Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.19K subscribers
8.76K photos
1.93K videos
51 files
5.77K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221-26-89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#Soliqchi_ko'makchi

Buxoroda tadbirkorlik subyektlariga “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida ko‘maklashilmoqda

Bugungi kunda Buxoroda tadbirkorlik subyektlariga Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida ko‘rsatilayotgan amaliy ko‘maklar natijasida ularning safi tobora ortib bormoqda. Bu esa o‘z navbatida hududda qo‘shimcha yangi ish o‘rinlari yaratilishiga hamda byudjetga qo‘shimcha mablag‘larning kelib tushishiga xizmat qilayapti.

Birgina misol, Buxoro shahrida yaqin orada yirik savdo va xizmat ko‘rsatish majmuasi yana bittaga ko‘payadi. Aytib o‘tish kerak, “Shopping Karvon Center Home Market” MCHJ negizida yirik savdo va xizmat ko‘rsatish majmuasi ishga tushgach, bu yerda 6 mingga yaqin qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratiladi. Natijada byudjetga yillik 5 miliardga yaqin tushum kelib tushishi ta’minlanadi.

Shuningdek, savdo va xizmat ko‘rsatish majmuasida 1500 mingdan ortiq kam daromadli oilalarga qo‘shimcha daromad manbalari yaratiladi.

Ta’kidlash lozim, mazkur korxona va Buxoro shahar davlat soliq inspeksiyasi o‘rtasida mustahkam aloqa o‘rnatilgan. Xususan, korxonaga biriktirilgan davlat soliq xizmati organlari mas’ul xodimlari ularga soliq ma’murchiligi yo‘nalishlarida yaqindan ko‘mak berib kelmoqdalar. Yaqinda davlat soliq xizmati organlari xodimlarining ko‘magi bilan korxonaga 2022-yilda xarid qilgan tovarlar bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘ining hisobga olingan 6 milliard so‘mga yaqin qismi qaytarib berildi.

Raqamlarga tayanib aytadigan bo‘lsak, Buxoro shahrida joriy yilning o‘tgan davri mobaynida jami 4 153 ta korxonaning muammolari o‘rganildi. Shundan 4072 ta korxona ko‘maklashish zarur bo‘lganlar toifasiga kiritildi. 1010 ta korxonaga dastlabki buxgalteriyasini yuritishga ko‘maklashildi.

Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook
#Soliqchi_ko‘makchi

#Vobkent_tumani

📌Vobkent tumani soliq inspeksiyasi xodimlari hududdagi tadbirkorlik sub’ektlariga borib, “Soliqchi-tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili asosida ularning barqaror faoliyat yuritishlari uchun kerakli maslahatlar bermoqdalar.

🔸Xususan, uchrashuvlarda tadbirkorlarga soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlar va yengilliklar yetkazilgan holda hujjatsiz faoliyat yuritayotgan fuqarolarning faoliyatini qonuniylashtirish hamda faoliyatini to‘xtatgan tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatini tiklash choralari ko‘rilmoqda.

✍️Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

💬Тelegram | 🌐 Facebook
#Soliqchi_ko‘makchi
#Qorovulbozor_tumani

📌Qorovulbozor tumani soliq inspeksiyasi xodimlari Soliqchi-tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili asosida hududdagi tadbirkorlarning barqaror faoliyat yuritishlari uchun ularga soliq yangiliklarini tezkorlik bilan etkazib kelmoqdalar.

🔸Xususan, bugungi uchrashuvlarda ham tadbirkorlarga soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlar va yengilliklar yetkazilgan holda hujjatsiz faoliyat yuritayotgan fuqarolarning faoliyatini qonuniylashtirish shuningdek, faoliyatini to‘xtatgan tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tiklash choralari ko‘rildi.

✍️Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

💬Тelegram | 🌐 Facebook