#uchrashuv
Tadbirkorlar bilan muloqotlar hududlarda davom etmoqda
Xabar berilganidek, farmatsevtika sohasidagi tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.
Bugun, Andijon viloyatida navbatdagi ochiq muloqot tadbiri bo‘lib o‘tmoqda. Unda Soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev, Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxabov va Andijon viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ishtirok etmoqda.
Muloqotda ishtirokchilar viloyatdagi tadbirkorlik muhitini yaxshilash, soliq tizimini takomillashtirish va biznesni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishmoqda.
Shuningdek, biznes vakillarining taklif va tashabbuslari tinglanib, faoliyatida duch kelayotgan muammolarni hal etish yo‘llari bo‘yicha o‘zaro fikr almashilmoqda.
Bu kabi uchrashuvlar boshqa hududlar bo‘ylab davom etadi.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv
Farmasevtika sohasidagi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

Kichik tadbirkorlar bilan uchrashuvlar respublikamiz bo‘ylab bo‘lib o‘tmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyev 19-mart kuni kichik va o‘rta biznes vakillari bilan uchrashuvda "Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash – bizning strategik yo‘limiz" deya ta'kidlab, ushbu soha rivojiga alohida e'tibor qaratilayotganini qayd etdi.
Mazkur uchrashuvdan so‘ng, mamlakatimiz bo‘ylab kichik va o‘rta biznes vakillari bilan tashkil etilayotgan ochiq muloqotlar iqtisodiyotimizni yanada rivojlantirish, tadbirkorlarning o‘rnini mustahkamlash maqsadida amalga oshirilmoqda.
Bu kabi muloqotlar orqali soha vakillari o‘z fikrlarini bildirib, biznes muammolarini muhokama qilish imkoniga ega bo‘lmoqda.
Kuni kecha uchrashuvlar quyidagi hududlarda bo‘lib o‘tdi:
📍 Xorazm;
📍 Buxoro;
📍 Navoiy;
📍 Jizzax;
📍 Surxondaryo;
📍 Sirdaryo;
📍 Namangan;
📍 Toshkent shahri.
Uchrashuvlar davomida kichik va o‘rta biznes vakillari o‘zlarining tajribalari, innovatsion g‘oyalari hamda kelajakdagi rejalari bilan o‘rtoqlashdilar.
📌Eslatib o‘tamiz, bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Qashqadaryo, Andijon va Farg‘ona viloyatlarida ochiq muloqotlar bo'lib o'tadi.
Davlat rahbarining tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan bunday ochiq va samimiy muloqotlar mamlakatimizda tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash, iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qilmoqda.

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv
Soliq organlari tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda
Mamlakatimizda qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda biznesning barqaror rivojlanishiga ko‘maklashish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.
Shu maqsadda hududlarda soliq organlari vakillarining kichik va o‘rta biznes subyektlari bilan ochiq muloqotlari o‘tkazilmoqda.
📍 Xorazm viloyati
📍 Andijon viloyati
📍 Navoiy viloyati
📍 Farg'ona viloyati
📍 Jizzax viloyati
📍 Namangan viloyati
📍 Surxondaryo viloyati
📍 Sirdaryo viloyati
Uchrashuvlarda tadbirkorlar faoliyatida uchrayotgan amaliy muammolar, soliq maʼmurchiligi bilan bog‘liq masalalar muhokama etildi.
Ayni paytda, jahon tajribasi asosida tadbirkorlik subyektlarining ijtimoiy va ekologik masʼuliyatini oshirish, ularning yashovchanligini taʼminlash, yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha tashabbuslarni rag‘batlantirish muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Tadbirda «o‘zini o‘zi band qilgan shaxs — yakka tartibdagi tadbirkor — kichik biznes — o‘rta biznes — yirik korxona» zanjiri asosida tadbirkorlik subyektlarini bosqichma-bosqich rivojlantirish masalalariga alohida eʼtibor qaratilyapti. Bu esa biznesning yiriklashuvini rag‘batlantirish, iqtisodiyotda samaradorlikni oshirish va salohiyatli korxonalarni shakllantirishda muhim qadam hisoblanadi.
Shuningdek, soliq organlari biznesga qulay sharoit yaratish, ortiqcha to‘siqlarni bartaraf etish, raqamli yechimlardan foydalangan holda xizmatlar ko‘rsatishning samaradorligini oshirish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilayotgani bo‘yicha maʼlumotlar yetkazilmoqda.
Tadbirlar respublikamiz bo‘ylab kelasi haftada ham davom etadi.

#uchrashuv #kichik_va_orta_biznes
Soliq organlari va tadbirkorlar o‘rtasida ochiq muloqotlar bisnes uchun yangi imkoniyatlardir
Ushbu haftada uchrashuvlar o‘tkazilgan hududlar:
📍 Qoraqalpog‘iston respublikasi
📍 Andijon viloyati
📍 Jizzax viloyati
📍 Qashqadaryo viloyati
📍 Namangan viloyati
📍 Navoiy viloyati
📍 Samarqand viloyati
📍 Sirdaryo viloyati
📍 Surxondaryo viloyati
📍 Toshkent viloyati
📍 Farg'ona viloyati
📍 Xorazm viloyati
❗️ Eslatib otamiz, muloqotlar respublika bo‘ylab kelasi haftada ham davom etadi.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads|Telegram
Soliq organlari va tadbirkorlar o‘rtasida ochiq muloqotlar bisnes uchun yangi imkoniyatlardir
Ushbu haftada uchrashuvlar o‘tkazilgan hududlar:
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads|Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv
Soliq organlari va tadbirkorlar o‘rtasida muloqotlar davom etmoqda
Xabar berganimizdek, kichik va o‘rta biznes soha vakillarini qo‘llab-quvvatlash va soha rivojlanishini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida joylarda uchrashuvlar o‘tkazilmoqda:
📍 Qoraqalpog‘iston Respublikasi
📍 Toshkent shahri
📍 Surxondaryo viloyati
📍 Toshkent viloyati
📍 Xorazm viloyati
📍 Buxoro viloyati
📍 Namangan viloyati
📍 Qashqadaryo viloyati
📍 Samarqand viloyati
📍 Sirdaryo viloyati
📍 Andijon viloyati
📍 Farg'ona viloyati
📍 Navoiy viloyati
📍 Jizzax viloyati
Uchrashuvlar davomida sohaning iqtisodiyotdagi ahamiyati, biznes muhitining sharoitlari va tadbirkorlar uchun yaratilayotgan yangi imkoniyatlar haqida batafsil so‘z yuritilmoqda. Shuningdek, tadbirkorlarning muammo va takliflari tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli choralar belgilanmoqda.
Qayd etish joiz, tadbirkorlar bilan bevosita muloqot o‘rnatish, ularning faoliyatlarida duch kelayotgan muammolarni aniqlash va o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish bugungi kunda soliq organlari oldidagi eng muhim vazifalardan biridir.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Soliq organlari va tadbirkorlar o‘rtasida muloqotlar davom etmoqda
Xabar berganimizdek, kichik va o‘rta biznes soha vakillarini qo‘llab-quvvatlash va soha rivojlanishini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida joylarda uchrashuvlar o‘tkazilmoqda:
Uchrashuvlar davomida sohaning iqtisodiyotdagi ahamiyati, biznes muhitining sharoitlari va tadbirkorlar uchun yaratilayotgan yangi imkoniyatlar haqida batafsil so‘z yuritilmoqda. Shuningdek, tadbirkorlarning muammo va takliflari tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli choralar belgilanmoqda.
Qayd etish joiz, tadbirkorlar bilan bevosita muloqot o‘rnatish, ularning faoliyatlarida duch kelayotgan muammolarni aniqlash va o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish bugungi kunda soliq organlari oldidagi eng muhim vazifalardan biridir.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv
Zargarlik sohasidagi tadbirkorlar bilan uchrashuv
📺 Ayni damda Savdo-sanoat palatasi tashabbusi bilan ”Zargarlik sohasida faoliyat: qonun doirasida” mavzusidagi uchrashuv-seminar o‘tkazilmoqda.
Unda Soliq qo‘mitasi vakillari ishtirok etmoqda.
Ochiq muloqot shaklida tashkil etilgan seminarda zargarlik sohasidagi qonunchilik, amaliyotdagi muammolar va yechimlar muhokama qilinmoqda.
📱 Yig‘ilishni YouTube platformasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomosha qiling
__________
#встреча
Встреча с предпринимателями ювелирной отрасли
📺 В данный момент по инициативе Торгово-промышленной палаты проходит встреча-семинар на тему “Деятельность в ювелирной сфере: в рамках закона”.
В мероприятии принимают участие представители Налогового комитета.
Семинар организован в формате открытого диалога, в ходе которого обсуждаются законодательство в ювелирной отрасли, проблемы на практике и пути их решения.
📱 Следите за трансляцией в прямом эфире на платформе YouTube
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Zargarlik sohasidagi tadbirkorlar bilan uchrashuv
Unda Soliq qo‘mitasi vakillari ishtirok etmoqda.
Ochiq muloqot shaklida tashkil etilgan seminarda zargarlik sohasidagi qonunchilik, amaliyotdagi muammolar va yechimlar muhokama qilinmoqda.
__________
#встреча
Встреча с предпринимателями ювелирной отрасли
В мероприятии принимают участие представители Налогового комитета.
Семинар организован в формате открытого диалога, в ходе которого обсуждаются законодательство в ювелирной отрасли, проблемы на практике и пути их решения.
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv
Soliq organlari tadbirkorlar bilan ochiq muloqotda
Ma'lumki, ayni kunlarda joylarda kichik va o‘rta biznes vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. Unda sohaga davlat tomonidan ko‘rsatilayotgan e’tibor, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash choralari, mavjud muammolar va takliflar muhokama qilinmoqda.
📍Qoraqalpog‘iston Respublikasi
📍Navoiy viloyati
📍Toshkent viloyati
📍Surxondaryo viloyati
📍Buxoro viloyati
📍Farg'ona viloyati
📍Andijon viloyati
📍Qashqadaryo viloyati
📍Namangan viloyati
📍Samarqand viloyati
📍Sirdaryo viloyati
📍Jizzax viloyati
📍Toshkent shahri
Muloqotlar davomida tadbirkorlarning soliq imtiyozini qo'llash va ortiqcha to'langan soliq summasini qaytarish, qo'llanilgan ma'muriy jarimani bekor qilish, soliq hisobotlarini topshirish va boshqa amaliy masalalar bo‘yicha murojaatlari tinglanib, aniq choralar belgilandi.
Hududlarda izchillik bilan tashkil etilayotgan bunday uchrashuvlardan ko‘zlangan asosiy maqsad – ishlab chiqarishni rivojlantirish, xufiyona iqtisodiyotga qarshi kurash orqali teng raqobat va biznes muhitini yanada yaxshilashdan iborat.

Soliq xizmatida mas’uliyat va natija – bosh mezon
Prezidentimiz rahbarligida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida soliq organlarida “mahallabay” va “korxonabay” ishlash tizimlari joriy etilib, ularning samaradorligi soliq tushumlarining ortishida yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Har bir soliq to‘lovchi bilan individual ishlash ikki tomon faoliyatida ijobiy o‘sish natijalarini bermoqda.
Soliq xizmati organlari rahbar va xodimlarining mehnat faoliyati har bir yo‘nalish bo‘yicha KPI ko‘rsatkichlari asosida baholanadi. Natijalar oy yakunida Soliq qo‘mitasi rahbariyati tomonidan ko‘rib chiqiladi.
Galdagi uchrashuv Samarqand viloyatida Soliq qo‘mitasi Raisi Sherzod Kudbiyev boshchiligida 2025-yil aprel oyi natijalari tahlili va may oyini samarali yakunlash bo‘yicha bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda qo‘mita markaziy apparati va viloyat rahbarlari, shahar va tuman inspeksiyalari rahbarlari,“mahallabay” hamda “korxonabay” ishlash tizimida faoliyat yurituvchi xodimlar (videokonferensaloqa shaklida) ishtirok etdi.
Ta’kidlash joizki, yig‘ilishda “mahallabay” va “korxonabay” ishlash tizimlari doirasida amalga oshirilgan ishlar tanqidiy tahlil qilindi. Aprel va may oylarida past ko‘rsatkich qayd etgan inspeksiya rahbarlari tinglandi, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokama qilindi.
Natijada, faoliyatida yo‘l qo‘ygan xato va kamchiliklari uchun viloyat soliq boshqarma boshlig'ining birinchi o‘rinbosari, KPI ko‘rsatkichi past bo‘lgan Urgut tumani rahbari lavozimidan ozod etilib, boshqarmadagi vakant lavozimlarga, Pastdarg‘om tumani soliq inspeksiyasi rahbari ijobiy* natijalari uchun boshqarmaga o‘tkazish topshirildi. Shuningdek, o‘z faoliyatida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan 4 nafar xodimga nisbatan mehnat qonunchiligiga muvofiq intizomiy choralar qo‘llanildi.
ekani qo‘mita raisi tomonidan yana bir bor ta’kidlandi.
* tuzatish kiritildi

Hududiy soliq organlari faoliyatini samarali tashkil etish, xodimlar shaxsiy javobgarligini oshirish hamda soliq to‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati – tizimdagi asosiy ustuvor yo‘nalish
ekani qo‘mita raisi tomonidan yana bir bor ta’kidlandi.
* tuzatish kiritildi
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#uchrashuv
Kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash: Samarqandda Soliq qo‘mitasi rahbariyatining uchrashuvlari davom etmoqda
Samarqand viloyatida Soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Alimjan Fayzibaev ishtirokida tadbirkorlik subyektlari vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida soliq siyosatidagi yangiliklar, amaldagi stavkalar, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlovchi imtiyozlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Tadbirkorlar faoliyatlarida uchrayotgan muammolar va takliflarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri respublika darajasidagi rahbalarga yetkazish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Konstruktiv ruhda o‘tgan muloqotda imtiyozlardan foydalanish, QQSni qaytarish hamda soliq hisobotlarini topshirish bilan bog‘liq murojaatlar ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv davomida tadbirkorlar tomonidan ko‘tarilgan masalalarning aksariyatiga shu yerning o‘zida yechim topildi, ayrimlari bo‘yicha mas’ul ijrochilar biriktirildi.
O‘rganish ma'lum vaqt talab etadigan muammolar yuzasidan esa zudlik bilan aniq choralar belgilanib, ularning ijrosi Soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari tomonidan shaxsan nazoratga olindi.
Bu kabi muloqotlar tizimli ravishda davom ettiriladi. Maqsad – tadbirkorlik muhiti ochiqligi va adolatli soliq tizimini ta’minlash, eng asosiysi esa – eshitish va hal qilish.