Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
✔
95.8K subscribers
7.86K photos
1.88K videos
150 files
8.3K links
soliq.uz
📨https://t.iss.one/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar: 24/7 rejimda 📞1198
+998712449898
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
[email protected]
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a
Download Telegram
#YeTTB

O‘zbekistondagi islohotlarga xorijda ham ishonch ortmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan yig‘ilishida ishtirok etib, nutq so‘zladi.

Prezidentimiz nutqida taʼkidlaganidek,
so‘nggi yillarda yurtimizda inson qadrini ulug‘lash, aholi manfaatlarini taʼminlash, iqtisodiyotni erkinlashtirish va jahon bozorlariga dadil kirib borish bo‘yicha salmoqli yutuqlarga erishildi.

Soliq yuki qariyb 2 barobar kamaygani, soliq maʼmurchiligi soddalashgani, O‘zbekistonda mintaqamizdagi eng jozibador fiskal tizim shakllangani xalqaro tashkilotlar tomonidan eʼtirof etilmoqda.

Islohotlarimizga ishonch ortgani tufayli yillik xorijiy sarmoyalar hajmi 2017-yilga nisbatan 3 barobar ko‘paydi.

Umuman, mamlakatimizda qulay biznes muhiti yaratilgani natijasida tadbirkorlar soni 4 barobar oshdi.

Eng muhimi – siyosiy va iqtisodiy islohotlarimizni xalqimiz to‘liq qo‘llab-quvvatlamoqda.

Yaqinda umumxalq referendumida qabul qilingan yangilangan Konstitutsiyamizda islohotlarning ortga qaytmasligi va bardavom bo‘lishi qatʼiy kafolatlandi.

Bir so‘z bilan aytganda, biz o‘zimiz tanlagan, uzoq muddatga mo‘ljallangan ochiqlik va barqaror taraqqiyot yo‘lidan og‘ishmasdan, yana-da dadil oldinga boramiz.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter