#ochiq_eshiklar_kuni
BuxDU talabalari viloyat soliq boshqarmasi mehmoni bo‘lishdi
Bugun Buxoro viloyati soliq boshqarmasida "O‘zbekiston – yoshlar mamlakati" shiori ostida "Ochiq eshiklar" kuni bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Buxoro Davlat universitetining "Iqtisodiyot va turizm" fakulteti talabalari mehmon bo‘ldilar.
"Ochiq eshiklar" kuni dasturi doirasida mehmonlar bilan “Referendum va yoshlar” mavzusida davra suhbati ham tashkil etildi.
Unda ishtirok etgan senator Abera Huseynova hamda Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati Madina Baratovalar yig‘ilganlarga mamlakatimizdagi muhim siyosiy voqelik – referendumning ahamiyati, yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning mazmun-mohiyatini yoshlarga batafsil tushuntirib berdilar.
Davra suhbatida talabalar ham yangi tahrirdagi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bo‘yicha o‘z fikrlarini, amalga oshirilayotgan islohotlar, yangi o‘zgarishlarga munosabatlarini bildirdilar.
Jarayon davomida talabalar soliq xizmati organlari xodimlarining “Soliqchi tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili asosidagi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, tadbir qatnashchilari davlat soliq tizimi xodimlari uchun yaratilgan sharoitlar, xodimlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar hamda ularga yuklatilgan vazifalar haqida ham ma’lumotga ega bo‘lishdi.
Tadbir qatnashchilariga soliq xizmati organlarida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, korrupsiyaviy holatlarning oldini olish va bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.
Viloyat soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.
Тelegram | Facebook|Instagram

#Ochiq_eshiklar_kuni
Buxoro viloyati Soliq boshqarmasida "Ochiq eshiklar" kuni bo‘lib o‘tdi
Buxoro viloyati soliq boshqarmasida soliq organlarida e’lon qilingan “Huquqiy bilimlar oyligi” doirasida huquqshunos olimlar, huquqni muhofoaza qiluvchi organlar vakillari, professor-o‘qituvchilar va soha mutaxassislari ishtirokida uchrashuvlar va davra suhbatlari o‘tkazib kelinmoqda.
Bugun ushbu oylik doirasida boshqarmada “Ochiq eshiklar kuni” e’lon qilinib, dastlab viloyat ichki ishlar boshqarmasi mas’ullari ishtirokida bugungi kunda butun dunyoda kuchayib borayotgan xavf-xatar va tahdidlar, xususan, korrupsiyaga va terrorizmga qarshi kurash hamda kiberxavfsizlik masalalari yuzasidan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Tadbirning ikkinchi qismida Buxoro davlat universiteti iqtisodiyot yo‘nalishi bitiruvchilari hamda professor o‘qituvchilari viloyat soliq boshqarmasida "Ochiq eshiklar kuni"da ishtirok etishdi.
👉 BATAFSIL

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_eshiklar_kuni
Buxoro viloyati Soliq boshqarmasida Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi tomonidan "Ochiq eshiklar" kuni bo‘lib o‘tdi
Unda Buxoro davlat universiteti iqtisodiyot yo‘nalishi bitiruvchilari hamda professor o‘qituvchilari soliq xizmati organlari xodimlarining ish jarayonlari va sohaning o‘ziga xos jihatlari, ayniqsa, soliq xizmati organlari xodimlarining “korxonabay” va “mahallabay” ishlash jarayonlari bilan yaqindan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.
Tadbir doirasida soliq xizmati organlariga ishga kirish niyatidagi qatnashchilarga ishga kirish tartibi va nomzodlarga qo‘yilgan talablar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.