Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
98.4K subscribers
8.13K photos
1.98K videos
162 files
8.59K links
soliq.uz
📨https://t.iss.one/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar: 24/7 rejimda 📞1198
+998712449898
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
[email protected]
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a
Download Telegram
#shaxmat

Soliq xizmati xodimlari “aql gimnastikasi”da bahslashdi


Shaxmat aqlni charxlovchi, xotirani mustahkamlovchi hamda fikrlash va oqilona qaror qabul qilishga undovchi sport turi sanaladi.

Soliq xizmati xodimlarida ayni jihatlarni yanada mustahkamlash maqsadida Kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan soliq xizmati xodimlari o‘rtasida sportning shaxmat turi bo‘yicha “Rais kubogi” musobaqasi o‘tkazildi.

Joriy yilning 4-noyabr kuni Soliq qo‘mitasida musobaqaning final bosqichi o‘tkazildi. Unda Soliq qo‘mitasi markaziy apparati, viloyatlar, YSTBHSI, “Yangi texnologiyalar” IAM, Soliq servis, Fiskal institut va soliq texnikumlarida o‘tkazilgan saralash bosqichi g‘oliblari ishtirok etdi.

Keskin va murosasiz aql janglaridan iborat bo‘lgan final bahslari yakuniy natijalariga ko‘ra Namangan viloyati soliq boshqarmasi vakili Sharof Sulaymonov 1-o‘rin sohibi bo‘ldi.

2-o‘rin Xorazm viloyati soliq boshqarmasi vakili Murod Iskandarovga, 3-o‘rin Sirdaryo viloyati soliq boshqarmasi vakili Quvonch Azimovga nasib etdi.

Musobaqa so‘nggida g‘oliblar va faol ishtirokchilarga maxsus diplomlar va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads