Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
95.9K subscribers
7.85K photos
1.88K videos
148 files
8.28K links
soliq.uz
📨https://t.iss.one/soliq_qonunchiligi_bot
Facebook: www.fb.com/Soliqpressa/
Instagram: www.instagram.com/soliqpressa/
Savollar: 24/7 rejimda 📞1198
+998712449898
Qayta aloqa: https://appeal-bot.soliq.uz/
[email protected]
Manzil: Toshkent sh, A.Qodiriy 13a
Download Telegram
#meningkonstitutsiyam #befarqemasman

Soliq qo‘mitasida Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

Bugun Soliq qo‘mitasida “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi mazmun-mohiyatiga oid tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda Soliq qo‘mitasi, hududiy soliq organlari va qo‘mita tasarrufidagi barcha tashkilotlar ishtirok etdi.

Tadbirda Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti direktori oʻrinbosari Vosit Ergashev “Yangi O‘zbekistonda Yangilanayotgan konstitutsiya” mavzusida taqdimot o‘tkazdi.

Konstitutsiyaga kiritilayotgan yangiliklar, referendumda ishtirok etish bo‘yicha batafsil tushuntirish berdi.

Joriy yil 30-aprel kuni jamiyat va davlat hayotining muhim tadbiri “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi boʻyicha referendumda ishtirok etish har bir fuqaroning konstitutsion burchi.

👉Batafsil

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter