1.87K videos
148 files
8.28K links
soliq.uz
📨https://t.iss.one/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar: 24/7 rejimda 📞1198
+998712449898
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
[email protected]
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a
Download Telegram
#tashrif

Bugun mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Davlat soliq qo‘mitasiga tashrif buyurdi. Ayni paytda soliq ma’murchiligini isloh qilish va sohaga axborot texnologiyalarini keng joriy etish masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazilmoqda.

Yig‘ilishda keyingi 5 yilda mutlaqo yangi soliq tizimi yaratilgani, 2020-yilda bugungi O‘zbekistonimizga munosib bo‘lgan yangi Soliq Kodeksi qabul qilingani qayd etildi.

Soliq turlari 13 tadan 9 taga kamaytirildi. Mulk solig‘i 5% dan 1,5% ga tushdi. QQS 20% dan 15% ga tushdi. 2023-yil 12% ga tushirishimiz kerak. Buning uchun ko‘p ish qilishimiz kerak. Odamlar qachon bizdan rozi bo‘ladi? Soliq yuki kamayib, daromadlarimiz oshib borsa, rozi bo‘ladi” dedi Prezident.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tashrif

Prezident Shavkat Mirziyoyev 16-mart kuni Davlat soliq qo‘mitasining Maʼlumotlarni qayta ishlash markazini borib ko‘rdi

Bu markazni mamlakatimiz soliq tizimining “miyasi” deyish mumkin. Bu yerga barcha soliq to‘lovchilarning maʼlumotlari integratsiya qilingan. 50 nafarga yaqin malakali mutaxassis soliq aylanmasini onlayn rejimda kuzatib, masofadan tezkor xizmat ko‘rsatadi.

Davlatimiz rahbari markazdagi ish jarayonini ko‘zdan kechirdi. Soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

📹 YouTube orqali ko‘rish

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#tashrif

Kuni kecha Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev Davlat soliq qo‘mitasiga tashrif buyurib, soliq sohasini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar.

Muhtaram Prezidentimiz so‘nggi yillarda soliq maʼmuriyatchiligining tubdan o‘zgarayotganligini qayd etib, erishilayotgan natijalar ortida davlat soliq xizmati xodimlarining mashaqqatli va sermahsul mehnati borligini taʼkidladilar.

Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan oqilona siyosat asosida sohada tub islohotlar amalga oshirildi. Shu bilan birga, Davlatimiz Rahbari navbatdagi muhim vazifalarni belgilab berdilar.

Jumladan, Soliq organlari xizmat ko‘rsatishga transformatsiya qilinganini taʼkidlab, endilikda soliq xizmati organlari tadbirkorga ko‘makchi, maslahatchi va yordamchi bo‘lishini oldimizdagi eng muhim vazifa etib belgilab berdilar.

Hurmatli Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan vazifalar ijrosi so‘zsiz taʼminlanadi va biz soliq organlari transformatsiyasini davom ettiramiz. Bunda tadbirkorlarimizga ko‘makchi bo‘lish asosiy tamoyil bo‘lib saqlanib qoladi va bu boradagi ishlar izchil davom ettiriladi.

Prezidentimizning Davlat soliq qo‘mitasiga shaxsan tashrif buyurib, soha xodimlari bilan yuzma-yuz uchrashishini butun soliq tizimining yuksak darajadagi eʼtirofi deb bilamiz. Bunday eʼtirof o‘z navbatida bizga katta masʼuliyat yuklaydi.

Men, o‘z navbatida, davlat soliq organlarida sidqidildan samarali mehnat qilayotgan barcha xodimlarga, ayniqsa, soliq metodologiyasi, soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish, soliq nazoratini amalga oshirish, shuningdek, zamonaviy IT texnologiyalarini joriy etishda jonbozlik ko‘rsatayotgan xodimlarga alohida minnatdorligimni bildiraman.

Sherzod Kudbiyev,
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Raisi