Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
95.7K subscribers
7.87K photos
1.88K videos
155 files
8.31K links
soliq.uz
📨https://t.iss.one/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar: 24/7 rejimda 📞1198
+998712449898
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
[email protected]
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a
Download Telegram
#tekshiruvdan_oldingi_tahlil

Tekshiruvdan oldingi tahlillarda ko‘p aniqlanayotgan xatoliklar

Soliq organlari kameral soliq tekshiruvi o‘tkazilishi boshlanguniga qadar tekshiruvdan oldingi tahlilni o‘tkazishi mumkin.
Soliq kodeksi 138-modda

Bu soliq to‘lovchilar tomonidan taqdim etilgan hisobotlardagi tafovutlarni kelib chiqish sabablarini ularga tushuntirgan holda, o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan tekshiruvlarni oldini olishga xizmat qiladi.

Bugungi kunda hisobot topshirishda eng ko‘p xatoga yo‘l qo‘yilayotgan yo‘nalishlardan biri taqdim etilgan daromad solig‘i hisobotida mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar ko‘rsatkichlarini ortib boruvchi yakun bilan taqdim etmaslik holatidir.

Soliq to‘lovchilar tomonidan taqdim etilayotgan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliq hisob-kitoblari bo‘yicha o‘tkazilayotgan tekshiruvdan oldingi avtomatlashtirilgan tahlillarda tafovutlar aniqlanmoqda.

Bunga sabab – hisobot davrida hisoblangan mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar summasini hisobotning 011-satrida yil boshidan o‘zgartirmasdan taqdim etilishidir.

Xatoga yo‘l qo‘ymaslik uchun:
🔸soliq to‘lovchilar tomonidan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliq hisob-kitobining 011-satrida mehnatga haq to‘lash bilan bog‘liq bo‘lgan daromadlar ortib boruvchi yakun bilan shakllantirilishi lozim.
🔸ushbu hisobotning 0110-satrida esa hisobot davrida hisoblangan mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar aks ettirilishi zarur.

Ma’lumot uchun: 2021-yilda mehnatga haq to‘lash tarzidagi daromadlar ko‘rsatkichlarini ortib boruvchi yakun bilan taqdim etmaslik holati bo‘yicha 63 500 ta tashkilot soliq hisobotlarida jami 258 240,9 mln so‘mlik tafovutlar aniqlangan.

👉Soliq organlari soliq to‘lovchilar faoliyatida tekshiruvdan oldingi tahlillarni o‘tkazishi mumkin

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#tekshiruvdan_oldingi_tahlil

Tekshiruvdan oldingi tahlil - taqdim etilgan soliq hisobotini va soliq to‘lovchining faoliyati to‘g‘risidagi boshqa axborotni soliq organlari tomonidan axborot tizimlaridan foydalangan holda, soliq to‘lovchining ishtirokisiz o‘tkaziladigan avtomatlashtirilgan tahlildir.

Tekshiruvdan oldingi tahlil soliq organi rahbarining (rahbar o‘rinbosarining) buyrug‘isiz, “Avtokameral” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.

Mazkur tizimda joriy qilingan mezonlar mantiqiy shartlar va algoritmlar asosida,
tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etilgan soliq va moliyaviy hisobotlarda keltirilgan ko‘rsatkichlar bilan soliq organlarida mavjud ma’lumotlarni (jumladan, elektron hisobvaraq-faktura, eksport-import operatsiyalari, onlayn kassa texnikasi cheklari va h.k.) avtomatlashtirilgan tartibda taqqoslaydi.

Agar
tekshiruvdan oldingi tahlil chog‘ida soliq organi tomonidan taqdim etilgan soliq hisobotida soliq organida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar bilan tafovutlar va (yoki) xatolar aniqlansa, soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga soliq hisobotiga tegishli tuzatishlar kiritish to‘g‘risida xabarnoma yuboriladi.

Xabarnomada
qayd etilgan tafovut summasining batafsil hisoblash tartibini ko‘rish uchun ushbu xabarnomaning pastki qismida “Tafovutning hisoblanish tartibi (formulasi)” tugmasini bosish lozim. Shundan so‘ng avtomatik tarzda my3.soliq.uz portalidagi shaxsiy kabinetda tegishli oyna ochiladi. Uning quyi qismida “mutaxassis yordami” moduli orqali mas’ul mutaxassislar bilan qo‘shimcha savollar yuzasidan telefon orqali bog‘langan holda javoblar olishlari mumkin.

Soliq to‘lovchi tegishli tuzatishlar kiritish to‘g‘risidagi xabarnomani olgan kundan e’tiboran 10 kunlik muddatda aniqlashtirilgan soliq hisobotini yoki aniqlangan tafovutlarning asosnomasini taqdim etishi shart. Bunday majburiyatning bajarilmaganligi soliq organi tomonidan soliq to‘lovchida kameral soliq tekshiruvini tayinlash uchun asos bo‘ladi.

Tekshiruvdan oldingi tahlil aniqlashtirilgan soliq hisoboti yoki aniqlangan tafovutlar asosnomasi soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan yoxud kameral soliq tekshiruvi tayinlangan sanadan e’tiboran yakunlangan hisoblanadi.

Ushbu avtomatlashtirilgan tizimning joriy qilinishi soliq to‘lovchilarga bir qator afzalliklar yaratadi. Jumladan:
🔸Soliqlarni o‘z vaqtida va to‘liq hajmda hisoblanishi hamda to‘lanishini ta’minlashda ko‘maklashadi;
🔸Ularning faoliyatida yuzaga kelgan soliqqa oid huquqbuzarliklarni mustaqil ravishda bartaraf etish imkonini beradi;
🔸Ularga nisbatan qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan moliyaviy jarimalar, ma’muriy yoki jinoiy javobgarlik choralarining oldi olinishini ta’minlashga xizmat qiladi;
🔸 Ularning faoliyatiga asossiz aralashish va korrupsiya holatlarini cheklash hamda ma’muriy bosimlarni kamaytirishga imkoniyat beradi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#tekshiruvdan_oldingi_tahlil

Avtokameral: soliq to‘lovchilar faoliyatida tekshiruvdan oldingi tahlillar

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn_seminar #tekshiruvdan_oldingi_tahlil

❗️Hurmatli soliq to‘lovchilar

Davlat soliq qo‘mitasining navbatdagi onlayn seminari bugun, 🗓 2022-yil 10-noyabr kuni “Avtokameral” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali tekshiruvdan oldingi tahlil olib borish tartibi” mavzusida bo‘lib o‘tadi.

Jonli efir 👉 YOUTUBE platformasi orqali o‘tkaziladi

🕙 Boshlanish vaqti – 17:00
__________________
#онлайн_семинар #предпроверочный_анализ

❗️Уважаемые налогоплательщики

Онлайн семинар-тренинг Государственного налогового комитета состоится сегодня, 🗓 10 ноября 2022 года на тему «Порядок предпроверочного анализа посредством автоматизированной информационной системы «Автокамерал».

Прямой эфир состоится на платформе 👉 YOUTUBE

🕙 Начало – 17:00

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#raqamlashtirish #tekshiruvdan_oldingi_tahlil

Kameral soliq tekshiruvidan oldingi avtomatlashtirilgan tahlildan qanday foydalanish mumkin?

🖥Buning uchun my3.soliq.uz elektron soliq xizmatlari portali orqali yuridik shaxsning shaxsiy kabinetiga kirish lozim.
▶️“Xizmatlar” oynasidan “Kameral soliq tekshiruvidan oldingi avtomatlashtirilgan tahlillar” bo‘limi tanlanadi.
▪️Ushbu bo‘limda “Avtokameral” tizimi orqali soliq turlari kesimida aniqlangan tafovutlar aks etadi.
▪️Soliq turi tanlanadi hamda tafovut mavjud oylar kesimida summalar avtomatik tarzda shakllanadi.

▶️Oy tanlanganda “Avtokameral” tizimida mavjud mezon bo‘yicha tafovut summasi ekranda paydo bo‘ladi.

▶️Maʼlumot tugmasi bosilganda tafovut summasini hisoblash formulasi hamda uning tavsifi aks etadi.

Maʼlumot uchun: Maʼlumotlar har kuni bir marta avtomat tarzda yangilanadi. Mazkur xizmatdan foydalanib soliq hisobotidagi noto‘g‘ri yoki to‘liq bo‘lmagan maʼlumotlarga tuzatish kiritish va soliq organiga aniqlashtirilgan hisobot taqdim etish mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#raqamlashtirish
#tekshiruvdan_oldingi_tahlil

Tekshiruvdan oldingi tahlil natijalari

Soliq to‘lovchilarda 2023-yil yanvar oyi davomida o‘tkazilgan tekshiruvdan oldingi tahlillar natijasida 14,1 trln soʻmlik tafovutlar aniqlandi.

👉Batafsil

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tekshiruvdan_oldingi_tahlil

Avtokameral: soliq to'lovchi faoliyatida tekshiruvdan oldingi tahlil

Joriy yilning I choragi uchun
o‘tkazilgan tekshiruvdan oldingi tahlillarda aniqlangan 2,4 trln soʻmlik tafovutlarga tegishli tuzatishlar kiritish haqida 2023-yil 10-may kuni 25,3 mingdan ziyod soliq toʻlovchilarning shaxsiy kabinetiga xabarnomalar yuborildi.

Xabarnomada qayd etilgan tafovut summasining batafsil hisoblash tartibini koʻrish uchun ushbu xabarnomaning pastki qismida “Tafovutning hisoblanish tartibi (formulasi)” tugmasini bosish lozim. Shundan soʻng avtomatik tarzda my3.soliq.uz portalidagi shaxsiy kabinetda tegishli oyna ochiladi.

Biroq, ayrim xabarnomalarda ushbu formulalar ochilmayotganligi haqida murojaatlar kelib tushmoqda.

Mutaxassislar tomondan tezkorlik bilan texnik nosozliklarni bartaraf etish choralari koʻrildi.

Eslatib oʻtamiz, tekshiruvdan oldingi tahlillar soliq toʻlovchilar faoliyatida yuzaga kelgan soliqqa oid huquqbuzarliklarni mustaqil ravishda bartaraf etish imkonini beradi, ularga nisbatan qoʻllanilishi mumkin boʻlgan moliyaviy jarimalar, javobgarlik choralarining oldini olishga xizmat qiladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#raqamlashtirish
#tekshiruvdan_oldingi_tahlil

Tekshiruvdan oldingi tahlillar natijalari

2023-yil yanvar-oktabr oylarida o‘tkazilgan tekshiruvdan oldingi tahlillar natijasida:

🔹 111 393 ta korxona qayta hisobotlar taqdim etgan;
🔹 6,4 trln soʻm
qo‘shimcha soliqlar hisoblangan.

📊 Eng katta tafovut aniqlangan soha – ishlab chiqarish (3,2 trln so‘m).

👉 Batafsil
___________
#цифровизация
#предпроверочный_анализ

Результаты предпроверочного анализа

По результатам предпроверочного анализа, проведенного в январе-октябре 2023 года:
🔹 111 393 организации представили перерасчеты;
🔹дополнительно начислено 6,4 трлн сумов налогов.

📊 Отрасль с наибольшей суммой расхождений - производство (3,2 трлн сумов).

👉 Подробнее

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#raqamlashtirish
#tekshiruvdan_oldingi_tahlil

2 oylik tahlillar natijasida 9 mingga yaqin korxona tomonidan qayta soliq hisobotlari taqdim qilingan. 703,7 mlrd soʻm soliqlar qo’shimcha hisoblangan.

Tekshiruvdan oldingi tahlillar soliq toʻlovchilarga o‘zlari yo‘l qo‘ygan xatolarni mustaqil ravishda bartaraf etish imkonini beradi, ularga nisbatan qoʻllanilishi mumkin boʻlgan javobgarlik choralarining oldini olishga xizmat qiladi.
——————
#цифровизация
#предпроверочный_анализ

В результате предпроверочного анализа за 2 месяца около 9 тысяч организаций повторно пересдали налоговую отчетность. Дополнительно начислено 703,7 млрд сумов налогов.

Предпроверочный анализ дает налогоплательщикам возможность самостоятельно устранять допущенные ими ошибки и служит неприменению к ним мер ответственности.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#tekshiruvdan_oldingi_tahlil

Tekshiruvdan oldingi tahlillar soliq tekshiruvlarining oldini olishga imkon beradi

Tekshiruvdan oldingi tahlil soliq organi rahbarining buyrugʻisiz, “Avtokameral” axborot tizimi orqali soliq toʻlovchining ishtirokisiz oʻtkaziladigan avtomatlashtirilgan tahlil hisoblanadi.

Tekshiruvdan oldingi tahlil asosida soliq toʻlovchilar faoliyatida tafovutlar yoki xatolar aniqlansa, soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetiga soliq hisobotiga tegishli tuzatishlar kiritish toʻgʻrisida xabarnomalar yuboriladi.

Bugungi kunda soliq organlari tomonidan soliq to‘lovchilarga xabarnomalar yuborilmoqda.

Soliq toʻlovchi tegishli tuzatishlar kiritish toʻgʻrisidagi xabarnomani olgan kundan eʼtiboran 10 kun muddatda soliq organlariga shaxsiy kabineti orqali aniqlashtirilgan soliq hisobotini yoki aniqlangan tafovutlarning asosnomasini taqdim etishi shart.

Bunday majburiyatning bajarilmaganligi soliq organi tomonidan soliq toʻlovchida kameral soliq tekshiruvini tayinlash uchun asos boʻladi.

Agarda, hisoblash formulasida noaniqlik va tushunmovchiliklar yuzaga kelganda, biriktirilgan soliq inspektoriga yoki eslatma oynasida keltirilgan raqamlar bilan bogʻlanishingiz mumkin.

Maʼlumot uchun. Tekshiruvdan oldingi tahlil tizimidagi foydalaniladigan barcha formulalar soliq.uz saytining "Faoliyat" bo‘limi “Soliq xavflarining tahlili” menyusi "Tekshiruvdan oldingi tahlil" moduliga joylashtirilgan.
__________
#предпроверочный_анализ

Предпроверочный анализ позволяет избежать налоговых проверок

Предпроверочный анализ проводится через автоматизированную систему "Автокамерал" без приказа руководителя налогового органа и без участия налогоплательщика.

Если в результате предпроверочного анализа в деятельности налогоплательщиков выявляются расхождения и (или) ошибки, через персональный кабинет направляются уведомления о необходимости внести соответствующие изменения в налоговую отчетность.

В настоящее время налоговыми органами направляются такие уведомления налогоплательщикам.

В течение 10 дней с момента получения уведомления о необходимости внесения изменений налогоплательщику нужно через персональный кабинет представить уточненную налоговую отчетность или обоснование выявленных расхождений.

Неисполнение данного обязательства будет основанием для назначения камеральной налоговой проверки.

Если у вас возникают вопросы или неясности в формулах расчета, обратитесь к закрепленному за вами налоговому инспектору или по номерам, указанным в окошке с напоминанием.

Для информации. Все формулы, используемые в системе предпроверочного анализа, размещены на сайте soliq.uz в разделе "Деятельность" - подраздел "Анализ налоговых рисков" - модуль "Предпроверочный анализ".

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tekshiruvdan_oldingi_tahlil
#yashirin_iqtisodiyot

"Avtokameral" tekshiruvlari tayinlanishini oldini oladi

“Avtokameral” tizimi soliq toʻlovchi tomonidan taqdim etilgan soliq hisobotidagi maʻlumotlar va tashqi manbalardan olingan axborotlarni solishtirish yoʻli bilan nomuvofiqliklarni aniqlaydi.

Mavjud kamchiliklar toʻgʻrisida xabarnoma soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetiga yuboriladi.

10 kun ichida
soliq toʻlovchi aniqlashtirilgan soliq hisobotini yoki aniqlangan tafovutlarning asosnomasini taqdim etishi shart.

📱 Videoni toʻliq koʻrish
___________
#предпроверочный_анализ
#теневая_экономика

Предпроверочный анализ позволяет исправить ошибки до налоговой проверки

Система "Автокамерал" выявляет расхождения, сравнивая данные в представленной налогоплательщиком налоговой отчетности и данные, полученные из внешних источников.

Уведомление об имеющихся недостатках направляется налогоплательщику в персональный кабинет.

В течение 10 дней налогоплательщику нужно представить уточненную налоговую отчетность или обоснование выявленных расхождений.

📱 Смотреть видео полностью

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tekshiruvdan_oldingi_tahlil

Korxonaning faoliyati xususiyatlari Avtokameral formulalarida inobatga olinadi

Agar soliq to'lovchilar Avtokameral formulasi ularning faoliyati xususiyatlarini hisobga olmayotganini aniqlashsa va dalillari asoslangan bo'lsa, mantiqiy shartlarga o'zgartirishlar kiritiladi.

Yil boshidan buyon qonunchilik o'garishlari hamda Jamoatchilik kengashi a'zolari takliflari bilan 40 ga yaqin formulaning mantiqiy shartlari o'zgartirildi.

📱 Videoni toʻliq koʻrish
__________
#предпроверочный_анализ

Особенности деятельности организации учитываются через корректировку формул Автокамерала

Если налогоплательщики считают, что формула Автокамерала не учитывает специфику их деятельности и их доводы будут обоснованы, то в логические условия вносятся изменения.

С начала года с учетом изменений в законодательстве и предложений членов Общественного совета при Налоговом комитете изменены логические условия около 40 формул.

📱 Смотреть видео полностью

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM