Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
98.4K subscribers
8.13K photos
1.98K videos
162 files
8.59K links
soliq.uz
📨https://t.iss.one/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar: 24/7 rejimda 📞1198
+998712449898
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
org@soliq.uz
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a
Download Telegram
November 4, 2022
#savol_javob #onlayn_NKM

Barcha tadbirkorlar uchun 2D-skanerlardan foydalanish majburiymi

Faqat raqamli markirovkalangan mahsulotlarning chakana savdosi bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari onlayn-NKM va virtual-kassa mashinalariga ulangan maxsus qurilmalardan (2D-skanerlar, ma’lumotlarni yig‘ish terminallari va boshqalar) foydalanishi shart

Bunday qurilmalar shtrix-kodlar va raqamli markirovka kodlarini to‘g‘ri o‘qishni va aniqlashni ta’minlaydi.

Ushbu talab Prezident qaroribilan 2022-yil 1-yanvardan boshlab o‘rnatilgan.

Raqamli markirovkaga ega mahsulotlar chakana savdosi bilan shug‘ullanmaydigan tadbirkorlik subyektlari o‘z faoliyatida ixtiyoriy asosda 2D-skanerlardan foydalanishi mumkin.

Muhim ❗️2023-yil 1-yanvardan chakana savdoni amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari uchun aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda shtrix-kodlar va raqamli markirovka kodlarini erkin o‘qish va aniqlash imkoniga ega bo‘lmagan onlayn-NKTlardan foydalanish taqiqlanadi.
👉PQ-5252-son 4.10.2021

‼️Shtrix-kod va raqamli markirovka kodlarini o'qish imkoniga ega qurilmalar sotib olganlar uchun imtiyoz nazarda tutilgan.

👉2D-skanerlardan foydalanishning qulayligi nimada?

Тelegram | Facebook | Youtube | Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
November 18, 2022
November 21, 2022
November 22, 2022
#onlayn_NKM

Tadbirkorlarga fiskal cheklardagi xatolarni tuzatish imkoniyati berilgan

Soliq to‘lovchilardan kelib tushayotgan murojaatlarni inobatga olgan holda, “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida, 21-noyabrdan boshlab 20 kun davomida 2022-yil 1-yanvardan (1-yanvar ham kiradi) xato chop etilgan onlayn-NKT cheklarini tahrirlashga imkoniyat berildi.

Buning uchun soliq to‘lovchining my.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinetida “YUSh onlayn-NKM va virtual kassa maʼlumotlari” sahifasidan “Tahrirlash” bo‘limiga kiriladi. Qidiruv tizimiga chekning fiskal modul ID va raqamini kiritib tuzatiladigan chek topiladi. Ochilgan oynada chek maʼlumotlari tahrirlanadi.

✔️Xususan, chek maʼlumotlarini tahrirlashda quyidagilarni o‘zgartirish mumkin:

▫️ MXIK;
▫️ miqdori;
▫️ o‘lchov birligi;
▫️chek summasi;
▫️ komitent STIRi;
▫️ to‘lov turi (naqd pul yoki bank karta).

📎 Barcha o‘zgartirishlar kiritilgandan so‘ng, faqat bitta fayl – tadbirkorlik subyektining holat yuzasidan batafsil tushuntirishi bayon etilgan rasmiy xati (muhrlangan firma blankida) ilova qilinishi lozim.

❗️Tuzatish kiritish uchun yuborilgan cheklar hududiy davlat soliq boshqarmasida tuzilgan ishchi guruhi bilan kelishilgan holda tezkorlik bilan o‘rganiladi.

Ko‘rib chiqish natijasi ijobiy deb baholansa, chek holati "qabul qilingan"ga o‘zgaradi.
♻️ Rad etilgan taqdirda soliq organining izohiga ko‘ra, tuzatishlar kiritilib qayta yuborilishi lozim.

Yakunda, “Hisoblash” va “Jo‘natish” tugmasi bosiladi.

❗️Istisno: isteʼmolchilarga xarid summasidan 1 % qaytarilgan (keshbek) cheklar tahrirlanmaydi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
November 24, 2022
November 25, 2022

December 9, 2022
December 12, 2022
December 30, 2022
#onlayn_NKM

Fiskal chekda QQS stavkasi

2023-yil 1-yanvardan
QQS stavkasi pasaytirilishi munasabati bilan, onlayn nazorat-kassa texnikalari orqali beriladigan fiskal cheklarda QQS stavkasi 12 % ko‘rsatilishi kerak.

❗️ Xo‘jalik yurituvchi subyektlar NKT dasturiga o‘zgartirish kiritish uchun TXKM xizmatiga murojaat qilishlari lozim.

Bu haqda:
✔️TXKM va NKT ishlab chiqaruvchilari;
✔️elektron toʻlov tizimlari operatorlari va marketplyeslar;
✔️tijorat banklari
shaxsiy kabinetlariga tegishli xabarnomalar yuborildi.

Fiskal chekda quyidagi ma'lumotlar aks ettitiriladi:
✔️ tadbirkorlik subyekti nomi va STIR (YATT– JSHSHIR);
✔️chek berilgan sana va vaqt;
✔️ MXIK (tovar va xizmatlarning identifikatsiya kodi) va o'lchov birligi;
✔️QQS stavkasi va summasi;
✔️to‘lov turi (naqd/bank kartasi orqali/aralash);
✔️ fiskal modulning unikal raqami;
✔️ fiskal belgi;
✔️ QR-kod.
* va boshqa zarur ma‘lumotlar
👉 Batafsil VMQ-943 7-b.1-ilova
_____________
#онлайн_ККТ

Ставка НДС в фискальном чеке

В связи со снижением с 1 января 2023 года ставки НДС
, в фискальных чеках, выданных онлайн контрольно-кассовой техникой, следует указывать сумму НДС 12%.

❗️Субъектам предпринимательства следует обратиться в обслуживающий ЦОТУ для внесения изменений в программу ККТ.

Соответствующие уведомления об этом были направлены в персональные кабинеты:
✔️ ЦОТУ и производителей ККТ;
✔️операторов электронных платежных систем и маркетплейсов;
✔️коммерческих банков.

В фискальном чеке отражаются:
✔️ наименование субъекта предпринимательства и ИНН (ПИНФЛ – если ИП);
✔️ дата выдачи чека и время;
✔️ ИКПУ (идентификационный код товаров и услуг) и ед.измерений;
✔️ ставка и сумма НДС;
✔️ вид оплаты (наличные/банковская карта/смешанная);
✔️ уникальный номер фискального модуля;
✔️ фискальный признак;
✔️ QR-код.
*и другая необходимая информация
👉 Подробнее п.7 прил.-1 ПКМ-943

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
January 1, 2023