Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.51K photos
1.6K videos
40 files
4.74K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #mol_mulk_soligi #yer_soligi

Soliq kodeksining 423- va 440- moddalariga muvofiq, jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi lozim.

Joriy yil 1-martga qadar fuqarolarga obyektlari uchun hisoblangan mol-mulk va yer soliqlari toʻgʻrisidagi SMS-xabarnoma yuboriladi.

📲Siz Soliq mobil ilovasi orqali 2024-yil uchun hisoblangan mol-mulk va yer soliqlari haqida ma'lumot olishingiz hamda to‘lovlarni amalga oshirishingiz mumkin.

❗️Avvalgi yillarda to‘lanmay qolgan soliq summasi ilovada qarzdorlik sifatida ko‘rsatilgan.

👉Soliqlarini Soliq mobil ilovasida to‘lashning qanday qulaylik va afzalliklari bor?


Тelegram | Facebook|Instagram
#imtiyozlar

Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun soliq imtiyozlari

🔹Urush nogironlari, I va II guruh nogironlari yer solig‘ini to‘lashdan to‘liq ozod qilingan.

🔹 Urush nogironlari mulk solig‘idan to‘liq ozod qilingan.

🔹 I va II guruh nogironlari 60 kv.m. doirasida mol-mulk solig‘idan ozod qilingan.

🔹 Bolaligidan nogironligi bo‘lgan hamda I va II guruh nogironi bo‘lgan shaxslarning MHTEKM*ning 3 baravarigacha (3 150 000) bo‘lgan daromadi JShODSdan ozod etilgan.
Ya’ni nogironligi bo‘lgan shaxs 3 mln 150 ming so‘mgacha ish haqi olsa, bu daromadidan soliq to‘lamaydi. Agar maoshi 4 mln so‘m bo‘lsa, daromadining 3 mln 150 ming so‘mi uchun soliq hisoblanmaydi. Qolgan summa uchun (4 mln - 3 mln 150 ming = 850 ming) 12 % stavkada (102 ming so‘m) soliq to‘laydi.

🔹Urush nogironlari, shuningdek, doimiy parvarishni talab etadigan bolaligidan nogironligi bo‘lgan farzandi bilan birga yashab, uni tarbiyalayotgan ota yoki ona har bir oy uchun MHTEKMning 1,41 baravari miqdorida JShODSdan ozod etilgan.


Тelegram | Facebook|Instagram
#Eslatma

Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻi

Soliq qonunchiligiga 2024-yilda kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga muvofiq, jismoniy shaxslarning turar joy fondi obyektlari uchun mol-mulk soligʻi stavkalari 2023-yilga nisbatan 11% foizga indeksatsiya qilindi.

Jismoniy shaxslarning egaligidagi turar joy obyektlariga soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
🔹umumiy maydoni 200 kv.m.gacha boʻlgan uy-joylar, kvartiralar, dala hovli imoratlari, koʻp kvartirali uylarga uzviy bogʻliq boʻlgan avtomashina turar joylari, shuningdek boshqa imoratlar, binolar va inshootlar uchun – 0,31%.
🔹shaharlarda joylashgan uy-joylar va kvartiralar:
▫️umumiy maydoni 200 kv.m.dan 500 kv.m.gacha boʻlsa – 0,41%;
▫️umumiy maydoni 500 kv.m.dan ortiq boʻlsa – 0,55%;
▫️boshqa aholi punktlarida joylashgan, umumiy maydoni 200 kv.m dan ortiq boʻlgan uy-joylar va kvartiralar, dala hovli imoratlari uchun – 0,41%.

Tadbirkorlik faoliyati uchun yuridik shaxs yoki YTTga ijaraga berishda foydalaniladigan soliq solish obyektlari, shuningdek tadbirkorlik faoliyati va/yoki daromadlar olish uchun moʻljallangan, yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulk obyektlari uchun soliq stavkasi (1,5%) oʻzgarishsiz qoldirildi.

Shu bilan birgalikda, soliq yukini adolatli taqsimlash maqsadida, jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan tadbirkorlik faoliyati uchun yuridik shaxs yoki YTTga ijaraga berishda foydalaniladigan soliq solish obyektlari, shuningdek tadbirkorlik faoliyati va/yoki daromadlar olish uchun moʻljallangan, yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulk obyektlarining soliq bazasini hisoblash tartibi yuridik shaxslar uchun belgilangan tartib bilan birxillashtirildi.

Yaʼni, 2024-yil 1-yanvardan boshlab, jismoniy shaxslar egaligidagi noturar obyektlarning soliq bazasi quyidagi miqdorlarda 1 kv.metr uchun mutlaq miqdorda belgilangan eng kam qiymatdan past boʻlishi mumkin emas:
📍Toshkent shahrida – 3 mln soʻm;
📍Nukus shahrida va viloyat markazlarida – 2 mln soʻm;
📍boshqa shaharlarda va qishloq joylarda – 1,2 mln soʻm.

Agar obyektining 1 kvadrat metri qiymati belgilangan minimal miqdordan past boʻlsa, soliq toʻlovchilar koʻchmas mulk qiymatini soliq solish maqsadlarida baholash uchun mustaqil baholovchilarni jalb qilishlari mumkin. Bunda, mustaqil baholash natijalari soliq solinadigan baza sifatida tan olinadi.

Тelegram | Facebook|Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yashirin_iqtisodiyotni_oldini_olaylik

❗️BIZDA HAM, BUTUN DUNYODA HAM SOLIQDAN QOCHISH — JINOYAT HISOBLANADI.

HAR BIR TADBIRKOR DAVLAT BYUDJETIGA HISSA QO‘SHISHNI O‘ZINING BURCHI DEB BILISHI KERAK.

✳️NEGAKI, SOLIQLAR MAMLAKATIMIZ RIVOJI, XALQIMIZ FAROVONLIGI, AHOLI SALOMATLIGI HAMDA FARZANDLARIMIZNING BAXTLI KELAJAGI UCHUN SARFLANADI.


Тelegram | Facebook|Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#P2P

Tovar yoki xizmatlar uchun
to‘lovni tadbirkorlik subyekti hisob raqamiga emas, jismoniy shaxs kartasiga o‘tkazish (P2P) noqonuniy hisoblanadi.

Hurmatli xaridorlar va tadbirkorlar❗️
Tovar yoki xizmatlar uchun to‘lovni elektron amalga oshirishda qonuniy yo‘l tanlashni maslahat beramiz.

Ya’ni, tovar yoki xizmatlar uchun elektron to‘lovni QR-kodni skanerlash orqali amalga oshirish ham mumkin. Shunda chek ham elektron bo‘ladi.

Batafsil videoda.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram
#e_ijara

Ijara to‘lovlarining minimal stavkalari

Soliq solish maqsadida har yili ijara to‘lovining eng kam stavkalari belgilanadi. Soliq hisoblash uchun ijaraga oluvchi tomonidan har oylik to‘lanadigan summa ushbu belgilangan miqdordan past bo‘lmasligi lozim.

Avval bunday stavkalar faqat mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslarga qo‘llanilgan bo‘lsa, joriy yildan boshlab oylik ijara to‘lovlari yuridik shaxslar uchun ham tatbiq etildi.

Masalan, Toshkent shahrida 1 kv.m turar-joy maydoni uchun minimal ijara to‘lovi 25 ming so‘m. Agar 50 kv.m kvartira ijaraga olinsa, soliq hisoblash uchun ijaraga oluvchi tomonidan oyiga to‘lanadigan summa kamida 1 250 000 so'm (25 000 x 50) bo‘lishi kerak. Shartnoma bo‘yicha jismoniy shaxsning ijara to‘lovi miqdori ushbu summadan kam bo‘lsa ham, har oy uchun 1,25 mln so‘mdan 12 % daromad solig‘i hisoblanadi (1,25 mln x 12 % = 150 000).

Agar yuridik shaxs Toshkent shahrida 100 kv.m bo‘lgan noturar joyni ijaraga olgan bo'lsa soliq solish maqsadida oylik ijara toʻlovi oyiga kamida 4 mln soʻm boʻlishi kerak.

Belgilangan minimal stavkalar ko‘chmas mulkdan tekin foydalanish to‘g‘risidagi shartnomalarga ham tegishli. Faqat yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi shartnomalar bundan mustasno.
___________
#e_ijara

О минимальных ставках арендной платы

В целях налогообложения ежегодно устанавливаются минимальные ставки арендной платы. Это значит, что для расчета налога сумма, которую уплачивает арендатор в месяц, должна быть не ниже установленных размеров.

Ранее такие ставки применялись только в отношении физических лиц, сдающих имущество в аренду, а с этого года ежемесячные ставки арендной платы распространяются и на юридических лиц.

К примеру, минимальный размер арендной платы за 1 кв. м жилого помещения в Ташкенте составляет 25 тыс. сумов. Если в аренду сдается квартира площадью 50 кв. м, то для исчисления налога сумма, уплачиваемая арендатором в месяц, должна составлять не менее 1 250 000 сумов (25 тыс. сумов х 50 кв.м). Если у физлица сумма арендной платы по договору ниже этой суммы, то налог в размере 12% (НДФЛ) будет исчисляться от 1,25 млн сумов (12% от 1,25 млн сумов = 150 тыс. сумов в месяц).

Если юрлицо арендует нежилое помещение площадью 100 кв. м в Ташкенте, то в целях налогообложения сумма арендной платы в месяц должна составлять не менее 4 млн сумов.

Установленные минимальные ставки применимы и в отношении договоров бесплатного пользования недвижимым имуществом. Исключение составляют только договора между близкими родственниками.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#barqarorlik_reytingi

Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi ko‘rsatkichlari soliq to‘lovchilarning shaxsiy kabinetida aks ettirildi

Platforma soliq hisobotlari, to‘langan soliq summalari, subyektning ro‘yxatdan o‘tgan sanasi, boshqa organlardan olingan maʼlumotlar asosida tadbirkorlarning reytingini avtomatik shakllantiradi.

Tadbirkorning qandaydir kamchiliklari bo‘lib, past ball olsa, dastur nima sababdan bunday ball olgani va kamchiliklar qanday bartaraf etilishini ko‘rsatib turadi.

Tadbirkor faoliyatini baholash koʻrsatkichlari va berilgan ballar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni shaxsiy kabinetida ham koʻrishi mumkin.

👉
Youtube orqali ko‘rish

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#keshbek

Yanvar oyida yig‘ilgan keshbek summalari tasdiqlandi

💳 Keshbeklarni ilovaga biriktirilgan bank kartasiga o‘tkazib olishingiz mumkin.

♻️ Tadbirkorlik subyektlari tomonidan soliq hisobotlari topshirilishi, hisobotlardagi kamchiliklar tuzatilishi, soliq qarzdorligi kamaytirilishi inobatga olinib qolgan keshbek summalari avtomatik tarzda tasdiqlab boriladi.

❗️Iste'molchilar bir oyda BHMning 60 baravaridan (20 400 000 so‘m) oshmagan xaridlari uchun 1% keshbek (204 000 so‘m) olishi mumkin.
———————
#кешбэк

Суммы кешбэка, накопленного в январе, подтверждены

💳 Кешбэк можно перевести на банковскую карту, прикрепленную к приложению.

♻️ Остальные суммы кешбэка будут выплачиваться автоматически, по мере того, как субъекты предпринимательства представят налоговую отчётность, устранят недостатки в отчётности, погасят налоговую задолженность.

❗️В месяц, за покупки, сумма которых не превышает 60 БРВ (20 400 000 сумов), потребители могут получить кешбэк в размере 1% (204 000 сумов).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#fakt

Uy-joylarini talabalarga ijaraga berganligi uchun 2023-yilda jismoniy shaxslar 44 mlrd so‘mdan ortiq daromad solig‘idan imtiyozga ega bo‘lgan.

Тelegram | Facebook|Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_va_yer_soliqlari

Soliq tölovlarini
Soliq mobil ilovasi orqali tez va oson amalga oshiring❗️

✔️DASTLABKI MUDDAT 15-APREL


Тelegram | Facebook|Instagram
#4_sektor

Qorovulbozorliklar tomorqasida sitrus mevalar va qator orasida kartoshka yetishtirmoqdalar

Buxoro viloyatining eng chekka hududlaridan hisoblangan Qorovulbozor tumanida issiqxona xo‘jaligini rivojlantirishda ham yetarli tajriba shakllanmoqda.

Masalan, "Navbahor" mahallasidagi “Zamin agro eksport” MCHJga qarashli bo‘lgan issiqxonada o‘tgan yil yozgi mavsumda 25 sotix yerda tomchilatib sug‘orish yo‘li bilan qulupnay yetishtirilgan.

MCHJ rahbari Odilbek Egamovning bildirishicha, mazkur "Koreya" navli qulupnaydan sara hosil salmog‘i 2 tonnaga yetkazilgan.

👉 BATAFSIL

Тelegram | Facebook|Instagram
MUTAXASSIS JAVOB BERADI

“Dilorom gular dunyosi” OK rahbari K.Saidov

SAVOL: - Bizning korxona aylanmadan olinadigan soliqni qat’iy belgilangan soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydigan tadbirkorlik subyekti hisoblanadi. Shunday ekan biz moliyaviy va soliq hisobotlarini topshirishga majburmizmi?


Buxoro viloyati soliq boshqarmasi mas’ul xodimi E.Gadoyev

JAVOB: - O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 470-1-moddasiga ko‘ra Qat’iy belgilangan summadagi soliq stavkasi bo‘yicha soliq to‘lashning o‘ziga xos xususiyatlari qayd qilingan. Mazkur moddaning 8-qismiga ko‘ra qat’iy belgilangan summadagi soliqning soliq to‘lovchisi ushbu soliq turi bo‘yicha hamda dividendlar tarzidagi daromadlarga taalluqli qism bo‘yicha soliq hisobotlarini taqdim etish majburiyatidan ozod qilingan. Shuningdek, ushbu moddaning 7-qismiga ko‘ra qat’iy belgilangan summadagi soliqni to‘lovchisidan dividendlar tarzida olinadigan daromadlariga soliq solinmaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2002-yil 27-dekabrdagi 140-son Buyrug‘iga binoan “Moliyaviy hisobot shakllari va ularni to‘ldirish bo‘yicha qoidalarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qoidalar tasdiqlangan. Ushbu qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2003-yilning 24-yanvarida 1209-son bilan ro‘yxatga olingan.

Qoidalarning 7-ilovasi, 4-bandiga muvofiq kichik korxonalar va mikrofirmalar faqat buxgalteriya balansi-1-son shakl va moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot-2-son shakldan iborat bo‘lgan yillik moliyaviy hisobotni taqdim etishlari shartligi belgilangan.

👉 BATAFSIL BILIB OLING

Тelegram | Facebook|Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#4_sektor

Buxoro viloyatining 4-sektor rahbari D.Yuldashev tomonidan
aholi bilan ochiq muloqot qilish, ularni qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganish maqsadida Vobkent tumanidagi “Quruvchi” mahallasida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

Тelegram | Facebook|Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
SOLIQLAR NIMALARGA SARFLANADI?

To‘lanayotgan soliqlar qanday maqsadlarda sarflanishi har bir insonni qiziqtirishi tabiiy.

Soliqlar:
Farzandlarimizning zamonaviy bog‘cha hamda maktablarda sifatli tarbiya va ta’lim olishi;
Vatanimiz chegaralarining daxlsizligini ta’minlash, tinchligimizni asrash;
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish;
Mahallalar, qishloq va shaharlarimizni yanada obod qilish;
🔹Ravon yo‘llar qurish;
🔹Ijtimoiy ko‘makka muhtoj aholi qatlamiga mehribonlik ko‘rsatish va moddiy yordam;
🔹Pensionerlarning nafaqalari, nogironlik, homiladorlik va tug‘ish nafaqalari hamda talabalarning stipendiyalari xarajatlariga sarflanadi.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram