Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
95.8K subscribers
7.86K photos
1.88K videos
151 files
8.3K links
soliq.uz
📨https://t.iss.one/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar: 24/7 rejimda 📞1198
+998712449898
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
[email protected]
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a
Download Telegram
#Tax_in_Tashkent_2023

"Toshkent xalqaro soliqqa tortish haftaligi 2023" boshlandi

Bugun Fiskal institutda "Toshkent xalqaro soliq haftaligi" ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Institut rahbariyati, Soliq qo‘mitasi vakillari, "Tax in Tashkent 2023" tanlovi ishtirokchilari hamda Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi mamlakatlarining Oliy ta'lim muassasalari mutaxassislari va talabalar ishtirok etdi.

Tadbirda Rossiya Federal soliq xizmati "Transfert narxlari" boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari A.Smotritskaya so‘zga chiqib xalqaro tanlov ishtirokchilariga muvaffaqiyatlar tiladi.

Xalqaro soliqqa tortish bo‘yicha "Tax in Tashkent 2023" tanlovi 18-20 may kunlari Fiskal institutda bo‘lib o‘tadi.

Eslatib
o‘tamiz, joriy yilning mart oyida Moskva shahrida o‘tkazilga "Xalqaro soliqqa tortish InTax 2022-2023" tanlovida Fiskal institut jamoasi MDHning 73 ta oliy o‘quv yurti ichida 3-o‘rinni egallagan edi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#Tax_in_Tashkent_2023

"TaxinTashkent 2023" g‘oliblari aniqlandi

"Toshkent xalqaro soliqqa tortish haftaligi"
doirasidagi "TaxinTashkent 2023" musobaqasi o‘z nihoyasiga yetdi.

MDH mamlakatlarining Oliy ta'lim muassasalari o‘rtasida o‘tkazilishi an'anaga aylanib borayotgan ushbu tanlovning navbatdagisi Fiskal institutda o‘tkazildi.

Qizg‘in bahs va munozaralarga boy tarzda o‘tgan tanlovda MDH davlatlarining 17 ta nufuzli oliy ta'lim muassasalaridan yig‘ilgan talaba-yoshlar o‘zlarining soliq sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini namoyish etdilar.

Tanlov yakuniga ko‘ra:

1-o‘rinni Toshkent davlat yuridik universiteti;
2-o‘rinni Tojikiston davlat moliya-iqtisodiyot universiteti va Sibir Federal universiteti;
3-o‘rinni Fiskal institut hamda Patrisa Lumumbi nomidagi Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti jamoalari qo‘lga kiritdi.

Fiskal institut talabalari ingliz tilida bo‘lib o‘tgan xalqaro soliqqa tortish tanlovida ham munosib ishtirok etib, 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. G‘oliblik esa Rossiya Federatsiyasi hukumati huzuridagi Moliya universitetiga nasib etdi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter