Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
95.7K subscribers
7.87K photos
1.88K videos
153 files
8.31K links
soliq.uz
📨https://t.iss.one/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar: 24/7 rejimda 📞1198
+998712449898
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
[email protected]
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a
Download Telegram
#hashar

Davlat soliq xizmati xodimlari umumxalq xayriya hasharida

Obod yurtning fayzi, tarovati o‘zgacha bo‘ladi. Zotan, ozodalik, poklik, saranjom-sarishtalik yurtimizning yana-da ko‘rkam bo‘lishiga zamin yaratadi.

Bugun mamlakatimizda mustaqilligimizning 30 yilligini munosib kutib olish va nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish, shuningdek mahallalar, aholi turar joylari hamda ko‘chalarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish maqsadida umumxalq obodonlashtirish xayriya hashari o‘tkazildi. Unda barcha davlat va jamoat tashkilotlari, mahalliy aholi vakillari faol ishtirok etdi.

Xususan, davlat soliq xizmati organlari xodimlari ham ushbu umumxalq obodonlashtirish xayriya hasharida ishtirok etdi.

Hasharda qo‘mita markaziiy apparati joylashgan bino va unga tutash hududlar, ariqlar, ko‘chalar tozalandi.

Bundan tashqari, qo‘mita binosiga yondosh hududda joylashgan xiyobonda ham tozalash ishlari tashkil etildi. Xiyobonni o‘rab turgan panjaralar atrofi chiqindilardan tozalandi, yo‘laklarga suv sepilib saranjom-sarishta holatga keltirildi.

Ushbu umumxalq xayriya hasharida Vatanimiz ravnaqi, uni yana-da obod etish ishtiyoqida yashash, milliy qadriyatlarimizni ulug‘lash yo‘lida barcha yurtdoshlarimiz birdamligi yana bir bor namoyon bo‘ldi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#hashar

Davlat soliq xizmati xodimlari umumxalq xayriya hasharida ishtirok etdi

Obod yurtning fayzi, tarovati o‘zgacha bo‘ladi. Zotan, ozodalik, poklik, saranjom-sarishtalik yurtimizning yanada ko‘rkam bo‘lishiga zamin yaratadi.

Bugun, 30-aprel kuni yurtimizda “Mahalla obodligi – yurt farovonligi” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.

Barcha davlat va jamoat tashkilotlari, mahalliy aholi vakillari mahallalar, aholi turar joylari hamda ko‘chalarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarida faol ishtirok etmoqda.

Xususan, Davlat soliq qo‘mitasi xodimlari tomonidan qo‘mita markaziy apparati binosi va unga tutash hududlar, ariqlar, ko‘chalar tozalandi, yo‘laklarga suv sepilib saranjom-sarishta holatga keltirildi.

Ushbu umumxalq xayriya hasharida
Vatanimiz ravnaqi, uni yanada obod etish ishtiyoqida yashash, milliy qadriyatlarimizni ulug‘lash yo‘lida barcha yurtdoshlarimiz birdamligi yana bir bor namoyon bo‘lmoqda.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#hashar

Obod va fayzli mahalla – yurt koʻrki

Bugun xalqimizning qadimiy va ezgu va qadriyatiga muvofiq, butun mamlakatimiz boʻylab “Obod va fayzli mahalla – yurt koʻrki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari oʻtkazilmoqda.

Xalqimizning sevimli bayrami Navroʻz ayyomini munosib nishonlash hamda muborak Ramazon oyini qarshi olishga tayyogarlik koʻrish maqsadida oʻtkazilgan hasharda mahallalar, aholi turar joylari, xiyobonlar, ziyoratgohlar va koʻchalar obodonlashtirildi. Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj nogiron va keksalar holidan xabar olindi.

Soliq qoʻmitasi markaziy apparati, hududiy soliq boshqarmalari hamda qoʻmita tasarrufidagi tashkilotlarda faoliyat koʻrsatuvchi xodimlar ham ushbu xayriya hasharida faol ishtirok etdi.

Yurtning obod boʻlishiga oʻzining munosib hissasini qoʻshishni insoniy burchi deb bilgan soliq xizmati organlari xodimlari hasharni bino atrofiga gul koʻchatlari va manzarali daraxt koʻchatlari ekish bilan boshladi. Atrof supurib-sidirildi, chang gʻuborlardan tozalandi.

Hashar chin maʼnoda ozodalik, saranjomlik, ahillik va hamjihatlik ramzi ekanini yana bir karra namoyon etdi.

Soliq qoʻmitasi Axborot xizmati

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#hashar

Obod va fayzli mahalla — yurt koʻrki

Oʻzbek xalqining qadimiy va ezgu va qadriyatiga muvofiq, joriy yilda ham Navroʻz bayrami arafasida anʼanaviy umumxalq xayriya hashari oʻtkazilmoqda.

Navroʻz ayyomi hamda muborak Ramazon oyini munosib oʻtkazish maqsadida tashkil etilgan hasharda mahallalar, aholi turar joylari, xiyobonlar, ziyoratgohlar va koʻchalar obodonlashtirilmoqda.

Soliq qoʻmitasida ham “Obod va fayzli mahalla – yurt koʻrki” shiori ostida hashar tashkil etildi.

Qoʻmita binosi atrofidagi daraxtlarga shakl berildi. Atrof supurib-sidirildi, chang-gʻuborlardan tozalandi.

Yurtning obod boʻlishiga oʻzining munosib hissasini qoʻshishni insoniy burchi deb bilgan soliq organlari xodimlari hashar ozodalik, saranjomlik, ahillik va hamjihatlik ramzi ekanini yana bir karra namoyon etdi.

Soliq qoʻmitasi Matbuot xizmati

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#hashar

Mahalla obod – yurt obod

Ushbu shior ostida Vatanimiz mustaqilligining 33 yilligini keng nishonlashga puxta tayyorgarlik koʻrish doirasida umumxalq xayriya hashari tashkil etildi.

Hasharda Soliq qoʻmitasi, hududiy soliq boshqarmalari hamda qoʻmita tasarrufidagi tashkilotlarda faoliyat koʻrsatuvchi xodimlar ham faol ishtirok etdi.

Soliq qoʻmitasi markaziy apparati binosi va unga tutash hududlar, ariqlar, koʻchalar tozalandi, yoʻlaklarga suv sepilib saranjom-sarishta holatga keltirildi.

Ushbu umumxalq xayriya hasharida Vatanimizni yanada obod etish ishtiyoqida yashash, milliy qadriyatlarimizni ulugʻlash yoʻlida barcha yurtdoshlarimiz birdamligi yana bir bor namoyon boʻlmoqda.

Soliq qoʻmitasi Matbuot xizmati

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#hashar

Soliq qo’mitasida umumxalq xayriya hashari

Mustaqilligimizning 33 yilligi oldidan
o‘tkazilgan umumxalq xayriya hasharida Soliq qo‘mitasi binosi hududidagi 800 dan ortiq daraxt va mingga yaqin manzarali o‘simliklar parvarishlandi. Ariq va koʻchalar tozalandi, yoʻlaklarga suv sepilib saranjom-sarishta holatga keltirildi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads