Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
95.7K subscribers
7.86K photos
1.88K videos
151 files
8.3K links
soliq.uz
📨https://t.iss.one/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar: 24/7 rejimda 📞1198
+998712449898
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
[email protected]
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a
Download Telegram
#JShShODS

"Ijtimoiy himoya yagona reyestri"ga kiritilgan fuqarolar uchun to‘langan daromad solig‘i qanday qaytariladi

🔹Buning uchun my3.soliq.uz portalida shaxsiy kabinetida “Yuridik shaxslar tomonidan xodimlar uchun to‘langan daromad solig‘i summasini Davlat budjetidan to‘liq qaytarib berish bo‘yicha elektron arizalarni ko‘rib chiqish” sahifasiga o‘tiladi.

🔹Ushbu bo‘limdan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri"ga kiritilgan fuqarolarni ishga olgan ish beruvchilar uchun” menyusi tanlanadi.

🔹Ochilgan ariza shaklida arizachi to‘g‘risida ma’lumotlar (tashkilot nomi, STIR, manzil) avtomatik aks etadi.

🔹Tegishli qatorlarga hisobot davri (yil, oy) kiritilgandan so‘ng xodimlar haqidagi ma’lumotlar (F.I.Sh, JShShIR va qaytariladigan JShODS summasi) avtomatik shakllanadi.

🔹Arizada bank rekvizitlari (bank nomi, MFO, hisobraqam) va yer maydoni avtomatik shakllanadi.

🔹Arizaga Savdo-sanoat palatasi bilan tuzilgan “Hamkorlik shartnomasi”ni yuklab, “Ariza shakllantirish” tugmasi orqali jarayon yakunlanadi.

🔹“Yuborilgan arizalar” bo‘limidan ariza (raqami, sanasi, bajarish muddati, soliq organi va bajaruvchi) haqidagi ma’lumotlarni bilib olish mumkin.

Talablarga javob bermagan ish beruvchi uchun ariza yuborish tizim tomonidan avtomatik cheklanadi.
Yuborilgan arizalar bo‘yicha JShODS summasi qonunchilikda belgilangan muddatlarda qaytariladi.

👉 "Ijtimoiy himoya yagona reyestri"ga kiritilgan fuqarolar uchun to‘langan daromad solig‘ini qaytarish bo‘yicha QO‘LLANMA

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads