Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
98.6K subscribers
8.05K photos
1.95K videos
161 files
8.52K links
soliq.uz
📨https://t.iss.one/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar: 24/7 rejimda 📞1198
+998712449898
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
org@soliq.uz
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a
Download Telegram
March 14, 2022
April 1, 2022
August 4, 2022
#tekshiruvdan_oldingi_tahlil

Avtokameral: soliq to‘lovchilar faoliyatida tekshiruvdan oldingi tahlillar

Tekshiruvdan oldingi tahlil - taqdim etilgan soliq hisobotini va soliq to‘lovchining faoliyati to‘g‘risidagi boshqa axborotni soliq organlari tomonidan axborot tizimlaridan foydalangan holda, soliq to‘lovchining ishtirokisiz o‘tkaziladigan avtomatlashtirilgan tahlildir.

Tekshiruvdan oldingi tahlil soliq organi rahbarining (rahbar o‘rinbosarining) buyrug‘isiz, “Avtokameral” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.

Mazkur tizimda joriy qilingan mezonlar mantiqiy shartlar va algoritmlar asosida,
tadbirkorlik subyektlari tomonidan taqdim etilgan soliq va moliyaviy hisobotlarda keltirilgan ko‘rsatkichlar bilan soliq organlarida mavjud ma’lumotlarni (jumladan, elektron hisobvaraq-faktura, eksport-import operatsiyalari, onlayn kassa texnikasi cheklari va h.k.) avtomatlashtirilgan tartibda taqqoslaydi.

Agar
tekshiruvdan oldingi tahlil chog‘ida soliq organi tomonidan taqdim etilgan soliq hisobotida soliq organida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar bilan tafovutlar va (yoki) xatolar aniqlansa, soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga soliq hisobotiga tegishli tuzatishlar kiritish to‘g‘risida xabarnoma yuboriladi.

Xabarnomada
qayd etilgan tafovut summasining batafsil hisoblash tartibini ko‘rish uchun ushbu xabarnomaning pastki qismida “Tafovutning hisoblanish tartibi (formulasi)” tugmasini bosish lozim. Shundan so‘ng avtomatik tarzda my3.soliq.uz portalidagi shaxsiy kabinetda tegishli oyna ochiladi. Uning quyi qismida “mutaxassis yordami” moduli orqali mas’ul mutaxassislar bilan qo‘shimcha savollar yuzasidan telefon orqali bog‘langan holda javoblar olishlari mumkin.

Soliq to‘lovchi tegishli tuzatishlar kiritish to‘g‘risidagi xabarnomani olgan kundan e’tiboran 10 kunlik muddatda aniqlashtirilgan soliq hisobotini yoki aniqlangan tafovutlarning asosnomasini taqdim etishi shart. Bunday majburiyatning bajarilmaganligi soliq organi tomonidan soliq to‘lovchida kameral soliq tekshiruvini tayinlash uchun asos bo‘ladi.

Tekshiruvdan oldingi tahlil aniqlashtirilgan soliq hisoboti yoki aniqlangan tafovutlar asosnomasi soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan yoxud kameral soliq tekshiruvi tayinlangan sanadan e’tiboran yakunlangan hisoblanadi.

Ushbu avtomatlashtirilgan tizimning joriy qilinishi soliq to‘lovchilarga bir qator afzalliklar yaratadi. Jumladan:
🔸Soliqlarni o‘z vaqtida va to‘liq hajmda hisoblanishi hamda to‘lanishini ta’minlashda ko‘maklashadi;
🔸Ularning faoliyatida yuzaga kelgan soliqqa oid huquqbuzarliklarni mustaqil ravishda bartaraf etish imkonini beradi;
🔸Ularga nisbatan qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan moliyaviy jarimalar, ma’muriy yoki jinoiy javobgarlik choralarining oldi olinishini ta’minlashga xizmat qiladi;
🔸 Ularning faoliyatiga asossiz aralashish va korrupsiya holatlarini cheklash hamda ma’muriy bosimlarni kamaytirishga imkoniyat beradi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
November 10, 2022
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
November 10, 2022
November 10, 2022
December 12, 2022
#raqamlashtirish
#tekshiruvdan_oldingi_tahlil

Tekshiruvdan oldingi tahlil natijalari

Soliq to‘lovchilarda 2023-yil yanvar oyi davomida o‘tkazilgan tekshiruvdan oldingi tahlillar natijasida 14,1 trln soʻmlik tafovutlar aniqlandi.

👉Batafsil

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
February 17, 2023
#tekshiruvdan_oldingi_tahlil

Avtokameral: soliq to'lovchi faoliyatida tekshiruvdan oldingi tahlil

Joriy yilning I choragi uchun
o‘tkazilgan tekshiruvdan oldingi tahlillarda aniqlangan 2,4 trln soʻmlik tafovutlarga tegishli tuzatishlar kiritish haqida 2023-yil 10-may kuni 25,3 mingdan ziyod soliq toʻlovchilarning shaxsiy kabinetiga xabarnomalar yuborildi.

Xabarnomada qayd etilgan tafovut summasining batafsil hisoblash tartibini koʻrish uchun ushbu xabarnomaning pastki qismida “Tafovutning hisoblanish tartibi (formulasi)” tugmasini bosish lozim. Shundan soʻng avtomatik tarzda my3.soliq.uz portalidagi shaxsiy kabinetda tegishli oyna ochiladi.

Biroq, ayrim xabarnomalarda ushbu formulalar ochilmayotganligi haqida murojaatlar kelib tushmoqda.

Mutaxassislar tomondan tezkorlik bilan texnik nosozliklarni bartaraf etish choralari koʻrildi.

Eslatib oʻtamiz, tekshiruvdan oldingi tahlillar soliq toʻlovchilar faoliyatida yuzaga kelgan soliqqa oid huquqbuzarliklarni mustaqil ravishda bartaraf etish imkonini beradi, ularga nisbatan qoʻllanilishi mumkin boʻlgan moliyaviy jarimalar, javobgarlik choralarining oldini olishga xizmat qiladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
May 10, 2023
November 22, 2023
March 24, 2024
October 21, 2024
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#tekshiruvdan_oldingi_tahlil
#yashirin_iqtisodiyot

"Avtokameral" tekshiruvlari tayinlanishini oldini oladi


“Avtokameral” tizimi soliq toʻlovchi tomonidan taqdim etilgan soliq hisobotidagi maʻlumotlar va tashqi manbalardan olingan axborotlarni solishtirish yoʻli bilan nomuvofiqliklarni aniqlaydi.

Mavjud kamchiliklar toʻgʻrisida xabarnoma soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetiga yuboriladi.

10 kun ichida
soliq toʻlovchi aniqlashtirilgan soliq hisobotini yoki aniqlangan tafovutlarning asosnomasini taqdim etishi shart.

📱 Videoni toʻliq koʻrish
___________
#предпроверочный_анализ
#теневая_экономика

Предпроверочный анализ позволяет исправить ошибки до налоговой проверки

Система "Автокамерал" выявляет расхождения, сравнивая данные в представленной налогоплательщиком налоговой отчетности и данные, полученные из внешних источников.

Уведомление об имеющихся недостатках направляется налогоплательщику в персональный кабинет.

В течение 10 дней налогоплательщику нужно представить уточненную налоговую отчетность или обоснование выявленных расхождений.

📱 Смотреть видео полностью

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
October 25, 2024
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tekshiruvdan_oldingi_tahlil

Korxonaning faoliyati xususiyatlari Avtokameral formulalarida inobatga olinadi

Agar soliq to'lovchilar Avtokameral formulasi ularning faoliyati xususiyatlarini hisobga olmayotganini aniqlashsa va dalillari asoslangan bo'lsa, mantiqiy shartlarga o'zgartirishlar kiritiladi.

Yil boshidan buyon qonunchilik o'garishlari hamda Jamoatchilik kengashi a'zolari takliflari bilan 40 ga yaqin formulaning mantiqiy shartlari o'zgartirildi.

📱 Videoni toʻliq koʻrish
__________
#предпроверочный_анализ

Особенности деятельности организации учитываются через корректировку формул Автокамерала

Если налогоплательщики считают, что формула Автокамерала не учитывает специфику их деятельности и их доводы будут обоснованы, то в логические условия вносятся изменения.

С начала года с учетом изменений в законодательстве и предложений членов Общественного совета при Налоговом комитете изменены логические условия около 40 формул.

📱 Смотреть видео полностью

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
October 25, 2024