Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.19K subscribers
8.75K photos
1.92K videos
51 files
5.75K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221-26-89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#teatr

Poytaxtlik ijodkorlar soliq xizmati xodimlari va ularning oila a’zolariga bayramona kayfiyat ulashdilar

Kecha Buxoro viloyati madaniyat boshqarmasi bilan hamkorlikda viloyat soliq xizmati organlarida faoliyat olib borayotgan xodimlar va ularning oila a’zolarining dam olish kunlarida madaniy-estetik hordiq chiqarishlari uchun Buxoro viloyati musiqali drama teatrida O‘zbek Milliy Akademik drama teatri tomonidan sahnalashtirilgan “Chiroylisan muhabbat” lirik komediya spektakli namoyish etildi.

Spektakldan oldin O‘zbekiston va Qoraqolpog‘iston xalq artisti, “El-yurt hurmati” ordeni sohibi Yodgor Sagdievning chiqishi va uning ijrosidagi qo‘shiqlari san’at ixlosmandlariga manzur bo‘ldi.

👉 BATAFSIL

Тelegram | Facebook|Instagram