Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
95.8K subscribers
7.85K photos
1.88K videos
149 files
8.29K links
soliq.uz
📨https://t.iss.one/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar: 24/7 rejimda 📞1198
+998712449898
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
[email protected]
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a
Download Telegram
#savdo_avtomati_kochma_savdo

Savdo avtomatlaridan xarid qilingan mahsulot uchun onlayn-NKT cheki beriladimi?

Savdo avtomati bu — naqd pul yoki boshqa toʻlov vositalarini qabul qilgandan soʻng sotuvchining ishtirokisiz tovarlar berish orqali xizmat koʻrsatuvchi savdo uskunasi (vending machine). Savdo avtomati turgʻun yoki koʻchma savdo obyekti shaklida boʻlishi mumkin.
👉VMQ-75 13.02.2003

Savdo avtomatlari orqali tovarlarni sotish va (yoki) xizmatlarni koʻrsatishda onlayn-NKTdan foydalanish talab etilmaydi.
👉VMQ-943 23.11.2019 3-band

Savdo avtomatlaridan tashqari barcha koʻchma savdo obyektlari orqali mahsulot sotish yoki xizmat koʻrsatish uchun onlayn-NKT va bank plastik kartalaridan toʻlovlarni qabul qilish uchun hisob-kitob terminali oʻrnatish shart.

Yuqoridagi meʼyorlardan kelib chiqadigan boʻlsak, savdo avtomatlaridan xarid qilingan mahsulotlar uchun onlayn-NKT cheki berish talab etilmaydi.

koʻchma
savdo — koʻchma savdo obyektlaridan foydalangan holda, turgʻun savdo shoxobchalari joylashgan joydan tashqarida oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari bilan chakana savdo qilish, xizmatlar koʻrsatish.

koʻchma savdo subyektlari — koʻchma savdoni amalga oshirish uchun “K-SAVDO” AATda belgilangan tartibda koʻchma savdo obyektlarini roʻyxatdan oʻtkazgan jismoniy va yuridik shaxslar.
👉 VMQ-485-son 03.08.2021 1-ilova

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads