Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Президент Шавкат Мирзиёев Ислом Каримов ҳайкали пойига гулчамбар қўйиб, Биринчи Президентимиз хотирасига ҳурмат кўрсатди.
Қуръон оятлари тиловат қилинди. Ислом Каримовнинг эзгу ишлари, олижаноб инсоний фазилатлари ёдга олинди.
Маросимда Президент Администрацияси, парламент палаталари ва ҳукумат аъзолари, илм-фан ва маданият намояндалари, зиёлилар, пойтахт жамоатчилиги иштирок этди.
—
Президент Шавкат Мирзиёев почтил память Ислама Каримова, возложив цветы к подножию памятника Первому Президенту в городе Ташкенте.
Прочитаны суры из священного Корана. Говорилось о благородной деятельности, высоких человеческих качествах Ислама Каримова.
В церемонии возложения цветов приняли участие представители Администрации Президента, члены парламента и правительства, деятели науки и культуры, творческая интеллигенция, общественность города.
#Mirziyoyev #marosim #BirinchiPrezident #xotira
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter

#xotira
✅ USTOZLAR YODI DOIM BARHAYOT
Ustoz hayot tushunchasi paydo bo‘lganidan buyon yashab kelayotgan siymo. Shu bois, azal-azaldan ustoz-murabbiylarga bo‘lgan hurmat-izzat o‘zgacha.
📍 Bugun mana shunday tuyg‘u bilan yashayotgan Qorako‘l akademik litseyining 2006-yilgi bitiruvchilari “9 may — Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilim dargohiga tashrif buyurib ustozlar holidan xabar oldilar.
👉 BATAFSIL O'QISH UCHUN
✍️ Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.
Тelegram | Facebook | Youtube|

#Xotira
Inson xotira bilan tirik, qadr bilan ulug‘
Xotira va qadrlash kuni oldidan marhumlarni xotirlab qo‘yish barchamiz uchun ham qarz ham farzdir.
Soliq tizimida kasbiga mehr qo‘yib, davlat koriga yaraydigan xizmatchi ekanligidan faxrlanadigan hamkasblarimiz juda ko‘p. Marhum hamkasbimiz Mushtariy Aslonova ham ana shunday mehnatsevar soliq xizmati xodimlaridan biri edi.
Kogon tuman soliq inspeksiyasida 2013-yildan 2021-yilgacha faoliyat olib borgan marhum Mushtariy Aslonovani hamkasblari doim iliq xotiralar bilan yodga olishadi. Sababi, Mushtariy Aslonova yosh bo‘lishiga qaramay o‘ziga topshirilgan vazifani astoydil bajarib ko‘pchilikka o‘rnak bo‘lib kelayotgan edi.
Tizimda yoshlarga bo‘lgan e’tibor va ishonch tufayli u ham tez fursatda soliq organlarida o‘zining iqtidorini ko‘rsata oldi. Ayniqsa, Kogon tumanida soliq to‘lovchilarga soliq ma’murchiligini to‘g‘ri tushuntirish orqali soliq tushumlarining to‘g‘ri hisoblanishi va ularning davlat byudjetiga kelib tushushida uning munosib hissasi bor edi. Ammo, taqdir ekan, Mushtariy Aslonova 2021-yil sog‘ligidagi jiddiy xavf tufayli 28 yoshda bevaqt olamdan o‘tdi.
Hamkasbimiz Mushtariy Aslonovani Xotira va qadrlash kuni oldidan eslash, uning tizimdagi fidoyi xizmatlarini e’tirof etish bizga faxr-iftixor tuyg‘usini bag‘ishlaydi. Negaki, ana shunday jassur, fidoyi va kasbini ardoqlagan sobiq hamkasbimizning yagona farzandi ham soliqchi bo‘lish orzusida ulg‘aymoqda.
Buni qarangki, bugun undan yaxshi xotiralar va uning kasbiga yoshligidan mehr qo‘ygan qizaloq qoldi.
🌐 Тelegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram

-U yoshligidan soliqchi bo‘lishni orzu qilgan edi deydi, -Mushtariy Aslonovaning onasi Marziya Sharipova. – Ana shu orzusiga yetishish uchun soliq kollejiga o‘qishga kirdi, o‘qishni bitirish arafasida soliq inspeksiyasida amaliyot o‘tadi va tirishqoqligi bois tezda ishga ham qabul qilindi. Lekin, to‘g‘risini aytaman soliq xodimlarining ishini qiyin deb o‘ylaganim bois, qizimga doim boshqa sohadan ish izlashni tavsiya qilardim. Lekin u o‘z ishini, jamoasini yaxshi ko‘rgani uchun shu sohadan boshqasini tanlamadi.
Kogon tuman soliq inspeksiyasida 2013-yildan 2021-yilgacha faoliyat olib borgan marhum Mushtariy Aslonovani hamkasblari doim iliq xotiralar bilan yodga olishadi. Sababi, Mushtariy Aslonova yosh bo‘lishiga qaramay o‘ziga topshirilgan vazifani astoydil bajarib ko‘pchilikka o‘rnak bo‘lib kelayotgan edi.
Tizimda yoshlarga bo‘lgan e’tibor va ishonch tufayli u ham tez fursatda soliq organlarida o‘zining iqtidorini ko‘rsata oldi. Ayniqsa, Kogon tumanida soliq to‘lovchilarga soliq ma’murchiligini to‘g‘ri tushuntirish orqali soliq tushumlarining to‘g‘ri hisoblanishi va ularning davlat byudjetiga kelib tushushida uning munosib hissasi bor edi. Ammo, taqdir ekan, Mushtariy Aslonova 2021-yil sog‘ligidagi jiddiy xavf tufayli 28 yoshda bevaqt olamdan o‘tdi.
Hamkasbimiz Mushtariy Aslonovani Xotira va qadrlash kuni oldidan eslash, uning tizimdagi fidoyi xizmatlarini e’tirof etish bizga faxr-iftixor tuyg‘usini bag‘ishlaydi. Negaki, ana shunday jassur, fidoyi va kasbini ardoqlagan sobiq hamkasbimizning yagona farzandi ham soliqchi bo‘lish orzusida ulg‘aymoqda.
Buni qarangki, bugun undan yaxshi xotiralar va uning kasbiga yoshligidan mehr qo‘ygan qizaloq qoldi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xotira
Yaxshi insonlar haqida xotirasi abadiydir
Otam Ilhom Axtamov Shofirkon tuman soliq inspeksiyasida 25 yildan ortiq mehnat qilib, bu yorug‘ olamni 59 yoshida tark etgan bo‘lsalar ham o‘zlaridan juda ko‘p yaxshi xotiralar va yaxshi amallar qoldirdilar deb o‘ylayman.
Shuning uchun ham u kishini hamkasblari doim xotirlab turishadi.
Otamni o‘z umrini soliq sohasi rivojiga bag‘ishlagan inson edilar desam yanglishmayman. Negaki, u kishi mustaqilligimizning dastlabki yillaridan boshlab to umrlarining oxirigacha soliq tizimida samarali mehnat qildilar.
O‘tgan yillar mobaynida oddiy inspektorlikdan tortib mas’uliyatli vazifalargacha ishlab hech qachon o‘z nomlari va kasblariga dog‘ tushirmadilar.
Bizga doim davlat xizmatchisi bo‘lish sharaf ekanligini, bunday odamlar atrofdagilarga har tomonlama o‘rnak bo‘lishi, xususan, bunday insonlar ota-onasi, oilasi va hamkasblarining sha’ni uchun halol va pok mehnat qilishi lozimligini uqtirardilar.
Tabiiyki, shogirdlari va farzandlarini ham shunga o‘rgatdilar. Shu bois otam bilan birga ishlagan hamkasblari doim u kishining yaxshi amallari, soliq sohasining rivoji yo‘lidagi fidokorona mehnatlarini esga oladilar. Bunday e’tiroflardan ruhlanib, biz farzandlar ham otamdek sharafga ega bo‘lish uchun xalq xizmatida halol mehnat qilib kelmoqdamiz.
Kamola Axtamova.
🌐 Тelegram 🌐 Facebook 🌐 Instagram
Yaxshi insonlar haqida xotirasi abadiydir
- Men soliq tizmida halol mehnat qilib o‘zidan yaxshi nom qoldirgan otam bilan faxrlanaman. - Farzand uchun bundan ortiq baxt bo‘lmasa kerak albatta. Bu tuyg‘uni ko‘proq otamni tanigan hamkasblari, soliq to‘lovchilar va mahallamiz odamlari bilan suhbatlarda tuyaman.
Otam Ilhom Axtamov Shofirkon tuman soliq inspeksiyasida 25 yildan ortiq mehnat qilib, bu yorug‘ olamni 59 yoshida tark etgan bo‘lsalar ham o‘zlaridan juda ko‘p yaxshi xotiralar va yaxshi amallar qoldirdilar deb o‘ylayman.
Shuning uchun ham u kishini hamkasblari doim xotirlab turishadi.
Otamni o‘z umrini soliq sohasi rivojiga bag‘ishlagan inson edilar desam yanglishmayman. Negaki, u kishi mustaqilligimizning dastlabki yillaridan boshlab to umrlarining oxirigacha soliq tizimida samarali mehnat qildilar.
O‘tgan yillar mobaynida oddiy inspektorlikdan tortib mas’uliyatli vazifalargacha ishlab hech qachon o‘z nomlari va kasblariga dog‘ tushirmadilar.
Bizga doim davlat xizmatchisi bo‘lish sharaf ekanligini, bunday odamlar atrofdagilarga har tomonlama o‘rnak bo‘lishi, xususan, bunday insonlar ota-onasi, oilasi va hamkasblarining sha’ni uchun halol va pok mehnat qilishi lozimligini uqtirardilar.
Tabiiyki, shogirdlari va farzandlarini ham shunga o‘rgatdilar. Shu bois otam bilan birga ishlagan hamkasblari doim u kishining yaxshi amallari, soliq sohasining rivoji yo‘lidagi fidokorona mehnatlarini esga oladilar. Bunday e’tiroflardan ruhlanib, biz farzandlar ham otamdek sharafga ega bo‘lish uchun xalq xizmatida halol mehnat qilib kelmoqdamiz.
Kamola Axtamova.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xotira
Hamkasblarimiz xotirasi barhayot
Buxoro shahrining “Imom Buxoriy” mahallasidagi 1-uyga har yili soliq xizmati xodimlari hamkasblari va ustozlari sanalgan Maxmud aka Komilovni so‘roqlab borganlarida u kishining o‘zlari peshvoz chiqardilar. Biroq ming afsuski, mana 4 yildirki u kishi oramizda yo‘q.
Maxmud Komilov boshqalardan mehnatkashligi, aqliy va tashkilotchilik qobiliyati bilan ajralib turardi. U Buxoro shahar davlat soliq inspeksiyasining navbatchilik qismi navbatchisi, huquqshunos-maslahatchisi, inspeksiya boshlig‘i o‘rinbosari va soliq tizimida sodir etilishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya xatti-harakatlar, suiiste’molchilik va korrupsiya holatlarining barvaqt oldini olishga mas’ul lavozimlarda 15 yildan ziyod samarali mehnat qildi. Maxmud aka aslida soliq organlarigacha boshqa tashkilot va tuzilmalarda faoliyat olib borgan. Hayot yo‘llarida soliq tizimida ham ishlash nasib qilgan ekan uzoq yillar viloyat soliq organlarida mehnat faoliyatini olib bordi.
Maxmud Komilov umrining asosiy qismi o‘tadigan ish joyini muqaddas deb bilib, yurt manfaatini o‘z manfaatidan ustun qo‘yadigan, davlat xizmatchisi sifatida o‘ziga yuklatilgan vazifalarni sidqidildan bajaradigan haqiqiy vatanparvar insonlardan biri edi.
Shuning uchun ham soliq xodimlarining siyosiy ongi, ma’naviy va intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularda vatanparvarlik, kasbiga nisbatan sadoqat va yuqori mas’uliyat hislarini oshirish maqsadida tashkil etiladigan turli ma’naviy-ma’rifiy ishlarning tashabbuskori ham o‘zi bo‘lardi.
Maxmud aka Komilov nafaqaga chiqqanidan keyin ham ko‘p yillar viloyat soliq boshqarmasida “Faxriylar kengashi” raisi sifatida soha xodimlari va yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda katta hissa qo‘shdilar.
U kishining kasbiga sadoqati, o‘z ustida tinimsiz ishlab soliq qonunchiligini mukammal egallagab, hamkasblar va shogirdlariga o‘rnak bo‘lganligi soliq to‘lovchilar bilan uchrashuvlarda va yoshlarga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatishda yaqqol namoyon bo‘lar edi.
Yaxshi insonlar haqida xotira uyg‘onsa go‘zaldir.
71 yoshida bu yorug‘ olamni tark etgan Mahmud akani eslaganda ham ko‘pchilik hamkasblari va oila a’zolari u kishini har bir qadamini aql bilan, vijdon va iymon bilan bosganini, jamiyatga, odamlarga hamisha mehr ko‘zi bilan qaraganini eslashadi.
Maxmud Komilov hayot yo‘lining har bir daqiqasini mazmunli va unumli o‘tgazishga harakat qilib, farzandlari va shogirdlariga halol mehnat bilan topilgan luqma totli bo‘lishini, bu bilan inson umrining oxirida ham vijdoni oldida pok va xotirjam bo‘lishini tez-tez takrorlab turardi.
Darhaqiqat, Maxmud Komilov o‘ziga berilgan umrni mazmunli o‘tab ketgani rost. U kishi yashagan umrini behuda sarflamadilar. Ana shuning uchun ham Maxmud Komilovni davralarda yaqinlari, hamkasblari va shogirdlari hurmat-izzat va yaxshi nom bilan tilga olishadi. Bugun u kishidan hayotda yaxshi ot, solih farzandlar qoldi.
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xotira
Yaxshi insonlar xotirasi abadiydir
Buxoro viloyati soliq xizmati organlarida hamkasblarni qadrlash, dunyodan o‘tganlarni xotirlab turish an’anasi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.
Ayniqsa, soliq xodimlari Xotira va qadrlash kuni oldidan o‘z kasbini ulug‘lagan ustozlari, bevaqt olamdan o‘tgan hamkasblari yodini xotirlab qo‘yishni aslo esdan chiqarishmaydi.
Viloyat soliq boshqarmasi rahbariyati tashabbusi bilan tayyorlangan ushbu videorolik ularning yorqin xotirasiga bag'ishlanadi.
Xotira – abadiy, qadr – muqaddas.

#9_may
#Xotira_va_qadrlash_kuni
Xotira – abadiy, qadr – muqaddas
Aziz Vatandoshlar, muhtaram faxriylar!
9 may – Xotira va qadrlash kuni bilan Sizlarni Buxoro viloyati soliq xizmati organlari jamoasi va o‘z nomimdan chin dildan muborakbod etaman.
Vatanimizning bugungi tinch-osoyishta hayoti uchun jasorat ko‘rsatib fido bo‘lgan yurtdoshlarimiz xotirasini yod etish, bu yo‘lda mehnat qilgan nuroniylarimizni e’zozlash, keksalarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, ularni holidan xabar olish, har tomonlama qo‘llab-quvvatlash barchamizning vazifamizdir.
Fursatdan foydalanib, urush va mehnat faxriylari hamda barcha aziz nuroniy otaxon va onaxonlarimizga sihat-salomatlik, baxt-saodat, xonadoningizga qut-baraka tilaymiz.
Dilshod Yuldashev,
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i.
Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube

👍2
#9_may
#Xotira_va_qadrlash_kuni
Bugun 9-may – Xotira va qadrlash kuni hamda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan buyuk g‘alabaning 80 yilligi munosabati bilan Buxoro shahridagi “Xotira xiyoboni”da elimizning ming-minglab fidoyi farzandlari xotirasini yod etish uchun davlat va jamoat tashkilotlari jamoalari, harbiylar, huquqni muhofaza qiluvchi idora vakillari, mehnat faxriylari, keng jamoatchilik va yoshlar ishtirokida “Motamsaro ona” haykali poyiga gulchambarlar qo‘ydilar.
Ushbu tadbirda Buxoro viloyati soliq xizmati xodimlari ham faol ishtirok etdilar.
“Motamsaro ona” haykali poyiga gulchanbarlar qo‘yib, shunday ozod va obod kunlar uchun kurashgan, jonini fido qilgan ajdodlarimizga hurmat bajo qildilar.

👍7👏1