Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.19K subscribers
8.77K photos
1.93K videos
51 files
5.78K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221-26-89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_munosabat

Davlat soliq xizmati organlari Qashqadaryo viloyatida joylashgan maktablardan birida bo‘lgan holatni noo‘rin xatti-harakat deb hisoblaydi va keskin qoralaydi.

Kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan xodimlarga nisbatan xizmat tekshiruvi tayinlandi.
____________
#официальная_информация

Органы государственной налоговой службы считают недопустимой и резко осуждают ситуацию, сложившуюся в одной из школ Кашкадарьинской области.

По данному факту назначена служебная проверка.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda to'lov topshiriqnomalarini yuborishda muammolar yuzaga kelayotganligi  haqida xabarlar tarqaldi.

Shu munosabat bilan quyidagilar ma'lum qilinadi.

Joriy yilning sentabr oyida ayrim tijorat banklari yangi axborot tizimidan foydalanishga o'tgan va bu haqda Soliq qo'mitasini xabardor qilmagan.

Bank dasturchilari yangi tizimga o'zgartirishlar kiritayotgani sababli, ba'zi to'lov topshiriqnomalari bajarilmagan.

Masalan, shu oy boshidan Tenge bank 2 439 ta topshiriqnomadan 413 tasini va Kapitalbank 4 287 ta topshiriqnomadan 740 tasini bajarmasdan qaytargan.

Soliq qo‘mitasi huzuridagi Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasi tomonidan majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarmayotgan har ikkala bank kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish va buning uchun Soliq kodeksida belgilangan javobgarlik choralari to‘g‘risida rasman ogohlantirildi.
___________
#официальная_информация

В соцсетях появились сообщения о проблемах при отправке платежных поручений.

В связи с этим сообщаем следующее.

С сентября этого года некоторые коммерческие банки перешли на новые информационные системы и не уведомили об этом Налоговый комитет.

Из-за того, что разработчиками вносятся изменения в используемые банками системы, некоторые платежные поручения возвращаются без исполнения.

К примеру, с начала этого месяца 413 из 2 439 поручений в Tenge bank и 740 из 4 287 поручений в Kapitalbank вернули без исполнения.

Межрегиональная налоговая инспекция по крупным налогоплательщикам при Налоговом комитете направила банкам, не исполняющим свои обязательства в установленный срок, официальные предупреждения о незамедлительном устранении имеющихся недостатков и мерах ответственности, предусмотренных Налоговым кодексом.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda davlat soliq xizmati belgisi bilan reklamalar tarqalmoqda, bunda foydalanuvchilarga to‘langan soliq va jarimalarning 80 foizini "Soliq ilovasi" orqali qaytarish mumkinligi ko‘rsatilgan.

Soliq qo‘mitasi bu feyk maʼlumotligi haqida rasmiy xabar beradi.

Xarid uchun keshbek, soliq huquqbuzarliklari haqida xabar berganlik uchun mukofot, soliqlar bo‘yicha ortiqcha to‘lovlarni qaytarish va boshqa soliq xizmatlari Soliq mobil ilovasi orqali Face IDdan o'tib amalga oshiriladi. Ilovani faqat quyidagi platformalardan yuklab olish va yangilab borish mumkin:
📱 Play Market
📱 App Store

Fuqarolarni ehtiyotkor bo‘lish va firibgarlarga aldanib qolmasliklari uchun ogohlikka chaqiramiz❗️
__________
#официальная_информация

В социальных сетях распространяются рекламные сообщения с упоминанием государственной налоговой службы, где пользователям обещают возврат 80% от сумм уплаченных налогов и штрафов через приложение Soliq.

Налоговый комитет официально сообщает, что это фейковая информация.

Кешбэк за покупки, получение вознаграждения за сообщения о налоговых правонарушениях, возврат переплат по налогам и другие налоговые услуги доступны через мобильное приложение Soliq путем прохождения Face ID. Скачать его можно только на следующих платформах:
📱 Play Market
📱 App Store

Призываем граждан быть бдительными и не поддаваться на уловки злоумышленников❗️

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_axborot

Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi hamda Soliq qoʻmitasining TEMU elektron savdo platformasi faoliyatini cheklash toʻgʻrisidagi AXBOROT XABARI

Hurmatli yurtdoshlar!

Elektron tijorat operatorlari, xususan, elektron savdo platformalari operatorlari sifatida faqat yuridik shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari faoliyat yuritishi mumkinligi belgilangan.
👉VMQ-885-son, 26.12.2024-yil

Mamlakatimiz fuqarolariga xizmat koʻrsatuvchi xorijiy elektron savdo platformalari faoliyatini oʻrganish jarayonida ayrim elektron savdo platformalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining elektron tijorat, chakana savdo, reklama, shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish, mualliflik huquqi va turdosh huquqlar sohasidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etmayotganligi aniqlandi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga muvofiq, 2025-yil 20-martdan boshlab xorijiy elektron savdo platformalaridan, xususan, “TEMU” platformasidan foydalanish belgilangan tartibda cheklanadi.

Tushunmovchiliklarni oldini olish maqsadida, yurtdoshlarimizdan bugungi kundan boshlab “TEMU” platformasida buyurtma bermasliklarini soʻraymiz.

❗️Bunda, agar buyurtma bundan oldin amalga oshirilgan boʻlsa, platformada toʻlovni qaytarishni tashkil etish tavsiya etiladi.

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi va Soliq qoʻmitasi yurtdoshlarimizni Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻz faoliyatini mahalliylashtirmagan yoki mamlakatimizda Soliq qoʻmitasining elektron xizmatlar koʻrsatuvchi xorijiy kompaniyalar va marketpleyslar roʻyxatiga kirmagan xorijiy elektron savdo platformalari xizmatlaridan foydalanmaslikka, ehtiyot choralarini koʻrishga, shaxsiy va boshqa maʼlumotlarni bunday subyektlarga bermaslikka chaqiradi.
___________
#официальная_информация

Информационное сообщение Национального агентства перспективных проектов и Налогового комитета Республики Узбекистан об ограничении деятельности электронной торговой платформы TEMU


Уважаемые сограждане!

В качестве операторов электронной коммерции, в частности операторов электронных торговых платформ, могут осуществлять деятельность только юридические лица – резиденты Республики Узбекистан.
👉п.2 ПКМ №885 от 26.12.2024 г.

В процессе изучения деятельности зарубежных электронных торговых платформ, обслуживающих граждан нашей страны, установлено, что со стороны отдельных электронных торговых платформ не соблюдаются требования законодательства РУз в сфере электронной коммерции, розничной торговли, рекламы, защиты персональных данных, прав потребителей, авторских и смежных прав.

В связи с вышеизложенным, в соответствии с требованиями законодательства РУз, использование иностранных платформ электронной торговли, в частности платформы TEMU, будет ограничено начиная с 20 марта 2025 года в установленном порядке.

Во избежание недоразумений просим наших граждан начиная с сегодняшнего дня не осуществлять заказы на платформе TEMU.

❗️В случае наличия уже оформленных заказов целесообразно оформить возврат денежных средств на платформе.

Национальное агентство перспективных проектов и Налоговый комитет призывают граждан не пользоваться услугами иностранных электронных торговых платформ, которые не локализовали свою деятельность на территории РУз или не зарегистрированы в Перечне иностранных компаний, оказывающих электронные услуги на территории нашей страны, и Реестре маркетплейсов, принимать меры предосторожности и не передавать свои персональные и другие данные таким субъектам.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#rasmiy_axborot

Wildberries tekshiruv natijalariga ko‘ra 50 mlrd so‘mdan ortiq soliq to‘ladi

Soliq qo‘mitasi tomonidan elektron tijorat faoliyatini amalga oshirayotgan subyektlar faoliyatini legallashtirish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda.

Xususan, WILDBERRIES (“RVB” MChJ Rossiya Federatsiyasi rezidenti) marketpleysining O‘zbekiston Respublikasidagi faoliyati soliq qonunchiligidagi ayrim talablariga mos kelmasligi aniqlandi.

WILDBERRIES O‘zbekistonda “WB INT EXPORT” MChJ shaklida yuridik shaxs tashkil etib faoliyatini amalga oshirib kelmoqda.

Tashkilotda soliq auditi o‘tkazilib, 2022–2024-yillar uchun budjetga qo‘shimcha hisoblangan 51,2 mlrd so‘m (shundan, 42,8 mlrd so‘m QQS) soliq to‘lovlari to‘landi.

Soliq qo‘mitasi barcha soliq to‘lovchilarga yagona va obyektiv yondashuvni qo'llab-quvvatlab, soliq majburiyatlarini bajarish uchun teng sharoitlarni yaratishga amal qiladi.

Faoliyatni O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga to‘liq rioya qilgan holda amalga oshirish soliq organlari bilan o‘zaro ochiq munosabatlarni ta’minlaydi hamda e'tirozlar bildirish uchun asoslarni istisno qiladi.
_____
#официальная_информация

Wildberries доплатил более 50 млрд сумов налогов по результатам проверки

Налоговый комитет продолжает системную работу по легализации деятельности субъектов, осуществляющих электронную коммерцию.

В частности, было установлено, что деятельность маркетплейса WILDBERRIES (ООО «РВБ», резидент Российской Федерации) в Узбекистане не полностью соответствует некоторым требованиям налогового законодательства.

WILDBERRIES осуществляет свою деятельность в Узбекистане через юридическое лицо в форме ООО «WB INT EXPORT».

В организации был проведен налоговый аудит, по результатам которого за 2022–2024 годы в бюджет были уплачены дополнительные налоговые платежи в размере 51,2 млрд сумов (из них 42,8 млрд сумов НДС).

Налоговый комитет придерживается единого и объективного подхода ко всем налогоплательщикам, обеспечивая равные условия для исполнения налоговых обязательств.

Осуществление деятельности в полном соответствии с требованиями законодательства Республики Узбекистан способствует прозрачным взаимоотношениям с налоговыми органами, исключая основания для предъявления претензий.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#rasmiy_munosabat

Fuqarolarning elektron pochtalariga soliq qarzi mavjudligi va uni to'lash zarurligi haqida xabarnomalar kelib tushganligi ma'lum bo‘ldi.

❗️Soliq qo‘mitasi nomidan yuborilgan ushbu xatlar firibgarlikning bir ko‘rinishi ekanligi va soliq xizmatiga hech qanday aloqasi yo'qligini ma'lum qilamiz.

Soliq organlari soliq to'lovchilarga elektron hujjatlarni faqat my.soliq.uz va my3.soliq.uz portalidagi shaxsiy kabinet orqali yuboradi.


Hisoblangan soliqlar va qarzdorlik haqidagi barcha ma'lumotlar real vaqt rejimida shaxsiy kabinetda va Soliq mobil ilovasida mavjud.

Agar savollar yuzaga kelsa, soliq to'lovchilar o'zlariga biriktirilgan soliq inspektoriga murojaat qilishlari mumkin. Uning aloqa ma'lumotlari shaxsiy kabinetida ko'rsatilgan.

Tasdiqlanmagan ma'lumotlar, shubhali havolalar, yuklamalar va ilova fayllaridan saqlaning!
___________
#официальная_информация

Стало известно, что на электронную почту граждан поступают уведомления о наличии налоговой задолженности с требованием ее погашения.

❗️Сообщаем, что такие письма якобы от имени Налогового комитета являются одной из форм мошенничества и не имеют отношения к налоговой службе.

Налоговые органы направляют налогоплательщикам электронные документы только через персональный кабинет на порталах my.soliq.uz и my3.soliq.uz.


Вся актуальная информация о начисленных налогах и задолженности в режиме реального времени доступна в персональном кабинете и мобильном приложении Soliq.

По возникающим вопросам налогоплательщики могут обращаться к закрепленному за ними налоговому инспектору, контактные данные которого также представлены в персональном кабинете.

Будьте бдительны! Остерегайтесь непроверенной информации, подозрительных ссылок, загрузок и вложенных файлов!

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
👍1