Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
95.8K subscribers
7.86K photos
1.88K videos
151 files
8.3K links
soliq.uz
📨https://t.iss.one/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar: 24/7 rejimda 📞1198
+998712449898
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
[email protected]
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a
Download Telegram
#e_ijara

E-ijara dasturi sinovdan o‘tkazilmoqda

Vazirlar Mahkamasining “Soliq to‘lovchilarni hisobga olishni yana-da takomillashtirish va qo‘shilgan qiymat solig‘ining o‘rnini qoplash tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
(595-son 22.09.2021 y.)

Unga ko‘ra, 2022-yil 1-yanvardan yuridik shaxslar tomonidan ko‘chmas mulkni ijaraga berish (olish) yoki tekin foydalanish shartnomalari davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish masofadan turib faqat elektron shaklda amalga oshirilishi belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, Davlat soliq qo‘mitasi ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yish interaktiv xizmati – E-ijara dasturini sinovdan o‘tkazmoqda.

Soliq to‘lovchilar ixtiyoriy ravishda 1-dekabrga qadar ijara.soliq.uz manzili orqali ushbu sinovda ishtirok etib, taklif va mulohazalarini:
📞DSQ Call-markazi – 1198;
☎️ishonch telefoni – 71-244-98-98;
📟telegram messenjeridagi “Tadbirkor va Soliqchi” guruhi;
💻my.soliq.uz portalidagi shaxsiy kabineti orqali yo‘llashi mumkin.

Dastur sinov davomida takomillashtirilib boriladi, bunda ishtirokchilar tomonidan bildirilgan asosli takliflar inobatga olinadi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#tayinlov

4 ta davlat soliq inspeksiyasiga yangi boshliq tayinlandi

Davlat soliq qo‘mitasi Raisi buyrug‘i bilan:

Abayev Nurmirat Dadebayevich Ellikqal’a tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi;

Razzakov Nurbek Yarashevich Narpay tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi;

Fozilov Ulug‘bek Egamberdiyevich O‘zbekiston tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi;

Abduraxmonov Qurbonali Qodirali o‘g‘li Furqat tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#rasmiy_munosabat

Maqsad qonunchilik hujjatlarini muvofiqlashtirish

Ayrim elektron nashrlarda Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasida nazarda tutilgan normalarga Savdo-sanoat palatasi o‘z pozitsiyasini bildirgani haqida maqola eʼlon qilindi.

Maqolada keltirilgan holatlar yuzasidan Davlat soliq qo‘mitasi o‘z munosabatini bildiradi.

Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining (O‘RQ-599-son, 30.12.2019-y.) 1-moddasiga muvofiq Hukumat qarorlarini Soliq kodeksiga muvofiqlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi ishlab chiqilgan.

Mazkur qaror loyihasida yangi tahrirda qabul qilingan va 2020-yil 1-yanvardan kuchga kirgan Soliq kodeksi bilan rasman bekor bo‘lgan va foydalanilmayotgan, biroq qator Hukumat qarorlarida saqlanib qolgan soliq imtiyozlari bekor qilinishi nazarda tutilgan.

Bundan tashqari, Soliq kodeksida kameral soliq tekshiruvi, sayyor soliq tekshiruvi va soliq auditini tashkil etish va o‘tkazishning yangi normalari belgilanganligi bois, Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 5-avgustdagi “Pul mablag‘larining bankdan tashqari muomalasini yanada qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 280-son qarori 2-bandini mazkur Soliq kodeksi normalari bilan muvofiqlashtirish taklif etilgan.

Taʼkidlash lozimki, qaror loyihasida hozirgi kunda amal qilib turgan soliq imtiyozlarini bekor qilish hamda yangi turdagi soliq tekshiruvlarini joriy etish nazarda tutilmagan.

Mazkur qaror loyihasi vazirlik va idoralar bilan kelishish jarayonida. Qaror loyiha hujjati ularning taklif va eʼtirozlari asosida qo‘shimcha ravishda ko‘rib chiqiladi hamda asoslangan takliflar bo‘yicha tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#НДС

Как устранить недостатки, обнаруженные в окне «Проверить мой статус»?

Специалисты Государственного налогового комитета подготовили руководство по устранению недостатков, выявленных с помощью интерактивного сервиса.

В нем подробно описаны критерии высокого уровня налогового риска и меры по их устранению.

Напомним, что на портале my.soliq.uz создано окно «Проверить мой статус», которое позволяет юридическим лицам, являющимся плательщиками НДС, выявлять и своевременно устранять недостатки в своей деятельности.

В случае неустранения недостатков может быть отклонено заявление о постановке на учёт в качестве плательщика НДС или приостановлено действующее свидетельство о регистрации плательщика НДС.

По вопросам, касающимся пользования данной услугой и устранения выявленных недостатков, Вы можете обратиться к ответственным лицам, указанным в этом списке.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#ҳамкорлик

Давлат солиқ қўмитаси раиси Шерзод Кудбиев бошчилигидаги делегациянинг Россия Федерациясига ташрифи давом этмоқда

Мазкур ташриф давомида ДСҚ делегацияси Россия Федерациясининг расмий идоралари ҳамда йирик бизнес вакиллари билан муҳим учрашувлар ўтказиб самарали келишувларга эришмоқда.

Хусусан, “ЦРПТ РФ” МЧЖ раҳбари Михаил Дубин билан учрашувда маиший техника, дори воситалари ва салқин ичимликларни маркировкалашни жорий этишга тайёргарликнинг институционал ва технологик жиҳатлари кўриб чиқилди.

Шунингдек, учрашувда Пиво маҳсулотларини маркировкалаш бўйича “Ўзбекистон тажрибаси”ни инобатга олган ҳолда шу йилнинг охиригача МДҲ мамлакатларида биринчи марта қадоқли пивони (баночное) маркировкалашни жорий этишга келишиб олинди.

Бундан ташқари, Россия томони таркибида тамаки ва никотин мавжуд бўлган барча маҳсулотларни маркировкалаш синов лойиҳасини амалга ошириш бўйича ДСҚ таклифини қўллаб-қувватлаб, бу лойиҳани бошлашга тайёрлигини билдирди.

Учрашувда дори маҳсулотларини маркировкалаш концепциясини ишлаб чиқиш ва ҳаётий муҳим дори воситаларини текин маркировкалаш масаласи ҳам муҳокама қилинди.

Шунингдек, “CRPT TURON” сервер ускуналарини ДСҚ маълумотларни қайта ишлаш маркази ҳудудига кўчиришни тезлаштириш, маркировкаланган маҳсулотларнинг ҳаракатини кузатиб бориш дастурий-таҳлилий комплексни жорий этиш тўғрисида қарор қабул қилинди.

Делегация “Яндекс” компаниясида ҳам бўлди. Унда Давлат солиқ қўмитаси раиси Шерзод Кудбиев ва компания раҳбарияти ўртасида учрашув ўтказилди.

Учрашув якунларига кўра, “Яндекс-такси Узбекистан” ахборот тизимини ДСҚ ахборот базасига интеграция қилиш, такси бозорини “қонунийлаштириш”да тажриба алмашиш мақсадида “Яндекс” мутахассисларининг Ўзбекистонга ташрифини ташкил этиш тўғрисида келишувларга эришилди.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Toshkent viloyatida ''Sog‘lom hayot uchun 5 ming qadam'' loyihasi doirasida sport tadbiri o‘tkazilmoqda.

Tafsilotlar bilan rasmiy manbalarimizda tanishib boring.
#onatilimfaxrim

Davlat soliq xizmati xodimlari o‘rtasida “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” shiori ostida sport tadbirlari tashkil etildi

Davlat soliq xizmati organlari tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlar ishtirokida “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” shiori ostida sport tadbirlari tashkil etildi. Unda DSQ markaziy apparati va uning tarkibidagi tashkilotlar, Kadastr agentligi, Toshkent shahri va Toshkent viloyati DSB xodimlari ishtirok etdi.

Ular dastlab Yangi O‘zbekiston bog‘i hududida sog‘lom hayot uchun besh ming qadam yo‘lni piyoda bosib o‘tdi.

Shundan so‘ng, tadbirga jalb etilgan xotin-qizlar sportning suzish turida mahoratlarini sinovdan o‘tkazdi. Yigitlar esa mini-futbol musobaqasida bahslashdi.

Tadbir yakunida eng faol jamoalar Davlat soliq qo‘mitasining maxsus diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram