Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
95.7K subscribers
7.87K photos
1.88K videos
153 files
8.31K links
soliq.uz
📨https://t.iss.one/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar: 24/7 rejimda 📞1198
+998712449898
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
[email protected]
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a
Download Telegram
#nazorat_tadbiri #tamaki

Qariyb 100 mln so‘mlik noqonuniy sotilayotgan alkogol va tamaki mahsulotlari aniqlandi

Soliq organlari hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan oʻtkazilayotgan tadbirlar davomida:

🔸Chilonzor tumanida 94 turdagi 2781 quti umumiy qiymati 35,6 mln so‘mlik aksiz markasi mavjud boʻlmagan hamda markirovkalanmagan tamaki mahsulotlari;

🔸Urganch shahrida 5 turdagi 217 dona qiymati 7,2 mln so‘mlik qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari;

🔸Aksiz markasi mavjud bo‘lmagan 430 quti, qiymati 11,2 mln so‘mlik tamaki mahsulotlari;

🔸Urganch tumanida qalbaki aksiz markali 221 dona 4,6 mln so‘mlik alkogol mahsulotlari;

🔸Qo‘qon shahrida 194 turdagi umumiy qiymati 36,7 mln so’m bo’lgan aksiz markasiz va markirovkalanmagan alkogol mahsulotlari aniqlandi.

Mahsulotlar masala qonuniy hal etilgunga qadar vaqtincha saqlash uchun maxsus do‘konga yuborildi. Shuningdek holatlar yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilib qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.
—————————————-
#контрольные_мероприятия #табак

Выявлена незаконно реализуемая алкогольная и табачная продукция на сумму около 100 млн сумов

В ходе мероприятий, проводимых налоговыми органами и Департаментом по борьбе с экономическими преступлениями при Генеральной прокуратуре, выявлено:

🔸в Чиланзарском районе столицы 2 781 пачка 94 видов табачной продукции стоимостью 35,6 млн сумов без акцизных марок, а также баз маркировки;

🔸в городе Ургенче 217 единиц 5 видов алкогольной продукции стоимостью 7,2 млн сумов с поддельными акцизными марками;

🔸430 пачек табачной продукции без акцизных марок стоимостью 11,2 млн сумов;

🔸в Ургенчском районе 221 единица алкогольной продукции с поддельными акцизными марками на сумму 4,6 млн сумов;

🔸в городе Коканде 194 вида алкогольной продукции общей стоимостью 36,7 млн сумов без акцизных марок и без маркировки

Продукцию отправили в специальный магазин на временное хранение до законного решения вопроса. Также для принятия законных мер соответствующие документы по этим случаям были оформлены и переданы в правоохранительные органы.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#nazorat_tadbiri #alkogol_tamaki

Toshkent viloyatida 93 mln soʻmlik alkogol va tamaki mahsulotlari savdosiga chek qoʻyildi


Soliq organlari hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan oʻtkazilayotgan tadbirlar davomida Toshkent viloyatining Zangiota, Parkent tumani hamda Angren shaharlarida noqonuniy savdoga qoʻyilgan alkogol va tamaki mahsulotlari aniqlandi.

📍Zangiota tumanida joylashgan doʻkondan 5 turdagi 226 dona qiymati 12,1 mln soʻmlik qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari;

📍Parkent tumanida fuqaroga tegishli omborxonadan 14 turdagi 5053 dona qiymati 69,1 mln soʻmlik qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari;

📍Angren shahrida 5 turdagi 1010 quti qiymati 12 mln soʻmlik aksiz markasiz tamaki mahsulotlari aniqlandi hamda ular vaqtincha olib qoʻyildi.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilib qonuniy chora koʻrish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.
—————
#контрольные_мероприятия #алкоголь_табак

В Ташкентской области пресечена продажа алкогольной и табачной продукции на сумму 93 млн сумов

В ходе мероприятий, проводимых налоговыми органами и Департаментом по борьбе с экономическими преступлениями при Генеральной прокуратуре, в
Зангиотинском, Паркентском районе, а также г.Ангрене Ташкентской области выявлена незаконная реализация алкогольной и табачной продукции.

Обнаружено и временно изъято:

📍из магазина в Зангиотинском районе - 5 видов алкогольной продукции в количестве 226 единиц с поддельными акцизными марками стоимостью 12,1 млн сумов;

📍со склада, принадлежащего гражданину, в Паркентском районе - 14 видов алкогольной продукции в количестве 5053 единиц с поддельными акцизными марками стоимостью 69,1 млн сумов;

📍в городе Ангрене - 5 видов табачной продукции в количестве 1010 пачек стоимостью 12 млн сумов без акцизных марок.

Оформленные по вышеуказанным случаям документы переданы в правоохранительные органы для принятия законных мер.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#nazorat_tadbiri #alkogol_tamaki

Namangan shahrida noqonuniy sotilayotgan 26 mln so‘mlik alkogol va tamaki mahsulotlari savdosiga chek qo‘yildi


Soliq organlari hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan oʻtkazilayotgan nazorat tadbirlari davomida Namangan shahrida davlat roʻyxatidan oʻtmasdan noqonuniy ravishda tamaki mahsulotlarini sotayotgan fuqaro aniqlandi. Fuqarodan 15 turdagi 1242 quti umumiy qiymati 19,5 mln soʻmlik tamaki mahsulotlari daliliy ashyo sifatida olindi.

Shuningdek, ayni shu hududdagi yana bir fuqaro noqonuniy ravishda alkogol mahsulotlari sotish bilan shugʻullanayotganligi ma'lum bo‘ldi. Sotuvda bo‘lgan 40 turdagi 6,9 mln soʻmlik alkogol mahsulotlari vaqtincha olib qo‘yildi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#nazorat_tadbiri

Toʻrtkoʻlda yaroqlilik muddati oʻtgan 72,5 mln soʻmlik alkogol, 129 mln soʻmlik oziq-ovqat mahsulotlari aniqlandi


Soliq organlari tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Toʻrtkoʻl tumanida oʻtkazilgan sayyor soliq tekshiruvlari davomida tadbirkorga tegishli ulgurji savdo do‘koni omborxonasida yaroqlilik muddati oʻtgan 72,5 mln soʻmlik alkogol, 129 mln soʻmlik oziq-ovqat mahsulotlari saqlanayotganligi maʼlum boʻldi.

Jumladan:
🔸10789 dona qiymati 66,6 mln soʻmlik yaroqlilik muddati oʻtgan pivo mahsulotlari;

🔸Yaroqlilik muddati oʻtgan va markirovkalanmagan 638 dona umumiy qiymati 5,9 mln soʻmlik vino va konyak mahsulotlari;

🔸17067 dona 129 mln soʻmlik yaroqlilik muddati oʻtgan oziq-ovqat (mayonez) mahsuloti saqlanayotganligi aniqlandi.

Yuqoridagi holatlar yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilib Qoraqalpogʻiston Respublikasi sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasiga taqdim etildi.


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#nazorat_tadbiri

“Soliq hamkor” orqali kelib tushgan murojaat asosida Toshkent shahar Mirobod tumanida joylashgan umumiy ovqatlanish shoxobchasida
nazorat tadbiri o‘tkazildi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#nazorat_tadbiri #yashirin_iqtisodiyot

Yashirin iqtisodiyotga qarshi o‘tkazilgan 1 315 ta
nazorat tadbirlarida huquqbuzarlik holatlari aniqlangan

 Soliq organlari tomonidan yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish maqsadida, umumiy ovqatlanish sohasida onlayn – NKTdan foydalanish hamda tadbirkorlik subyektlari tomonidan ayrim tovarlarni majburiy raqamli markirovkalash qoidalariga rioya qilinishi bo‘yicha sayyor soliq tekshiruvlari o‘tkazilmoqda.

Joriy yilning sentabr-oktabr oylarida o‘tkazilgan 1 315 ta nazorat tadbirlarida qator huquqbuzarlik holatlari aniqlangan. Natijada huquqbuzarlarga nisbatan jami 10,8 mlrd so‘m miqdorida moliyaviy jarima qo‘llanilgan.

Umumiy ovqatlanish sohasida :

▫️ 960 ta holatda xaridorga onlayn-NKTdan 117,4 mln so‘mga chek berilmaganligi hamda 529,8 mln so‘m naqd pullar onlayn-NKTga kirim qilinmaganligi;
▫️113 ta holatda 141 nafar norasmiy ishchilar faoliyat yuritayotganligi;
▫️63 ta holatda markirovkalanmagan 4,6 mln so‘mlik alkogol mahsulotlari savdoga qo‘yilganligi;
▫️15 ta holat (nazorat xaridi)da to‘lovlarni jismoniy shaxslarning bank plastik kartalariga o‘tkazish orqali amalga oshirilganligi;
▫️ 41 ta holatda foydalanilayotgan avtomatlashtirilgan hisobga olish o‘lchov vositalarini soliq organlari axborot tizimlariga integratsiya qilinmaganligi aniqlangan.

Markirovkalash qoidalariga rioya qilinishi (121 ta dori vositalari va tibbiy buyumlar 114 ta alkogol, 84 ta tamaki, 34 ta maishiy texnika sotuvchilar):

▫️343 ta holatda onlayn-NKTdan 32,4 mln so‘mga chek berilmaganligi hamda 283,2 mln so‘m naqd pullar onlayn-NKTga kirim qilinmaganligi;

▫️ 47 ta holatda markirovkalanmagan 63,4 mln so‘mlik mahsulotlar savdoga qo‘yilganligi;
▫️21 ta holatda 6,3 mln so‘mlik aksiz markasiz va hujjatsiz alkogol va tamaki mahsulotlari savdoga qo‘yilganligi aniqlandi.

Bundan tashqari, Soliq qo‘mitasi xodimlari tomonidan alkogol mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi «U.Sh» MCHJda o‘tkazilgan sayyor soliq tekshiruvida:
▫️ 31,1 mln so‘mlik tovar moddiy zaxiralari qoldig‘i omborlarda mavjud emasligi;
▫️38,9 mln so‘mlik tovar moddiy zaxiralari qoldig‘i omborlarda ortiqchaligi;
▫️960,9 mln so‘mlik 139,4 ming dona ishlab chiqarilgan alkogol mahsulotlar buxgalteriyada aks ettirilmaganligi;
▫️1 507,4 mln so‘mlik 199 ming dona ishlab chiqarilgan alkogol mahsulotlari bo‘yicha maʼlumotlar “Asl belgisi” axborot tizimiga yuborilmaganligi;
▫️7 nafar ishchilarning ish haqi summasi hisobotda aks ettirilmaganligi aniqlandi.

Natijada SK 223- va 227 prim 1- moddalariga asosan korxonaga nisbatan 426,7 mln so‘m moliyaviy jarima qo‘llanilgan.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads