Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
95.6K subscribers
7.88K photos
1.88K videos
157 files
8.32K links
soliq.uz
📨https://t.iss.one/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar: 24/7 rejimda 📞1198
+998712449898
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
[email protected]
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a
Download Telegram
#hamkorlik
#suniy_intellekt

“Raqamlashtirish davrida soliq qonunchiligiga rioya qilish darajasini oshirish – bugun va kelajak” mavzusidagi mintaqaviy seminarning ikkinchi kuni soliq ma’murichiligiga sun’iy intellektni joriy etish va sohani yanada raqamli transformatsiya qilishga bag‘ishlanadi.

XVJ ekspertlarining fikricha, soliq ma'murchiligida sun'iy intellektni tushungan holda qo'llash maxfiylikni saqlash, qonun hujjatlari, kiberxavfsizlik va ma'lumotlar shaffofligini ta'minlash, himoya choralarini ishlab chiqish kabi asosiy fundamental talablarga asoslanadi.

"Sun'iy intellektni boshqarishning aniq mexanizmlarining yo'qligi, Gollandiya va Avstraliya moliyaviy siyosatida qo'llanilgan avtomatik tizimlarning muvaffaqiyatsizligi kabi salbiy oqibatlar keltirib chiqaradi", dedi XVJ eksperti Devid Xedvik.

Sun'iy intellektning innovatsion ilovalari bo'yicha taqdimotlar doirasida soliq to‘lovchilarning soliq majburiyatlarini bajarish yukini kamaytirish, soliq organlari faoliyatining samaradorligi va shaffofligiga erishish imkonini beruvchi ekspert tavsiyalari va sun'iy intelekt modellari namoyish etildi.
____
#сотрудничество
#искусственный_интеллект

Второй день международного семинара "Повышение уровня соблюдения налогового законодательства в цифровую эпоху" посвящен искусственному интеллекту, внедрению ИИ в налоговое администрирование и дальнейшей цифровой трансформации сферы.

По мнению докладчиков - экспертов МВФ, понимание и применение искусственного интеллекта в налоговом администрировании основано на базовых принципиальных требованиях, таких как соблюдение конфиденциальности, действующий юридический документ, обеспечение кибербезопасности и прозрачности данных, а также разработка мер защиты.

"Отсутствие точных механизмов по управлению искусственным интеллектом ведет к негативным последствиям, когда автоматические системы, неудачно примененные в фискальной политике, дают сбой, как это произошло в Нидерландах и Австралии", - отметил эксперт МВФ Дэвид Хэдвик.

В рамках развернутых презентаций по инновационному применению искусственного интеллекта представлены экспертные рекомендации и модели ИИ, позволяющие снизить нагрузку налогоплательщиков при исполнении ими налоговых обязательств, достичь оперативности и прозрачности в работе налоговых органов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#suniy_intellekt

Soliq qo‘mitasi soliq to‘lovchilar uchun sunʼiy intellekt bazasida yaratilgan virtual yordamchini ishga tushirdi

Soliq qo‘mitasi soliq to‘lovchilarga 24/7 rejimida maʼlumot berishga mo‘ljallangan, DavrOn deb nomlangan virtual yordamchini ishga tushirdi. U ai.soliq.uz manzilida joylashgan.

DavrOn – samimiy va professional maslahatchi sifatida soliq va soliqqa tortish masalalarida maʼlumotlar hamda personal maslahatlar bera oladi. Virtual yordamchi o‘zbek, rus va ingliz tillarida samimiy muloqot qila oladi.

Mazkur yordamchi 3 oy davomida yaratildi, uni takomillashtirish jarayoni uzluksiz davom ettiriladi. Shu maqsadda Soliq kodeksi, Prezident va Vazirlar Mahkamasining qarorlari, meʼyoriy hujjatlar va yo‘riqnomalar, shuningdek, soliq organlarining call-markaziga kelib tushayotgan onlayn-NKT, EHF, elektron raqamli imzo, elektron hisobotlar, markirovka va boshqa xizmatlarga oid savollarga javoblarni o‘z ichiga olgan 11 mln belgidan iborat bilimlar bazasi yaratildi.

Soliq qo‘mitasi barcha soliq to‘lovchilarni ai.soliq.uz saytidagi virtual yordamchi xizmatidan foydalanishni tavsiya qiladi.

Virtual yordamchi Soliq qo‘mitasining sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanadigan uchinchi xizmatidir.

▫️2022-yilda soliq to‘lovchilarni masofadan identifikatsiya qilish bo‘yicha Face ID xizmati joriy etilgan. Bugungi kunda xizmat auditoriyasi 6 mln nafardan ortiq mobil ilova foydalanuvchilarini qamrab olgan. Face ID tizimi mukammal ishlashi uchun identifikatsiyadan o‘tish fotosurat yordamida emas, balki haqiqatda mavjud inson tomonidan amalga oshirilayotganini aniqlash uchun maxsus model yaratildi.

▫️Soliq maʼmurchiligiga xizmat qiladigan yana bir sunʼiy intellekt — bu yuk avtotransport vositalari monitoringi tizimi. Kompyuterning ko‘rish modeli yuk mashinalarini boshqa texnikalardan ajratish uchun maxsus kameradan olingan tasvirlardan foydalanadi. Keyinchalik, tizim avtotransport vositasi yuk bilan yoki yuksiz harakatlanayotganini aniqlaydi va olingan maʼlumotlarni tahlil uchun yuboradi. Mazkur texnologiya Buxoro viloyatining Shofirkon tumanidagi karyerlarda noruda foydali qazilmalarni qazib olishni kuzatish va hisobga olishda qo‘llanilmoqda.

Soliq qo‘mitasi soliq maʼmurchiligi samaradorligini oshirish, shuningdek, soliq to‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanishda imkoniyatlarni kengaytirib borishni ko‘zlagan.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#suniy_intellekt

Davr-On bilan
soliq.uz sayti orqali muloqot qiling

Hurmatli foydalanuvchilar, sizlar uchun ajoyib yangilik, Davr-On bilan endi soliq.uz sayti orqali muloqot qilishingiz mumkin.

Soliq qo‘mitasi tomonidan ishga tushirilgan virtual maslahatchi – Davr-On keng jamoatchilik tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.

Mazkur virtual yordamchi ishga tushirilganligi haqida bir kunda OAV va ijtimoiy tarmoqlarda 100 dan ziyod xabarlar tarqaldi.

Birinchi kuni Davr-On bilan 20 835 dan ortiq foydalanuvchi muloqot qildi. Hozirda ularning jami soni 25 357 nafarni tashkil etmoqda.

Mutaxassislar uning imkoniyatlarini kengaytirishga va sizlarning eng ishonchli yordamchingizga aylantirishga harakat qilmoqda.

Mana shu harakatlar natijasi o‘laroq, Davr-On Soliq qo‘mitasining rasmiy sayti – soliq.uz bilan integratsiya qilindi. Endi foydalanuvchilar u bilan ushbu sayt orqali ham muloqot qilishi mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#suniy_intellekt

Sunʼiy
intellekt bazasida yaratilgan virtual yordamchi Davr-OnOpenAI kompaniyasining GPT-4o modelidan foydalanib yaratildi. U katta xajmdagi ma'lumotlarni qayta ishlashga mo'ljallangan.

Savol va javoblar doimiy tahlil qilib boriladi va xato-kamchiliklar aniqlangan taqdirda ularga tuzatishlar kiritiladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads