Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
98.5K subscribers
8.12K photos
1.98K videos
162 files
8.58K links
soliq.uz
📨https://t.iss.one/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar: 24/7 rejimda 📞1198
+998712449898
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
[email protected]
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a
Download Telegram
#11noyabr #kasaba

11-noyabr – O‘zbekiston Kasaba uyushmalari kuni!


Soliq qo‘mitаsida ushbu kun munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbir avvalida Soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Mirziyod Maxkamov so‘zga chiqib, barchaga qo‘mita raisi tabrigini yetkazdi.

Kasaba uyushmalari faollari va a’zolarini bayram bilan tabriklab, davlat soliq xizmati organlari birlashgan kasaba uyushmalari qo‘mitasi tomonidan shaxsiy tarkib manfaatlari uchun samarali ishlar qilanayotganini ta’kidladi.

Bayramga taklif etilgan xalq ardog‘idagi xonandalarning diltortar kuy va qo‘shiqlari tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Hurmatli kasaba uyushmalari faollari va a’zolari, yurtimiz taraqqiyoti hamda xalqimizni baxtli qilish yo‘lidagi ezgu g‘oyalarni hayotga tatbiq etishingizda Sizlarga ulkan ishtiyoq va ko‘tarinki kayfiyat tilaymiz.

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads