Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.19K subscribers
8.75K photos
1.92K videos
51 files
5.76K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221-26-89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#Navroz

Navro‘zi olam muborak bo‘lsin!

Assalomu alaykum, hurmatli yurtdoshlar, davlat soliq xizmati organlari xodimlari orziqib va sog‘inib kutganimiz yangilanish va yasharish ayyomi – Navro‘zi olam muborak bo‘lsin!

Navro‘z – sharqona Yangi yil
milliy o‘zligimiz ko‘zgusi, maʼnaviy va madaniy hayotimizning ajralmas qismidir.

Ushbu ayyomda nuroniy otaxon va onaxonlarimizga, aka-uka, opa-singillarimizga, navqiron yoshlarimizga yuksak hurmat-ehtiromim va eng ezgu tilaklarimni izhor etaman.

Go‘zal va jonajon yurtimizning har yerida dalalar va xiyobonlarda, qishloq va ovullarda, mahalla va ko‘chalarda Navro‘zning dilbar taronalari yangramoqda.

Yurtdoshlarimiz bahor neʼmati va bayram quvonchini o‘zaro baham ko‘rmoqda.

Vatanimiz uzra ko‘klam nafasi kezayotgan mana shunday tarovatli kunlar shukuhi yil davomida hech birimizni tark etmasin.

Shunday betakror damlarda barchamiz tinch va osoyishta hayot hamda xotirjamlik qadrini yanada teranroq his etmoqdamiz.

Bugungi murodbaxsh va fayzli kunlarda azmu shijoatli bobodehqonlarimiz ulkan niyat va rejalar bilan qadrdon dalasi sari yo‘l olmoqda. Yangi mehnat mavsumida dalalarda hosillar mo‘l va barakali, rizqu nasibamiz yanada ziyoda bo‘lsin.

Navro‘zi olamning mazmun-mohiyatida insonni ulug‘lash, uning qadri, izzat-hurmatini joyiga qo‘yish kabi ezgu fazilatlar mujassamdir.

Soliq xizmati organlari ham “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da raqamli transformatsiya islohotlarini davom ettirgan holda tadbirkorlarning yaqin ko‘makchisi va ishonchli hamkori sifatidagi ishlarini yanada jadal davom ettiradi.

Qadimiy va go‘zal bayramimiz – Navro‘zi olam bilan barchangizni yana bir bor chin dildan tabriklayman.

Sharqona Yangi yilimiz har bir xonadonga, jonajon O‘zbekistonimizga tinchlik-xotirjamlik, sog‘lik-omonlik, baxtu saodat hamda fayzu baraka olib kelsin!

Sherzod Kudbiyev,
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Raisi

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#Navroz

Navro‘zi olam muborak!

Hurmatli yurtdoshlar, Soliq xizmati organlari xodimlari yangilanish va yasharish ayyomi – Navro‘zi olam muborak bo‘lsin!

Milliy o‘zligimiz ko‘zgusi bo‘lgan ushbu ayyom
go‘zal va jonajon yurtimizning har yerida dalalar va xiyobonlarda, qishloq va ovullarda, mahalla va ko‘chalarda keng nishonlanmoqda.

Barcha yurtdoshlarimiz, nuroniy otaxon va onaxonlarimiz, navqiron yoshlarimiz bahor neʼmati va bayram quvonchini o‘zaro baham ko‘rmoqda.

Vatanimiz uzra ko‘klam nafasi kezayotgan mana shunday tarovatli kunlar shukuhi yil davomida hech birimizni tark etmasin.

Bugungi murodbaxsh va fayzli kunlarda
fidoyi dehqon va fermerlarimiz katta orzu-umid bilan yangi mavsumni boshlamoqdalar. Yangi mehnat mavsumida dalalarda hosillar mo‘l va barakali, rizqu nasibamiz yanada ziyoda bo‘lsin.

Ushbu bahor ayyomi – sharqona Yangi
yil har bir oilaga tinchlik-xotirjamlik, bitmas-tuganmas kuch-quvvat va farovonlik olib kelsin. Xalqimizga esa qut-baraka, tinchlik va birdamlik olib kelsin!

Navro‘z yurtimizga tinchlik-omonlik, baxtu saodat, qut-baraka olib kelsin! Osmonimiz musaffo, yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo‘lsin!

Soliq qo‘mitasi Axborot xizmati

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#Navroz

Navro‘zi olam muborak bo‘lsin!


Vatanimiz ravnaqi yo‘lida munosib xizmat qilayotgan barcha yurtdoshlarimiz, nuroniy otaxon va onaxonlarimiz hamda Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari bo‘lgan navqiron yoshlarimizni Buxoro viloyati soliq boshqarmasi jamoasi nomidan milliy o‘zligimiz ko‘zgusi bo‘lgan - Navro‘zi olam bilan muborak etaman.

Fursatdan foydalanib, barcha fermer va dehqonlarimizning ham ishlariga qut-baraka hamda ishbilarmon va tadbirkorlarimizning faoliyatlariga ulkan muvaffaqiyatlar tilab qolaman.

Tabiat uyg‘onishi ramzi bo‘lmish ushbu bahoriy ayyom yurtimizga tinchlik-omonlik hamda har bir oilaga bitmas-tuganmas kuch-quvvat va farovonlik olib kelsin.

Navro‘zi olam barchamizga muborak bo‘lsin!


Hurmat bilan,

Dilshod Yuldashev,
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i.


Тelegram | Facebook|Instagram|Youtube
👍2