Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
95.8K subscribers
7.86K photos
1.88K videos
150 files
8.3K links
soliq.uz
📨https://t.iss.one/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar: 24/7 rejimda 📞1198
+998712449898
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
[email protected]
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a
Download Telegram
#e_aktiv

“E-aktiv” AAT – tovar-moddiy resurslar harakatini masofadan hisobga olishning yangi tizimi

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-sentabrdagi 595-son qarori bilan 2022-yil 1-yanvardan QQS to‘lovchilar va ustav jamg‘armasida davlat ulushi 50 foizdan ko‘p bo‘lgan yuridik shaxslar uchun:

🔹asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar va tovar-moddiy resurslarni hisobga olish hamda o‘z ustav fondini shakllantirish va kamaytirish bilan bog‘liq barcha operatsiyalarni davlat soliq organlarining “E-aktiv” avtomatlashtirilgan axborot tizimida aks ettirish;

🔹xo‘jalik faoliyati davomida tovar-moddiy zaxiralar saqlash muddati tugagach yo‘q qilinganda va hisobdan chiqarilganda 3 ish kunidan kechiktirmasdanE-aktiv” AATda aks ettirish majburiy etib belgilandi.

❗️Eslatib o‘tamiz, mamlakatimiz Prezidentining joriy yil 2-iyuldagi PQ-5171-son qaroriga muvofiq tovar-moddiy resurslar harakatini masofadan hisobga olish tizimi – “E-aktiv” avtomatlashtirilgan axborot tizimi ishlab chiqilgan.

♻️Hozirda ushbu tizimdan 24 ta korporativ va 7 ta budjet buyurtmachisi test rejimida foydalanmoqda.

“E-aktiv” AAT:
▫️
mahsulotlar kirimi va qoldig‘i hisobini onlayn yuritish va kuzatib borish;
▫️tovarlar uchun yaratilgan bir yoki bir nechta elektron ombor yaratish;
▫️tovarlarni masofadan turib elektron ravishda ombordan omborga olib o‘tish;
▫️kirim qilinmagan tovarlarni sotish bo‘yicha EHF rasmiylashtirish holatlariga chek qo‘yish imkonini beradi.

Shuningdek EHFlarda MXIKlarning yagona elektron milliy katalogiga muvofiqligini hamda shartnomalar Yagona elektron shartnomalarning axborot portalida majburiy tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishini taʼminlaydi.

Tizim sinov davomida takomillashtirilib boriladi, bunda ishtirokchilar tomonidan bildirilgan asosli takliflar inobatga olinadi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_va_yer_soligi

☝️15-oktabrga qadar mol-mulk va yer solig‘ini to‘lashni unutmang!

Soliqlar mamlakatimiz taraqqiyoti va kuch-qudratini, xalqimiz farovonligi va tinchligini taʼminlashga xizmat qiluvchi muhim manbadir. Ularni o‘z vaqtida to‘lash fuqarolik burchimizdir.

🔹Jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini soliq organlari va bank bo‘limlariga borgan holda yoki masofadan Soliq, Payme, Click va boshqa mobil ilovalar orqali ham to‘lashlari mumkin.

Mol-mulk va yer solig‘i haqida batafsil

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#onatilimfaxrim

Davlat soliq xizmati organlari xodimlari o‘rtasida “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” shiori ostida sport tadbirlari tashkil etildi. Unda ishtirokchilar Yangi O‘zbekiston bog‘i hududida besh ming qadam yo‘lni piyoda bosib o‘tdi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#sorovnoma

Hurmatli soliq to‘lovchilar!

Dehqon bozorlarining xizmat ko‘rsatish infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha anonim so‘rovnomada ishtirok eting.

Sizningcha, quyidagi qulayliklar/imkoniyatlar xarid qilish joyi sifatida dehqon bozorlarining Siz uchun jozibadorligini oshiradi deb o‘ylaysizmi?

⚡️
Sizning fikringiz biz uchun muhim!
____________
#опрос

Уважаемые налогоплательщики!

Примите участие в анонимном опросе по улучшению сервисной инфраструктуры продуктовых рынков.

Считаете ли Вы, что следующие предлагаемые удобства/возможности повысят привлекательность продуктовых рынков (базаров) для Вас в качестве места совершения покупок?

⚡️Нам важно мнение каждого!

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
1. Avtomobillar uchun erkin va qulay avtoturargohlar tashkil etish.
Anonymous Poll
96%
Ha
4%
Yo‘q
2. Mahsulotlarni bevosita ishlab chiqaruvchilar tomonidan sotilishi uchun maxsus savdo maydonchalarini ajratish.
Anonymous Poll
94%
Ha
6%
Yo'q
3. Xaridorlarga bozor hududida xaridlar bilan erkin harakat qilish imkoniyatini yaratish uchun bepul yuk aravalari bilan taʼminlash.
Anonymous Poll
90%
Ha
10%
Yo'q
4. Xarid qilingan mahsulotlarni vaqtincha saqlash uchun
maxsus qutilar o‘rnatish.
Anonymous Poll
84%
Ha
16%
Yo'q
5. Bozor hududida valyuta ayirboshlash bankomatlarini joylashtirish.
Anonymous Poll
96%
Ha
4%
Yo'q
6. Xarid qilish vaqtida bolalarni nazorat ostida qoldirish imkoniyatini yaratish uchun bolalar o‘yin maydonchalari faoliyatini tashkil etish.
Anonymous Poll
83%
Ha
17%
Yo'q
7. Qishloq xo‘jaligi va boshqa oziq-ovqat mahsulotlariga buyurtma qabul qilish va ularni haridor manziliga yetkazib berish bo‘yicha onlayn xizmat tashkil etish.
Anonymous Poll
90%
Ha
10%
Yo'q
8. Bozor hududini yuqori tezlikdagi Internet bilan qoplash va xaridorlarga Wi-Fi texnologiyasi orqali unga bepul ulanish imkoniyatini taqdim etish.
Anonymous Poll
86%
Ha
14%
Yo'q
9. Bozor avtoturargohida avtomobillarni “quruq tozalash” (сухая автомойка) xizmati ko‘rsatilishini yo‘lga qo‘yish.
Anonymous Poll
76%
Ha
24%
Yo'q
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#QQS

✔️Vazirlar Mahkamasining 595-son qarori bilan barcha soliq to‘lovchilar uchun QQSning salbiy farq summasini tezlashtirilgan tarzda qaytarish tartibi belgilandi.

❗️Buning uchun tadbirkorlik subyektlari intizomli bo‘lishi talab etiladi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_va_yer_soligi

Mol-mulk va yer soliqlarini to‘ladingizmi? Oxirgi muddatga oz qoldi

Yo‘llarimiz ravonligi, ta‘lim va tibbiyot rivoji, keksalarimizning o‘z vaqtida pensiya olishi, umuman olganda yurt obodligi biz to‘layotgan soliqlarga bog‘liq.

Shunday ekan soliqlarni o‘z vaqtida to‘lashni unutmang!

Jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini 15-oktabrga qadar istalgan bank bo‘limlariga borgan holda yoki Soliq, Payme, Click va boshqa mobil ilovalar orqali masofadan to‘lashi mumkin.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#yutuqli_oyinlar
#9tiraj

Yutuqli chek o‘yinlarining navbatdagi mezboni Surxondaryo!

Yutuqli chek o‘yinlarining IX tiraji 30-sentabr kuni Termiz shahrida bo‘lib o‘tadi.

O‘yin soat 18:20 dan boshlab "O‘zbekiston" telekanali orqali jonli efirga uzatiladi.

Diqqat ❗️IX tiraj uchun cheklarni ro‘yxatdan o‘tkazish 29-sentabr kuni ( 23:59:59da) yakunlanadi.

🧾30-sentabr 00:00dan boshlab ro‘yxatdan o‘tkazilgan cheklar X tirajda ishtirok etadi.

Shoshiling! Chekning QR-kodini Soliq, Payme yoki Click mobil ilovalaridan birida skaner qiling yoki 12 xonali fiskal belgisini (FB/FP) 1077 raqamiga SMS tarzida yuboring.

🎁 25 ta qimmatbaho sovrin, shu jumladan, super yutuq – 🚘 Chevrolet Spark sizlarni kutmoqda.
_____________________
#призовые_игры

Очередной розыгрыш призовых чековых игр состоится в Сурхандарье!

IX тираж чековых игр состоится 30 сентября в городе Термезе.

Прямой эфир розыгрыша будет транслироваться в 18:20 на телеканале "O'zbekiston".

Внимание ❗️регистрация чеков для IX тиража завершается 29 сентября (в 23:59:59).

🧾Чеки, зарегистрированные с 00:00 часов 30 сентября, принимают участие в X тираже.

Торопитесь! Сканируйте QR-код чеков в одном из мобильных приложений Soliq, Payme или Click либо отправляйте 12-тизначный фискальный признак чека (ФП/FB) на номер 1077 в форме SMS-сообщения.

🎁Вас ожидают 25 ценных призов, в том числе, суперприз – автомобиль 🚘 Chevrolet Spark.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#hamkorlik

D.Yegorov: “Har qanday tizim hisob yuritishdan boshlanadi”

Bugun Toshkent shahrida “O’zbekiston: Iqtisodiy islohotlar sarhisobi va istiqboli” mavzusidagi O’zbekiston Iqtisodiyot Forumi boshlandi.

Unda Hukumatimiz, xalqaro biznes va moliyaviy hamjamiyatlar, xalqaro va mintaqaviy ko‘p tomonlama rivojlanish institutlari, siyosatshunoslar, nodavlat tashkilotlar va xalqaro OAV vakillari ishtirok etmoqda.

Forum doirasida Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev, Moliya vazirligi rahbariyati va Rossiya Federal Soliq xizmati rahbari Daniil Yegorov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda tomonlar o‘zaro samarali hamkorlikni qayd etdilar. Jumladan, D.Yegorov soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirishda har ikki tomon bir-biridan o‘rganishi lozim bo‘lgan jihatlar mavjudligini ta’kidladi.

– Har qanday tizim hisob yuritishdan boshlanadi, shu jihatdan sizlar hisob yuritish borasida mutlaqo to‘g‘ri qadamlar tashlamoqdasiz, – dedi Daniil Yegorov.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram