#mustaqillik #30_yil
“Mukofot men uchun juda qadrli va muhim! Bu katta mas‘uliyat va yangi cho‘qqilarni zabt etishga undaydi”
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga muvofiq, mamlakatimiz mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan ko‘plab vatandoshlarimiz faxriy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlangan edi.
Bugun Ko‘ksaroyda ushbu yuksak mukofotlarni topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mukofotlanganlar ichida Namangan viloyati davlat soliq boshqarmasi davlat soliq bosh inspektori Tatyana Budanova bor edi. (suratda)
Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#mustaqillik #30_yil
Davlat soliq qo‘mitasida mukofotlar o‘z egalariga topshirildi
🎊Mustaqilligimizning 30 yilligi munosabati bilan davlat soliq xizmati organlarining 20 nafar xodimi yuksak davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.
Davlat soliq qo‘mitasida tashkil etilgan taqdirlash marosimida medallar bilan birga tizimda samarali faoliyat ko‘rsatayotgan 200 nafardan ortiq xodimga “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishoni ham topshirildi.

#mustaqillik_31_yil
Prezident farmoniga muvofiq, Vatanimiz mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan, davlat soliq xizmati organlari xodimlarining 5 nafari “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi:
🔹Nizamutdinova Gulnora Ibadullayevna - O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i;
🔹Boboqoziyev Janobiddin - Farg‘ona viloyati So‘x tumani davlat soliq inspeksiyasi bosh inspektori;
🔹Jumayev Shuhrat Allaberdiyevich - Surxondaryo viloyati Sherobod tumani davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i;
🔹Safarov Islom Teshayevich - Buxoro viloyati Buxoro shahar davlat soliq inspeksiyasi davlat soliq katta inspektori;
🔹Usmanov Foziljon Kuvandikovich - Navoiy viloyati Konimex tumani davlat soliq inspeksiyasi bo‘lim boshlig‘i.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi jamoasi nomidan xizmat burchini fidoyilik bilan bajarib kelayotgan hamkasblarni ushbu mukofotlar bilan muborakbod etamiz!

Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz – Davlat soliq qo‘mitasida bayram shukuhi
Bugun, 31-avgust kuni Davlat soliq qo‘mitasida Vatanimiz mustaqilligining 31 yilligiga bag‘ishlab “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida bayram tadbiri o‘tkazildi.
Unda dastlab Davlat soliq qo‘mitasi Raisi Sherzod Kudbiyev so‘zga chiqib barchani O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligi bilan tabrikladi. Xalqimizning ulkan jasorati va matonati bilan erishilgan mustaqilligimiz hech qachon unutilmaydigan, qadr-qimmati va ahamiyati yillar, asrlar o‘tgani sayin tobora ortib boradigan buyuk tarixiy voqea ekanligini taʼkidladi.
Shundan so‘ng, tadbir ishtirokchilari so‘nggi yillarda davlat soliq xizmati organlarida erishilgan yutuqlarga bag‘ishlangan videorolikdan bahramand bo‘ldi.
Qo‘mita Raisi ushbu ulug‘ ayyom munosabati bilan davlat soliq xizmati organlaridagi fidokorona xizmati, sadoqatli va mashaqqatli mehnatlari uchun “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan tizim xodimlarini ham alohida tabrikladi. Xususan, Davlat soliq qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i G.Nizomiddinovaga “Shuhrat” medalini shaxsan topshirdi.
Bundan tashqari, tizimda samarali faoliyat yuritib kelayotgan 30 nafarga yaqin xodimlarga munosib mehnatlari uchun “Tashakkurnoma” va esdalik sovg‘alar topshirdi.
Tasodifni qarangki, bugungi kunda qo‘mita markaziy apparatida yurtimiz istiqlolga erishgan 1991-yilda tug‘ilgan 31 nafar mutaxassis faoliyat olib bormoqda. Tadbir davomida mustaqillik tengdoshlari bo‘lgan xodimlar, tizimda aynan 1991-yilda faoliyat boshlagan tajribali ustozlarini bayram bilan tabrikladi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi xalq artistlari va O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan xonandalar o‘zlarining sho‘x kuy-qo‘shiqlari bilan bayramga o‘zgacha ko‘tarinkilik baxsh etdi.

Assalomu alaykum, aziz hamyurtlar, qadrli vatandoshlar, yangi O‘zbekiston tarixidagi shonli sana – Vatanimiz mustaqilligining o‘ttiz bir yillik bayramini barchamiz katta shodu xurramlik bilan kutib olmoqdamiz.
Shu munosabat bilan butun xalqimizni, barcha vatandoshlarni chin qalbimdan tabriklayman. Sizlarga o‘zimning samimiy va ezgu tilaklarimni izhor etaman.
Ajdodlarimiz, bu muqaddas maqsad yo‘lidagi mashaqqatli sinovlarda jon olib, jon berib kurashdi. Xalqimiz qalbidagi hurriyatga intilishni hech qanday bosqin, zulm va zo‘ravonliklar yo‘qota olmadi.
Asrlar, zamonlar o‘tar, ammo, barchamizga o‘zligimzni qadr-qimmatimizni, tilimiz, muqaddas dinimizni va tariximizni qaytarib bergan bu ulug‘ ayyom Vatanimiz tarixida oltin sahifa bo‘lib qoladi.
Taʼkidlash lozim, keyingi yillarda xalqimiz ajdodlarga xos mustahkam iroda va matonat, beqiyos salohiyatini namoyon etib, qisqa fursatda ulkan taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tdi. Bu esa Prezidentimiz boshchiligida mamlakatimizda olib borilayotgan jadal islohotlarning mustahkam tirgagi bo‘lib, yangi O‘zbekiston – Uchinchi Renessans davrida muhim o‘rin tutmoqda.
Ushbu tarixiy jarayonlarda davlat soliq xizmati organlarining ham faol ishtirokini qayd etish joiz. Shunday ulug‘ va sharafli safda – yangi O‘zbekiston bunyodkorlari safida turganligimizdan biz, soliq organlari tizimidagi barcha davlat xizmatchilari o‘zimizni chinakam baxtiyor inson deb bilamiz.
Davlat soliq xizmati organlari, xalqchil va demokratik tamoyillarga asoslangan yangi O‘zbekistonni, erkin fuqarolik jamiyatini barpo etish yo‘lida sidqi dildan xalqqa xizmat qilishga hamisha tayyor.
Men millati, tili va dinidan qatʼi nazar, barcha yurtdoshlarimizni bugungi ulug‘ ayyom – O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligi bilan yana bir bor muborakbod etaman.
Jonajon Vatanimiz, xonadonlarimizdan tinchlik-osoyishtalik, fayzu baraka hech qachon arimasin. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
Sherzod Kudbiyev,
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi

"Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz!"
Davlat soliq qo‘mitasida O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligi keng nishonlandi.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tabrik #mustaqillik_32_yil
🇺🇿 Bayramingiz muborak boʻlsin, Aziz yurtdoshlar!
✅ Soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 32 yilligi bilan barchani tabrikladi.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#mustaqillik_32_yil
🇺🇿 ✅ “Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun!”
Ushbu shior ostida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 32 yillik bayrami munosabati bilan Soliq qoʻmitasida bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda soliq organlarining barcha hududiy tuzilmalari videokonferensiya orqali ishtirok etdi.
Dastlab qoʻmita Raisi Sherzod Kudbiyev Vatanimiz Mustaqilligining 32 yilligi bilan barchani tabriklab, samimiy tilaklarini bildirdi.
Soliq organlari oldidagi masʼuliyatli vazifalarni bajarishda, erishilayotgan yutuqlarda rahbardan to oddiy inspektorgacha har bir xodimning munosib hissasi borligini taʼkidladi.
Mustaqilligimizning 32 yilligi arafasida “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan taqdirlangan Jalaquduq tumani soliq inspeksiyasi davlat soliq bosh inspektori, Obidjon Turakulovni ushbu mukofot bilan alohida tabrikladi.
Tadbir soʻnggida sanʼatkorlarning chiqishlari ishtirokchilarga koʻtarinki ruh bagʻishladi.