Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
98K subscribers
8.4K photos
2.1K videos
167 files
8.87K links
soliq.uz
📨https://t.iss.one/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar: 24/7 rejimda 📞1198
+998712449898
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
[email protected]
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a
Download Telegram
#uchrashuv

Soliq qo‘mitasi Raisi tizimda faoliyat yuritayotgan mingdan ortiq ayollar bilan uchrashdi

Xalqaro xotin-qizlar bayrami arafasida Soliq qo‘mitasi Raisi Sherzod Kudbiyev soliq organlarida mehnat qilayotgan mingdan ortiq ayollar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Ulardan bir qanchasi rahbarlik lavozimlarida, jumladan viloyat soliq boshqarmalaridagi mas'ul tuzilmalar, tuman, shahar soliq inspeksiyalariga rahbarlik qilmoqda.

Sh.Kudbiyev barcha xodimalarga fidokorona xizmatlari uchun samimiy minnatdorchilik izhor etib, ularning ishtirokisiz soliq tizimining samarali faoliyatini tasavvur qilish qiyinligini taʼkidladi. Suhbat chog‘ida mehnat sharoitlari va karyera istiqbollari bilan bog‘liq dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Tadbir qatnashchilari professional muhitni yaxshilashga qaratilgan o‘z fikrlari va takliflari bilan o‘rtoqlashdilar. Qo'mita Raisi tomonidan "korxonabay" va "mahallabay" yo'nalishlarda ishlayotgan xodimlarni rag'batlantirish hamda KPI tizimining ayrim mezonlarini qayta ko'rib chiqish taklifi qo'llab-quvvatlandi.

Halol mehnati va soliq qonunchiligini keng jamoatchilikka yetkazishga qo‘shgan munosib hissasi uchun Toshkent viloyati soliq boshqarmasi xodimi Mukambar Tojiboyevaga navbatdan tashqari maxsus unvon berildi.

Uchrashuvdagi iliq va samimiy muhit barcha qatnashchilarga har bir xodimning hissasi qadrlanadigan katta jamoaning muhim a'zosi, bir qismi ekanini his qilish imkonini berdi.

Tadbir yakunida Sh.Kudbiyev ayollarni yaqinlashib kelayotgan bayram bilan tabriklab, ularga muvaffaqiyat, farovonlik va yangi yutuqlar tiladi.
_________
#встреча

Более тысячи женщин в налоговой службе: теплая встреча с председателем накануне праздника


В преддверии Международного женского дня председатель Налогового комитета провел встречу с более чем тысячей женщин, работающих в налоговых органах. Некоторые из них занимают руководящие должности, в том числе возглавляют ответственные структуры в областных налоговых управлениях, а также руководят районными и городскими налоговыми инспекциями.

Ш.Кудбиев искренне поблагодарил всех сотрудниц за труд, отметив, что без их участия сложно представить эффективную работу налоговой системы. В беседе обсуждались актуальные вопросы, связанные с условиями работы и карьерными перспективами.

Участницы встречи поделились своими мнениями и предложениями, направленными на улучшение профессиональной среды. Председателем поддержаны инициативы по поощрению сотрудников, работающих по системе «корхонабай» и «махаллабай», и пересмотру некоторых критериев KPI.

За добросовестный труд и активный вклад в широкое разъяснение общественности налогового законодательства сотрудница Ташкентской области Мукамбар Таджибаева повышена в специальном звании.

Теплая и душевная атмосфера встречи позволила всем присутствующим почувствовать себя частью большой команды, где ценят вклад каждого сотрудника.

В завершение мероприятия Ш.Кудбиев поздравил женщин с наступающим праздником, пожелал им успехов, благополучия и новых достижений.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#uchrashuv #hamkorlik

Soliq qo‘mitasi va Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi

Bugun, Soliq qo‘mitasi hamda Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutining vakillari uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuvda yuqori bilimlarga ega, zamonaviy o‘zgarishlarga moslashuvchan kadrlarni yetishtirishda ikki tomonlama hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama etildi. Soliq organlari xodimlarining malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash bo‘yicha mazkur taʼlim dargohi salohiyatidan foydalanish imkoniyatlari haqida so‘z yuritildi.

M.Mirzayev iqtisodiyot va soliq sohasidagi xalqaro tajribalarni joriy etish, iqtidorli talabalarni soliq xizmati organlariga amaliyot va stajirovkaga qabul qilish borasida olib borilayotgan ishlar haqida maʼlumot berdi.

Soliq qo‘mitasi va Oliy o‘quv yurti o‘rtasida Hamkorlik Memorandumi imzolandi.

Ma'lumot uchun, avvalroq Soliq qo‘mitasi va Xalqaro Vestminster universiteti, Sankt-Peterburg davlat universiteti va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti o‘rtasida Hamkorlik memorandumi imzolangan edi.

Shuningdek, hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, iqtisodiy sohalarda tahsil olayotgan iqtidorli bitiruvchilardan soliq tizimi uchun kadrlar zahirasini shakllantirish maqsadida Samarqand viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i E.Tolliyev International school of finance and technology instituti rahbariyati va talaba yoshlar bilan uchrashdi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#uchrashuv

Ayni vaqtda farmatsevtika korxonalari bilan ochiq muloqot o‘tkazilmoqda. Unda Soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Кudbiyev, Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi Halilіllo Turaxo‘jayev, Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobov, Bojxona qo‘mitasi Raisi o‘rinbosari Nodir Musamuxamedov va Prezident huzuridagi Jamoatchilik kengashi aʼzolari ishtirok etmoqda.

Yig‘ilishda farmatsevtika sohasidagi tadbirkorlar faoliyatida duch kelayotgan dolzarb masalalar muhokama qilinmoqda. Qayd etilganidek, ularning yechimi soha rivoji, davlat organlari bilan o‘zaro hamkorlikni yaxshilash, iste’molchilarni sifatli va arzon dori vositalari bilan ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
_____
#встреча

В эти минуты проходит открытый диалог с фармацевтическими компаниями. В нем принимают участие председатель Налогового комитета Шерзод Кудбиев, председатель Комитета по развитию конкуренции и защите прав потребителей Халилилло Турахужаев, председатель Торгово-промышленной палаты Даврон Вахабов, заместитель председателя Государственного Таможенного комитета Нодир Мусамухамедов и члены Общественного совета при Президенте.

На встрече обсуждаются актуальные вопросы, с которыми сталкиваются предприниматели фармацевтической отрасли. Как отмечалось, их решение имеет большое значение для развития сферы, улучшения взаимодействия с государственными органами и обеспечения потребителей качественными и доступными медикаментами.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#uchrashuv #markirovka

Tadbirkorlar referent narx shakllantirish, majburiy raqamli markirovka qoidalarini buzganlik uchun jarimalar qo‘llash, tovar qoldiqlarini realizatsiya qilish, onlayn-NKTdan foydalanish va boshqa masalalarni muhokama qilishdi.

Maʼlumki, Soliq qo‘mitasida real vaqt rejimida isteʼmolchilarga berilgan fiskal cheklar asosida dori vositalari aylanmasi haqida maʼlumot mavjud.

Uchrashuvda tadbirkorlarga cheklarni shakllantirishda yo‘l qo‘yilayotgan xatolar va ularning oqibatlari aniq misollar bilan ko‘rsatib berildi.

Alohida eʼtibor soliq to‘lashdan qochish yashirin iqtisodiyotning rivojlanishiga xizmat qilib, halol tadbirkorlar uchun teng bo'lmagan sharoitlarni yuzaga keltirib, adolatli raqobatga zarar yetkazishi masalasiga qaratildi.

Soliq organlari tadbirkorlar bilan muloqotga doim ochiqligi va tadbirkorlarning takliflarini hisobga olishga tayyorligi taʼkidlandi. Shu bilan birga, bozorning barcha ishtirokchilari qonun talablariga rioya qilishlari shart ekani qayd etildi.

Bildirilgan fikrlar asosida soliq qonunchiligini takomillashtirish va soliq maʼmurchiligini yaxshilash bo‘yicha takliflar tayyorlanadi.

Ishtirokchilar bunday uchrashuvlar davlat va tadbirkorlar manfaatlari o‘rtasida muvozanatni taʼminlashga xizmat qiluvchi yechimlarni topishga yordam berishini taʼkidlashdi.
__________
#встреча #маркировка

Предприниматели подняли вопросы референтного ценообразования, применения штрафов за нарушение правил обязательной цифровой маркировки товаров, реализации остатков товаров, использовании онлайн-ККТ и другие темы.

Как известно, в Налоговом комитете в режиме реального времени доступна информация об обороте лекарственных средств на основе выданных покупателям фискальных чеков.

На встрече предпринимателям наглядно продемонстрировали примеры ошибок, допускаемых при формировании чеков, а также разобрали их последствия.

Особое внимание было уделено тому, как уклонение от уплаты налогов способствует развитию теневого рынка, создает неравные условия для добросовестных участников и подрывает справедливую конкуренцию.

Была подчеркнута открытость налоговых органов к регулярному диалогу с бизнесом и готовность учитывать предложения предпринимателей. При этом отмечено, что соблюдение требований законодательства остается обязательным для всех участников рынка.

На основе высказанных мнений будут подготовлены предложения по изменению налогового законодательства и улучшению налогового администрирования.

Участники отметили, что такие встречи помогают находить решения, которые обеспечивают баланс между интересами государства и предпринимателей.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#uchrashuv

Tadbirkorlar bilan muloqotlar hududlarda davom etmoqda

Xabar berilganidek, farmatsevtika sohasidagi tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

Bugun, Andijon viloyatida navbatdagi ochiq muloqot tadbiri bo‘lib o‘tmoqda. Unda Soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev, Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxabov va Andijon viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ishtirok etmoqda.

Muloqotda ishtirokchilar viloyatdagi tadbirkorlik muhitini yaxshilash, soliq tizimini takomillashtirish va biznesni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishmoqda.

Shuningdek, biznes vakillarining taklif va tashabbuslari tinglanib, faoliyatida duch kelayotgan muammolarni hal etish yo‘llari bo‘yicha o‘zaro fikr almashilmoqda.

Bu kabi uchrashuvlar boshqa hududlar bo‘ylab davom etadi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#uchrashuv

Kichik tadbirkorlar bilan uchrashuvlar respublikamiz bo‘ylab bo‘lib o‘tmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev 19-mart kuni kichik va o‘rta biznes vakillari bilan uchrashuvda "Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash – bizning strategik yo‘limiz" deya ta'kidlab, ushbu soha rivojiga alohida e'tibor qaratilayotganini qayd etdi.

Mazkur uchrashuvdan so‘ng, mamlakatimiz bo‘ylab kichik va o‘rta biznes vakillari bilan tashkil etilayotgan ochiq muloqotlar iqtisodiyotimizni yanada rivojlantirish, tadbirkorlarning o‘rnini mustahkamlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

Bu kabi muloqotlar orqali soha vakillari o‘z fikrlarini bildirib, biznes muammolarini muhokama qilish imkoniga ega bo‘lmoqda.

Kuni kecha uchrashuvlar quyidagi hududlarda bo‘lib o‘tdi:
📍Xorazm;
📍Buxoro;
📍Navoiy;
📍Jizzax;
📍Surxondaryo;
📍Sirdaryo;
📍Namangan;
📍Toshkent shahri.

Uchrashuvlar davomida kichik va o‘rta biznes vakillari o‘zlarining tajribalari, innovatsion g‘oyalari hamda kelajakdagi rejalari bilan o‘rtoqlashdilar.

📌Eslatib o‘tamiz, bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Qashqadaryo, Andijon va Farg‘ona viloyatlarida ochiq muloqotlar bo'lib o'tadi.

Davlat rahbarining tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan bunday ochiq va samimiy muloqotlar mamlakatimizda tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash, iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qilmoqda.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv

Soliq organlari tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda

Mamlakatimizda qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda biznesning barqaror rivojlanishiga ko‘maklashish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

Shu maqsadda hududlarda soliq organlari vakillarining kichik va o‘rta biznes subyektlari bilan ochiq muloqotlari o‘tkazilmoqda.
📍Xorazm viloyati
📍Andijon viloyati
📍Navoiy viloyati
📍Farg'ona viloyati
📍Jizzax viloyati
📍Namangan viloyati
📍Surxondaryo viloyati
📍Sirdaryo viloyati

Uchrashuvlarda tadbirkorlar faoliyatida uchrayotgan amaliy muammolar, soliq maʼmurchiligi bilan bog‘liq masalalar muhokama etildi.

Ayni paytda, jahon tajribasi asosida tadbirkorlik subyektlarining ijtimoiy va ekologik masʼuliyatini oshirish, ularning yashovchanligini taʼminlash, yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha tashabbuslarni rag‘batlantirish muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Tadbirda «o‘zini o‘zi band qilgan shaxs — yakka tartibdagi tadbirkor — kichik biznes — o‘rta biznes — yirik korxona» zanjiri asosida tadbirkorlik subyektlarini bosqichma-bosqich rivojlantirish masalalariga alohida eʼtibor qaratilyapti. Bu esa biznesning yiriklashuvini rag‘batlantirish, iqtisodiyotda samaradorlikni oshirish va salohiyatli korxonalarni shakllantirishda muhim qadam hisoblanadi.

Shuningdek, soliq organlari biznesga qulay sharoit yaratish, ortiqcha to‘siqlarni bartaraf etish, raqamli yechimlardan foydalangan holda xizmatlar ko‘rsatishning samaradorligini oshirish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilayotgani bo‘yicha maʼlumotlar yetkazilmoqda.

Tadbirlar respublikamiz bo‘ylab kelasi haftada ham davom etadi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv #kichik_va_orta_biznes

Soliq organlari va tadbirkorlar o‘rtasida ochiq muloqotlar bisnes uchun yangi imkoniyatlardir

Ushbu haftada uchrashuvlar o‘tkazilgan hududlar:

📍Qoraqalpog‘iston respublikasi
📍Andijon viloyati
📍Jizzax viloyati
📍Qashqadaryo viloyati
📍Namangan viloyati
📍Navoiy viloyati
📍Samarqand viloyati
📍Sirdaryo viloyati
📍Surxondaryo viloyati
📍Toshkent viloyati
📍Farg'ona viloyati
📍Xorazm viloyati

❗️Eslatib otamiz, muloqotlar respublika bo‘ylab kelasi haftada ham davom etadi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads|Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv

Soliq organlari va tadbirkorlar o‘rtasida muloqotlar davom etmoqda

Xabar berganimizdek, kichik va o‘rta biznes soha vakillarini qo‘llab-quvvatlash va soha rivojlanishini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida joylarda uchrashuvlar o‘tkazilmoqda:

📍Qoraqalpog‘iston Respublikasi
📍Toshkent shahri
📍Surxondaryo viloyati
📍Toshkent viloyati
📍Xorazm viloyati
📍Buxoro viloyati
📍Namangan viloyati
📍Qashqadaryo viloyati
📍Samarqand viloyati
📍Sirdaryo viloyati
📍Andijon viloyati
📍Farg'ona viloyati
📍Navoiy viloyati
📍Jizzax viloyati

Uchrashuvlar davomida sohaning iqtisodiyotdagi ahamiyati, biznes muhitining sharoitlari va tadbirkorlar uchun yaratilayotgan yangi imkoniyatlar haqida batafsil so‘z yuritilmoqda. Shuningdek, tadbirkorlarning muammo va takliflari tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli choralar belgilanmoqda.

Qayd etish joiz, tadbirkorlar bilan bevosita muloqot o‘rnatish, ularning faoliyatlarida duch kelayotgan muammolarni aniqlash va o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish bugungi kunda soliq organlari oldidagi eng muhim vazifalardan biridir.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM