Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.09K subscribers
7.69K photos
1.62K videos
44 files
4.85K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#soliqchi_kömakchi

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi mas’ullari bugun Kogon shahar va Qorovulbozor tumanida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazdilar.

Uchrashuvlarda soliq xizmati xodimlari
ushbu hududlardagi tadbirkorlarning soliq ma’murchiligi bilan bog’liq muammolarini o‘rganib, ularni joyida bartaraf etishga hamda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar, shuningdek korxona ishchilarining mol-mulk va yer soliqlaridan qarzdorliklarini o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishini ta’minlashga e’tibor qaratdilar.

Jumladan, mas’ullar Kogon shahridagi “Optima plast invest” MChJ, “Kogon-Rossiya Petrol” MChJ hamda Qorovulbozor tumanidagi “Buxara real moto” MChJ korxonalarining ishlab chiqarish faoliyati bilan tanishib, tarmoqlarning o‘ziga xos jihatlari, sohadagi mavjud muammolar va ularning yechimi yuzasidan fikr almashdilar.

Uchrashuvlarda tadbirkorlarga qo‘shimcha uskunalarni ishga tushirish orqali ishchi o‘rinlarini oshirish, past quvvatda ishlayotgan tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini to‘la quvvatga chiqarish masalalari yuzasidan zarur maslahatlar berildi.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram
#soliqchi_kömakchi

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi mas’ullarining joylarda tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlari davom etmoqda.

Kecha ana shunday uchrashuvlar viloyatimizning Buxoro, Vobkent, G’ijduvon va Shofirkon tumanlarida tashkil etildi.

📌Mas’ullar tadbirkorlik sub’ektlarning yuridik manziliga borgan holda rahbar va hisobchilar bilan uchrashib, ularga soliq ma’murchiligi yuzasidan tushuntirishlar berish bilan birga, hisobot taqdim qilish muddatlari va ularning majburiyatlari bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib bordilar.

🔹Xususan, ushbu hududdagi tadbirkorlik sub’ektlarining muammolari o‘rganilib, ularga soliqchilar tomonidan amaliy yordam berilyapti.

🔹Uchrashuvlarda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar, shuningdek korxona ishchi xodimlarining mol-mulk va yer soliqlaridan qarzdorliklarini o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlashga yuzasidan ham targ‘ibot ishlari olib borildi.

✍️Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram
#soliqchi_kömakchi

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi ishchi guruhining joylarda tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlari davom etmoqda.

Ishchi guruhining bu galgi manzili viloyatimizning chekka hududlari hisoblangan Olot va Qorako‘l tumanlari bo‘ldi.

Uchrashuvlarda hududlarda faoliyat olib borayotgan turli yo‘nalishdagi tadbirkorlik subyektlari vakillarining muammolarini o‘rganish va ularni tezkorlik bilan hal etish choralari ko‘rilmoqda.

Jumladan, ana shunday uchrashuvlar Olot tumanidagi “Mergan Teks” korxonasi hamda Qorako‘l tumanidagi “Gullar chehrasi” xususiy klinikasida ham tashkillashtirildi. Unda mas’ullar tadbirkorlarning faoliyati bilan yaqindan tanishib, soliq ma’murchiligi yuzasidan ularga zarur maslahatlar berib o‘tdilar.


Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram
#soliqchi_kömakchi

Yakka tartibdagi tadbirkor kimlar va
ular qanday tartibda soliq to‘laydilar?

Belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan va yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradigan jismoniy shaxs yakka tartibdagi tadbirkor hisoblanadi.

YaTTlar faqat hukumat qarori bilan tasdiqlangan faoliyat turi bilan shug‘ullanishlari mumkin.
👉VMQ-6-son 07.01.2011

Yakka tartibdagi tadbirkor O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda 5 nafargacha xodimlarni yollashga haqli.
👉VMQ-707-son 22.11.2021

100 mln so‘mdan kam daromadga ega bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkor qat’iy belgilangan soliq to‘lashni tanlashi mumkin.

Buxoro viloyati misolida:

🔹Oziq-ovqat tovarlari va nooziq-ovqat tovarlari bilan savdosi bilan shug‘ullanayotgan YaTT lar Buxoro shahrida - 660 000 so‘m, boshqa shaharlarda - 330 000 so‘m hamda boshqa aholi punktlarida - 220 000 so‘m;

🔹Boshqa barcha faoliyat turlari shug‘ullanuvchi YaTTlar - Buxoro shahrida - 165 000 so‘m, boshqa shaharlarda - 110 000 so‘m hamda boshqa aholi punktlarida - 55 000 so‘m qat’iy belgilangan miqdorlarda soliq to‘laydilar.

Shuningdek,

Daromadi 100 mln. so‘mdan oshgan biroq 1 mlrd. so‘mdan oshmaydigan
yakka tartibdagi tadbirkorlar aylanmadan olinadigan soliqni (avvalgi yagona soliq to‘lovi) to‘lashga o‘tkaziladi.

Daromadi 1 mlrd. so‘mdan oshgan yakka tartibdagi tadbirkorlar qo‘shilgan qiymat solig‘i va foyda solig‘ini yuridik shaxslar uchun belgilangan tartibda to‘lashga o‘tadi.

✔️Eslatib o‘tamiz, fuqarolar istalgan davlat xizmatlari markazlari yoki onlayn tartibda fo.birdarcha.uz sayti orqali yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tishlari mumkin.

Тelegram | Facebook|Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Soliqchi_kömakchi

Buxorodagi har bir mahallada soliq xizmati xodimlarining kömagi bilan tadbirkorlik uchun qulay muhit yaratilmoqda.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram