Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.53K photos
1.6K videos
41 files
4.75K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#antikorrupsiya

Shofirkon tumanida korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida profilaktik tadbir o‘tkazildi

Buxoro viloyati soliq xizmati organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish maqsadida huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari hamda boshqarmaning Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi mas’ullari tomonidan profilaktik tadbirlar davom etmoqda.

Korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan tadbirlarning navbatdagisi Shofirkon tumani soliq inspeksiyasi xodimlari o‘rtasida tashkil etildi.

👉 Batafsil


🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Pudrat tashkilotlarining soliq hisobotlaridagi ishchi xodimlar haqidagi maʼlumotlari “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida aks etadi


“Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha davlat dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish jarayonlarini samarali tashkil etishning qoʻshimcha choralari toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori qabul qilindi.
👉 PQ-165-son, 29.04.2024-y.

Qarorga koʻra, pudrat tashkilotlari tomonidan bajarilgan ish turlari, hajmlari va qiymatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni soliq organlariga taqdim etilgan elektron hisobvaraq-fakturalar asosida shakllantirgan holda “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimiga yuborish tartibi belgilanmoqda.

Shuningdek, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining axborot tizimlariga vazirlik va idoralarning o‘zaro integratsiya qilingan axborot tizimlari orqali taqdim etiladigan qo‘shimcha ma’lumotlar roʻyxati ham tasdiqlandi. Unga ko‘ra, Soliq qoʻmitasi quyidagi maʼlumotlarni taqdim etadi.

🔹 “Qurilish resurslari milliy klassifikatori” elektron platformasiga:
▫️Mahsulotlarning yagona elektron milliy katalogidagi qurilish resurslariga oid (mahsulot nomi oʻlchov birligi, narxi) maʼlumotlar.
🔹 “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimiga:
▫️Budjet tizimi budjetlari hisobidan moliyalashtiriladigan dasturlar doirasida bajarilgan qurilish-montaj ishlarini tasdiqlovchi EHFlar va ularga ilovalar;
▫️Loyiha va pudrat tashkilotlarining JSHODS hisobotlaridagi ishchi xodimlar haqidagi maʼlumotlari.

Ushbu roʻyxatda keltirilgan maʼlumotlar begʻaraz (bepul) taqdim etiladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#soliqchi_komakchi

QQS to‘lovchiga xizmat ko‘rsatish sifatini boshqarish va baholashning ilg‘or mexanizmlari

QQS to'lovchi har bir korxonaga soliq inspektori biriktirildi. Soliq to'lovchiga shaxsiy kabinetida o‘zining inspektori haqidagi aloqa ma'lumotlari ko‘rsatilgan xabarnomalar yuborildi.

Bitta soliq inspektori bir xil faoliyat sohasidagi bir nechta korxona (masalan, qishloq xo'jaligi, sanoat va boshqalar) bilan ishlaydi. Soliq xizmati organining ma’lumotlar bazasida soliq to‘lovchilar to‘g‘risidagi mavjud barcha zarur ma’lumotlarni bir joyda to‘plash, monitoringini yuritish va tezkor tahlil qilish maqsadida soliq inspektorlari uchun avtomatlashtirilgan tizim yaratildi.

Undagi barcha ma'lumotlar alohida toifalarga ajratilgan:
▫️tovar aylanma,
▫️hisobot taqdim etilishi,
▫️soliq turlari kesimida ma'lumotlar,
▫️soliq qarzi,
▫️ortiqcha to'lov,
▫️tekshiruvdan oldingi tahlil natijalari (avtokameral) va h.k.


Soliq inspektorlarining samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) yuqoridagi toifalar bo‘yicha baholanadi.

Bular tadbirkorlar barqarorlik reytingi mezonlariga juda yaqin ko‘rsatkichlardir. Shu boisdan ham ushbu tizim ikki tomon uchun ham manfaatlidir - soliq inspektori soliq to'lovchiga qonun doirasida soliq majburiyatlarini bajarishga yordam beradi, natijada tadbirkorning barqarorlik reytingi yuqorilashi barobarida inspektorning mehnat samaradorligi ham oshib boradi.

Tizim QQS to'lovchilar bilan muhokama qilindi. Soliq to‘lovchilar inspektor bilan bir vaqtda tizimdagi ma’lumotlarni ko‘rish imkonini berish taklifini bildirgan. Yaqin kunlarda ular shaxsiy kabinetida o‘zlariga tegishli ma'lumotlarni ko‘rish imkoniga ega bo‘ladi.

Bu o‘zaro munosabatlarda tushunmovchiliklar kelib chiqishining oldini oladi: soliq to‘lovchilar kamchiliklarini aniq ko‘rib turadi va soliq inspektorlari ularni bartaraf etishda yordam beradi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xaridorlarga fiskal belgili chek taqdim etmayotgan korxonalar bilan tanishing

Сhek taqdim etmayotgan TOP-10 korxona

1️⃣ "BUXORO HILOL MEBEL SAVDO" MCHJ
- Onlayn-NKM xotirasiga 3 oyda 1 ta chek kirim qilgan

2️⃣ "NAVRO`Z PROPAN SERVIS" MCHJ
- Onlayn-NKM xotirasiga 3 oyda 2 ta chek kirim qilgan

3️⃣ "SHINA PLYUS KOMPLEKT" XK
- Onlayn-NKM xotirasiga 3 oyda 3 ta chek kirim qilgan

4️⃣ "JONIBEK-OZODBEK BUSINESS" MCHJ
- Onlayn-NKM xotirasiga 3 oyda 3 ta chek kirim qilgan

5️⃣ "BO'RON SAVDO 2020" XK
- Onlayn-NKM xotirasiga 3 oyda 3 ta chek kirim qilgan

6️⃣ "SAFI NUR CELEBRATION HALL" MCHJ
- Onlayn-NKM xotirasiga 3 oyda 3 ta chek kirim qilgan

7️⃣ "SHOFIRKON SAVDO MARKAZI " MCHJ
- Onlayn-NKM xotirasiga 3 oyda 4 ta chek kirim qilgan

8️⃣ "HOTEL PANORAMA" OK
- Onlayn-NKM xotirasiga 3 oyda 4 ta chek kirim qilgan

9️⃣ "MOHICHEHRI-ZAMON" MCHJ
- Onlayn-NKM xotirasiga 3 oyda 4 ta chek kirim qilgan

🔟 "G`IJDUVON MEVA SABZAVOT TAYYORLOV SAVDO"
- Onlayn-NKM xotirasiga 3 oyda 4 ta chek kirim qilgan.

🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn_NKT

Xaridorlarga QR-kodli chek berilishi shart


Nazorat-kassa texnikasini qo‘llamasdan savdoni amalga oshirganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik, xaridorga chek bermasdan tovarlarni realizatsiya qilganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik soliq huquqbuzarligi sanaladi va belgilangan tartibda javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi.
👉Soliq kodeksi 221-modda

Sotuvchi va xaridor o‘rtasida tovar yoki xizmatlar uchun xarid cheki bermasdan P2P o‘tkazmalari (bir jismoniy shaxsning kartasidan boshqa jismoniy shaxsning kartasiga) orqali hisob-kitob qilish noqonuniy hisoblanadi❗️

Chek berilmaganligi uchun Soliq mobil ilovasining “Soliq hamkor” bo‘limi orqali shikoyat yo‘llash mumkin.

Тelegram | Facebook|Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2024-yil 6-may

aprel oyi uchun:


- banklar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlariga amalga oshirilgan toʻlovlar (dividendlar va foizlar toʻlovidan tashqari) boʻyicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini budjetga oʻtkazishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 355-modda 2-qism);

- natura holida toʻlangan daromadlar boʻyicha JShODS va SHJBPHga majburiy badallarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 390-modda 2-qism, 06.10.2005-yildagi 1515 raqamli nizomning 7-bandi).
___________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️ Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним первый рабочий день. В связи с этим 6 мая 2024 года последний день

за апрель:


- перечисления банками в бюджет налога на прибыль по платежам, произведенным нерезидентам Республики Узбекистан (кроме выплаты дивидендов и процентов)
(ч.2 ст.355 Налогового кодекса);

- уплаты НДФЛ и обязательных взносов на ИНПС с доходов, выплаченных в натуральной форме
(ч.2 ст.390, п. 7 Положения, рег. № 1515 от 06.10.2005 г.).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#antikorrupsiya

KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH - HAR BIRIMIZNING BURCHIMIZ!

Soliq xizmati organlari xodimlari bilan bog`liq korrupsiya holatlariga duch kelsangiz telegramdagi
@dsq_anticorrupciya_bot yoki (65) 221-26-89 va (65) 221-30-03 "Ishonch telefoni” orqali bizga xabar qoldiring.

✍️ Buxoro viloyati soliq boshqarmasining Shaxsiy xavfsizlik bo‘limi


🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#e_ijara

Yuridik va jismoniy shaxslar ijara shartnomalarini soliq organlarida E-ijara xizmati orqali ro‘yxatdan o‘tkazadi

Soliq to'lovchilar uchun eslatma:

👉Е-ijara xizmati qanday ishlaydi?

👉
Tovar aylanmasidan ijara haqi hisoblanishi bo‘yicha tuzilgan ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini ham "E-ijara" da hisobga qo‘yish mumkin

👉
"E-ijara" da yer maydoni ijara shartnomasini ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin

👉
E-ijara xizmatida yerto‘la va tomlarni ijaraga berish shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin

👉
Lizingga olingan mol-mulk uchun ijara shartnomasi “E-ijara” xizmatida qanday ro‘yxatdan o‘tkaziladi?

👉
Ijara shartnomalarini hisobga qo‘yishda talabalardan elektron raqamli imzo talab etilmaydi

👉
Soliq mobil ilovasida elektron raqamli imzosiz ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish mumkin

👉
Soliq mobil ilovasida ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish bo‘yicha videoqo‘llanma

👉
Avtomobil ijara shartnomasini Soliq mobil ilovasida qanday ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin?

👉Ijara.soliq.uz saytidagi ijara shartnomasini qanday bekor qilinadi?

🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#barqarorlik_reytingi

Buxoroda 3 178 ta tadbirkorlik subyekti barqarorlik reytingini oshirdi


Joriy yilning fevral oyidan tatbiq etilgan barqarorlik reytingi natijasida tadbirkorlik subyektlari faoliyatida ijobiy oʻzgarishlar kuzatilmoqda.

Qayd etish lozimki, har bir mezonga alohida masʼul xodim biriktirilgan. Ular oʻzlariga biriktirilgan mezonlar boʻyicha tadbirkorlik subyektlariga tavsiya va tushuntirishlar berib bormoqda.

Olib borilayotgan ishlar natijasida joriy yilning aprel oyida 3 178 ta tadbirkorlik subyekti o‘z barqarorlik reytingini oshirdi.

📈Reyting toifalari bo‘yicha tadbirkorlar:

🟩AAA – 17 ta
🟩AA – 48 ta
🟩A – 93 ta

🟦BBB – 439 ta
🟦BB – 1 127 ta
🟦B – 2 215 ta

🟪CCC – 1 745 ta
🟪CC – 8 049 ta ko‘paygan.


C toifadagi 1421 ta, D toifadagi 1 757 ta tadbirkor o‘z reytingini oshirdi.

📌Tadbirkorlik subyektlariga ularning Barqarorlik reyting darajasidan kelib chiqqan holda (2024-yil 1-apreldan boshlab) subsidiya, imtiyoz va preferensiyalar beriladi.

🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tashqi_savdo

Chet el yuridik shaxslari ishtirokchilari va nazorat qiluvchilarga eslatma


Oʻzbekiston Respublikasi soliq rezidentlari soliq organiga chet el yuridik shaxsi faoliyatida oʻzining ishtirok etishi toʻgʻrisida (yuridik shaxs tashkil etmagan holda chet el tuzilmalarini taʼsis etish haqida) va oʻzlari nazorat qiluvchi shaxs boʻlgan nazorat qilinadigan chet el kompaniyalari haqida xabarnoma yuborishlari shart.
👉 Soliq kodeksi 209-modda

Soliq qoʻmitasi chet el yuridik shaxsi faoliyatida ishtirok etuvchi va chet el kompaniyasini nazorat qiluvchi Oʻzbekiston soliq rezidentlariga Soliq kodeksida belgilangan majburiyatlarini eslatish maqsadida xabarnomalar yubormoqda.

Soliq toʻlovchilar chet el yuridik shaxsi faoliyatida ishtirok etish boʻyicha qoʻshimcha savollar bilan Soliq qoʻmitasining 71 244-98-09 (ichki raqam 01620, 01243, 01281, 01879) telefon raqamlariga murojaat qilishlari mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads