#utilizatsiya
Utilizatsiya yig‘imi kim tomonidan, qaysi muddat va qay tartibda to‘lanadi?
🚗Utilizatsiya yig‘imi transport vositalarini import qiluvchi va O‘zbekiston Respublikasida sotiladigan transport vositalarini ishlab chiqaruvchilar tomonidan hisoblab chiqariladi.
🔹Import qilishda utilizatsiya yig‘imi bojxona deklaratsiyasi rasmiylashtirishdan oldin yoki o‘sha vaqtning o‘zida to‘lanadi;
🔹Mahalliy ishlab chiqaruvchi esa hisobot oyidan keyingi oyning 20-sanasidan kechiktirmay soliq organiga utilizatsiya yig‘imini to‘laydi.
☝️Faqatgina O‘zbekiston hududida sotish uchun ishlab chiqarilgan transport vositalari bo‘yicha utilizatsiya yigimi hisob-kitoblari elektron shaklda taqdim etiladi va to‘lanadi.
Mahalliy ishlab chiqaruvchi eksport uchun ishlab chiqarilgan avtomobillarni ichki bozorga sotganda hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasidan kechiktirmay utilizatsiya yig‘imini to‘laydi. Bunda sotilgan avtomobil xaridor tomonidan qaytarib berilgan taqdirda hisob-kitobga tuzatish kiritiladi.
Utilizatsiya yig‘imini hisoblab chiqarish Vazirlar Mahkamasining 02.06.2020-yildagi 347-son qarori bilan tasdiqlangan ro‘yxatga muvofiq amalga oshiriladi.
2021-yil iyundan boshlab Davlat soliq qo‘mitasi utilizatsiya yig‘imini undirishga masʼul etib belgilangan (VM-358-sonli qarori).
Maʼlumot uchun: Mahalliy ishlab chiqaruvchi 5 ta korxona tomonidan soliq organlariga taqdim etilgan hisobotlarga asosan, 2021-yil iyun-dekabr oylarida 2 trln 144,4 mlrd so‘m, 2022-yil yanvar-fevral oylarida esa 1 trln179,9 mlrd so‘m utilizatsiya yig‘imi hisoblangan va to‘langan.
Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram