Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.19K subscribers
8.76K photos
1.93K videos
51 files
5.77K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221-26-89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#JShShIR

JShShIR aniqlash va daromad solig‘i hisobotlarida to‘g‘ri ko‘rsatish tartibi

2021-yil 1-iyuldan
soliq organlarida soliq to‘lovchilarning hisobini yuritish jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR-ПИНФЛ)dan foydalangan holda amalga oshirilmoqda. JShShIR barcha davlat, bank, ijtimoiy va boshqa xizmatlarni ko‘rsatishda fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi yagona identifikator hisoblanadi.
(PF-6191-son)

Hozirda mazkur norma asosida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i hisobotlari JShShIR asosida taqdim etilmoqda. Bunda ayrim soliq to‘lovchilar hisobotlarida xatoliklarga yo‘l qo‘yish holatlari uchramoqda. Bu jismoniy shaxslar haqidagi maʼlumotlarning noto‘g‘ri shakllanishiga olib keladi.

Soliq to‘lovchilar haqidagi maʼlumotlarning to‘g‘ri yuritilishini ta’minlash va yuqoridagi kabi holatlarni oldini olish maqsadida davlat soliq xizmati organlari mutaxassislari maxsus qo‘llanma tayyorladi.

👉🏻 Qo‘llanma

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#JShShIR

Diqqat❗️Sentabr oyi uchun Jismoniy shaxslarning daromad solig‘i hisobotini topshirish muddati 5 kunga uzaytirildi

Jismoniy shaxslarning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR) barcha davlat, bank, ijtimoiy va boshqa xizmatlarni ko‘rsatishda fuqaroning shaxsini tasdiqlovchi yagona identifikator hisoblanadi. (PF-6191-son 23.03.2021)

Ushbu meʼyorga muvofiq 2021-yilning 4-oktabr kuni barcha soliq to‘lovchilarga joriy yil sentabr oyi jismoniy shaxslarning daromad solig‘i hisoboti reyestrida (5- va 6-ilova) xodimlar JShShIRlari to‘g‘ri ko‘rsatilishi lozimligi to‘g‘risida xabarnomalar yuborildi.

Ishchilar soni ko‘p bo‘lgan soliq to‘lovchilar tomonidan xodimlarining JSHSHIRini aniqlash uchun qo‘shimcha vaqt talab qilinayotganligi sababli 2021-yil sentabr oyi uchun jismoniy shaxslarning daromad solig‘i hisobotini taqdim qilish muddati 5 kunga uzaytirildi va 2021-yil 20-oktabr etib belgilandi.
_____________________
#ПИНФЛ

Внимание❗️Срок сдачи отчетности по налогу на доходы физических лиц за сентябрь продлевается на 5 дней

Персональный идентификационный номер физического лица (ПИНФЛ) является единым идентификатором, удостоверяющим личность гражданина при оказании всех государственных, банковских, социальных и иных услуг (№УП-6191 от 23.03.2021).

В соответствии с этим 4 октября 2021 года всем налогоплательщикам были направлены уведомления о необходимости корректного отображения ПИНФЛ сотрудников в реестре отчетности по налогу на доходы физических лиц (Приложения 5 и 6).

В связи с тем, что налогоплательщикам с большим количеством работников требуется дополнительное время для уточнения ПИНФЛ сотрудников, срок сдачи отчетности по налогу на доходы физических лиц за сентябрь 2021 года продлён на 5 дней до 20 октября 2021 года.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#JShShIR

2022-yil 1-iyuldan soliq organlarida soliq to‘lovchilarning hisobini yuritish jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR)dan foydalangan holda amalga oshirilmoqda.
👉PQ-6191 5-bandi 23.03.2021-yil

Xususan, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i bo'yicha hisobotda xodimlarning JShShIR ko'rsatilishi kerak. Bu orqali jismoniy shaxslarning hisoblangan ish haqi toʻgʻrisidagi ma’lumotlar shakllantiriladi.

Biroq, ish beruvchilar tomonidan yuborilayotgan hisobotlarda koʻrsatilayotgan JShShIR fuqarolarning amaldagi pasport yoki ID-kartadagi JShShIR bilan farq qilayotgan yoki boshqa shaxsning JShShIRni koʻrsatish holatlari aniqlanmoqda.

Hisobotlarda JShShIRni notoʻgʻri koʻrsatish voyaga yetmagan bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa puli, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam, pensiya tayinlashda, shuningdek xodimlarning ish stajini shakllantirishda muammolarni keltirib chiqaradi.

Shu munosabat bilan, ish beruvchilardan o‘z xodimlarning ish haqi bo‘yicha soliq hisobotlarini taqdim etishda ularning ko‘rsatilgan JShIShIRlari amaldagi pasportlari yoki ID-kartalaridagi JShShIRga mos kelishiga ishonch hosil qilishlarini so‘raymiz.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram