#hunarmandchilik
Kimlar hunarmand hisoblanadi?
Hunarmand (usto-hunarmand, usto) — mustaqil ravishda yoki shogirdlari yordamida an’anaviy texnologiyalar asosida hunarmandchilik faoliyati buyumlari yoki tovarlari (ishlar, xizmatlar)ni tayyorlovchi jismoniy shaxs. Bunda buyumlarning funksional xususiyatlarining tarixan qaror topgan talablariga hamda milliy estetik normalarga javob beradigan maxsus ko‘nikmalar, asboblar va kichik mexanizatsiya vositalaridan foydalaniladi.
15 yoshdan oshgan jismoniy shaxslar hunarmandning shogirdi bo‘lishi mumkin.
Qanday hunarmandlar davlat ro‘yxatidan o‘tadi?
Hunarmandchilik faoliyati subyektlari new.birdarcha.uz sayti yoki davlat xizmatlari markazi orqali davlat ro‘yxatidan o‘tadi.
Ularga YTTlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida belgilangan namunadagi guvohnoma beriladi, unda hunarmandchilik faoliyati yo‘nalishlari ko‘rsatiladi.
Ular uchun davlat boji miqdori YTTlarga belgilangan davlat boji miqdorining 50 %ini, ya'ni BHMning 0,5 barobarini tashkil etadi.
Hunarmandlar qanday faoliyat yuritadi?
Hunarmandlar 43 turdagi faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega.
Roʻyxat bilan bu yerda tanishish mumkin
👉https://lex.uz/docs/-6490321#-6491425
Hunarmand ko‘pi bilan 5 nafar shogird jalb etish huquqiga ega va YTT kabi 5 nafargacha xodim yollashi mumkin. Yollanma xodimlarni soliq organlarida hisobga qo‘yish lozim.
Xalq amaliy san’ati ustalarining milliy katalogiga kiritilgan hunarmandlar uchun shogirdlar soni cheklanmagan.
Qanday hunarmandlar Milliy katalogga kiritiladi?
Milliy katalogga quyidagi hunarmandlar kiritiladi:
▫️nufuzli xalqaro ko‘rgazma, ko‘rik-tanlov kabi tadbirlarda g‘olib yoki laureat sifatida e’tirof etilganlar;
▫️tegishli sohada san’at va fan arbobi hamda akademiklarning tavsiyasiga egalar;
▫️“O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi” faxriy unvoniga egalar;
Qanday hunarmandlar Reyestrga kiritiladi?
Hunarmandlar reyestriga “Hunarmand” uyushmasining quyidagi a’zolari kiritiladi:
▫️turistik marshrutdagi manzil bo‘yicha o‘z ustaxonasida yoki ijara asosida faoliyat yurituvchilar;
▫️o‘zi ishlab chiqargan mahsulotlarni galereyalar, hunarmandchilik mahsulotlari do‘konlari, mahalliy va xorijiy savdo uylariga shartnoma asosida namoyish va sotish uchun qo‘yayotganlar;
▫️Milliy katalogga kiritilganlar;
▫️“Hunarmand” uyushmasining Badiiy kengashi tomonidan tavsiya etilganlar.
Hunarmandlarga soliq solish
“Hunarmand” uyushmasi a’zolari hunarmandchilik mahsulotlarini (tovarlarini, xizmatlarini) ishlab chiqarish hamda realizatsiya qilishni amalga oshirganda qat’iy belgilangan miqdordagi daromad solig‘ini to‘lashdan ozod etiladi.
Agar hunarmand Uyushma a’zosi bo‘lmasa, qat'iy belgilangan miqdorda JShODS to‘laydi.
01.06.2023-yildan 01.01.2025-yilga qadar Milliy katalog va Reyestrga kiritilgan hunarmandlar uchun AOS stavkasi 50 %ga kamaytiriladi, ya'ni ular soliqni 40% stavka o‘rniga 20% stavkada to‘laydi. AOSni ham qatʼiy belgilangan summada to‘lash mumkin.
“Hunarmand” uyushmasiga a’zo bo‘lgan hunarmandlar mehnat stajini hisoblash uchun o‘zlari va xodimlari uchun yiliga kamida 1 BHM (340 000 so‘m) miqdorida ijtimoiy soliq to‘lashi lozim.
Yoshga doir pensiya va nafaqa oluvchi hunarmandchilik faoliyati subyektlari bo‘lgan “Hunarmand” uyushmasining a’zolari ijtimoiy soliq to‘lashdan ozod etiladi.
“Hunarmand” uyushmasiga a’zo hunarmandlarga professional ta’lim muassasalarining maxsus ustaxonalarida hunarmandchilik bo‘yicha ta’lim berishda yakka tartibdagi tadbirkorlar kabi shartnoma tuzish va ko‘rsatilgan xizmat uchun soliq to‘lamaslik huquqi beriladi.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads