Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
97.3K subscribers
8.01K photos
1.93K videos
161 files
8.46K links
soliq.uz
📨https://t.iss.one/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar: 24/7 rejimda 📞1198
+998712449898
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
[email protected]
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a
Download Telegram
#solishtirima_dalolatnoma

My3.soliq.uz da solishtirma dalolatnoma va shaxsiy kartochka

Elektron soliq xizmatlari portalining yangi talqiniga bosqichma-bosqich o‘tish munosabati bilan solishtirma dalolatnoma va shaxsiy kartochkalar endi my3.soliq.uz saytida shakllantirilmoqda.

Interaktiv xizmatdan foydalanishning 2 usuli bor:

1. My.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinetida “YShlarning solishtirma dalolatnomalari” xizmatiga kiriladi. “Shaxsiy kartochka” va “Solishtirma dalolatnoma qismida joylashgan ko‘k rangli oynadagi tegishli havolalar orqali my3.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinetga o‘tiladi (avtorizatsiyadan o‘tish talab etilmaydi).

2. My3.soliq.uz saytida shaxsiy kabinetga kiriladi. “Xizmatlar” oynasidagi “Shaxsiy ma’lumotlar” bo‘limida “Yuridik shaxslarning soliqlari bo‘yicha solishtirma dalolatnomalari”ga o‘tiladi.

“Shaxsiy kartochka” bo‘limida ro‘yxatdan o‘tish joyi bo‘yicha hudud va tuman aks ettiriladi. Kerak bo‘lsa, boshqa hudud va tuman hamda yil, soliq turi va jadval shaklini (“Qisqa” yoki “To‘liq”) tanlab, “Ko‘rsatish” tugmasi bosiladi.
Quyida ochilgan jadvalda ko‘rsatilgan soliq turi va davri bo‘yicha barcha kerakli ma’lumotlar shakllanadi. Uni Excel formatda yuklab olish mumkin (ma’lumot avtomatik ko‘rinmasa, “Yangilash” tugmasini bosish lozim).

“Solishtirma dalolatnoma bo‘limida ham ro‘yxatdan o‘tish joyi bo‘yicha hudud va tuman aks ettiriladi. O‘lchov birligi hamda sana belgilanib, “Ko‘rsatish” funksiyasi tanlanadi.
Quyida ochilgan jadvalda, ko‘rsatilgan sanaga solishtirma dalolatnoma shakllanadi. Agar ma’lumot avtomatik aks etmasa, “Shakllantirish” tugmasini bosish lozim. Solishtirma dalolatnomani pdf yoki Excelda yuklab olish mumkin.

Agar hududdagi soliq majburiyatlari o‘zgarsa, yoki yangi majburiyatlar yuzaga kelsa, ular bo‘yicha shaxsiy kartochka va solishtirma dalolatnoma yaratish uchun "Hududni yangilash" tugmasi bosiladi.

Ish jarayonida natijaga ta’sir qilmaydigan kichik o‘zgarishlar kiritilishi mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter