Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
97.3K subscribers
8.46K photos
2.12K videos
168 files
8.93K links
soliq.uz
📨https://t.iss.one/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar: 24/7 rejimda 📞1198
+998712449898
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
[email protected]
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 1
Download Telegram
#raqamlashtirish #seminar_trening

Soliq qo‘mitasi xodimlari IBM Cognos Analytics platformasidan foydalanish kurslarini yakunladi

Jahon banki bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan “Soliq maʼmuriyatchiligini isloh qilish” loyihasi doirasida soliq tizimining 40 nafarga yaqin xodimi IBM Cognos Analytics platformasida maʼlumotlarni to‘plash, tahlil qilish, grafik va diagrammalar orqali vizualizatsiya qilish hamda tezkor hisobotlar shakllantirish bo‘yicha o‘quv kurslarini yakunladi.

Loyiha doirasida xalqaro ekspertlar guruhi soliq sohasida faoliyat yurituvchi xodimlarni IBM Cognos Analytics tizimidan samarali foydalanish va Business Intelligence (BI) tahlilchilari sifatida tayyorlashga yo‘naltirilgan o‘qitish ishlarini olib bordi.

Soliq tizimi xodimlarining olgan bilimlari kelgusida maʼlumotlarni yig‘ish va modellashtirish orqali murakkab jarayonlarni soddalashtirish, katta hajmdagi maʼlumotlarni tezkor tahlil qilish asosida iqtisodiyotda xufiyona aylanmalar darajasini qisqartirish, shuningdek, soliq to‘lovchilarga yangi, zamonaviy va qulay xizmatlarni ishlab chiqishga xizmat qiladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#seminar_trening

Davlat organlari va tashkilotlarida inson resurslarini rejalashtirish: kadrlar salohiyati va ish samaradorligini oshirishga yoʻnaltirilgan yangicha yondashuv

Soliq qoʻmitasida Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi vakillari ishtirokida seminar-trening tashkil etildi.

Uchrashuvda kadrlar malakasini bosqichma-bosqich oshirish, vakant lavozimlar oʻrnini ochiq tanlov asosida toʻldirish, xodimlarning ish samaradorligini yaxshilash boʻyicha KPI indikatorlari haqida soʻz yuritildi.

Shuningdek, mutaxassislar tomonidan inson resurslarini rejalashtirish tushunchasi va uning maqsadi, davlat organlarida ushbu yoʻnalishdagi muammolar, inson resurslarini rejalashtirishda strategik yondashuvni joriy etishning afzalliklari haqida maʼlumot berildi.

Maqsadli kadrlar zaxirasini shakllantirish uchun xodimlarning kelgusida soliq sohasi boʻyicha dunyoning yetakchi universitetlarida taʼlim olishini tashkil etish masalalari muhokama etildi.

Shu bilan birga trening yakunida davlat fuqarolik xizmatida inson resurslarini strategik rejalashtirish va professiografik tahlil mavzularida fikr-mulohazalar almashilib, so‘rovnomalar ham o‘tkazildi. Qatnashchilar guruhlarga bo‘linib, berilgan maʼlumotlar yuzasidan tushunchalarini mustahkamladi.

Ishtirokchilarga hrm.argos.uz platformasiga kiritilgan o‘zgartirishlar to‘g‘risida tushuntirishlar ham berib o‘tildi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads