Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.47K photos
1.59K videos
35 files
4.7K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 28 76,
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#4_sektor

SAYYOR QABULDA VOBKENTLIK 6 NAFAR ISHSIZ FUQAROLARNING DOIMIY DAROMAD TOPISHLARIGA KO‘MAKLASHILDI

Buxoro viloyatining 4-sektor rahbari D.Yuldashev tomonidan aholi bilan ochiq muloqot qilish, ularni qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganish maqsadida Vobkent tumanidagi “Quruvchi” mahallasida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabulda fuqarolardan jami 20 ga yaqin murojaat kelib tushdi. Uchrashuvda fuqarolar viloyat 4-sektor rahbaridan sog‘liqni saqlash, kredit, moddiy yordam va subsidiya ajratish masalalarida ko‘mak so‘rab murojaat qildilar.
Mazkur murojaatlarning aksariyati joyida ijobiy hal etildi.

Jumladan, shu yerlik 3 nafar ishsiz xotin-qizlarning bandligini ta’minlash va ularning doimiy daromad topishlariga ko‘maklashish maqsadida 3 ta zamonaviy tikuv mashinasi taqdim qilindi. Ta’kidlash lozim, ushbu 3 nafar xotin-qizlar dastlab bepul kurslarda o‘qib tikuvchilik faoliyatini puxta egalladilar.

Xuddi shunday, yoshlarni foydali mehnatga jalb qilish va uyda bandligini ta’minlash maqsadida shu yerlik 2 nafar yoshga 2 ta payvandlash uskunasi hamda 1 nafariga yuk tashishga mo‘ljallangan mototsikl taqdim qilindi.

Shuningdek, sayyor qabul doirasida ko‘makka muhtoj oilalar holidan xabar olinib, ularga zarur bo‘lgan dori-darmonlar, nogironligi bo‘lgan bir nafar fuqaroga nogironlik aravachasi va yordamga muhtoj 4 ta oilaga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.
#tadbirkor_bilan_uchrashuv

SOLIQ BOSHQARMASI BOSHLIGʻI ROMITAN TUMANIDA TADBIRKORLAR BILAN UCHRASHDI


Buxoro viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i Dilshod Yuldashev Romitan tumanida faoliyat yurituvchi tadbirkor bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Uchrashuvda 30 nafarga yaqin tadbirkorlik subyektlari rahbarlari va ularning xisobchilari ishtirok etdilar.

Ta’kidlash lozim, ushbu uchrashuvlardan ko‘zlangan asosiy maqsad tadbirkorlarning faoliyatiga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni hal etish choralarini ko‘rish hamda o‘rta, qoniqarli va quyi barqarorlik reytingidagi tadbirkorlik subyektlariga reytingdagi ko‘rsatkichlarini yaxshilash bo‘yicha zarur maslahatlar berishga qaratilgan.

Uchrashuvda viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i tadbirkorlarga soliq qonunchiligidagi yangiliklar, xususan, tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingi yuzasidan batafsil tushunchalar berib o‘tdi. Shuningdek, reytingdan o‘rin olgan umumiy, rag‘batlantiruvchi va kamaytiruvchi mezonlarni aniq misollar bilan ko‘rsatib berdi.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqotda 10 nafar tadbirkorlarning ayni vaziyatdagi muammolari o‘rganilib, ularning yechimi yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.


Тelegram | Facebook|Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
SOLIQLAR NIMALARGA SARFLANADI?

To‘lanayotgan soliqlar qanday maqsadlarda sarflanishi har bir insonni qiziqtirishi tabiiy.

Soliqlar:
Farzandlarimizning zamonaviy bog‘cha hamda maktablarda sifatli tarbiya va ta’lim olishi;
Vatanimiz chegaralarining daxlsizligini ta’minlash, tinchligimizni asrash;
Aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish;
Mahallalar, qishloq va shaharlarimizni yanada obod qilish;
🔹Ravon yo‘llar qurish;
🔹Ijtimoiy ko‘makka muhtoj aholi qatlamiga mehribonlik ko‘rsatish va moddiy yordam;
🔹Pensionerlarning nafaqalari, nogironlik, homiladorlik va tug‘ish nafaqalari hamda talabalarning stipendiyalari xarajatlariga sarflanadi.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #mol_mulk_soligi #yer_soligi

Soliq kodeksining 423- va 440- moddalariga muvofiq, jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi lozim.

Joriy yil 1-martga qadar fuqarolarga obyektlari uchun hisoblangan mol-mulk va yer soliqlari toʻgʻrisidagi SMS-xabarnoma yuboriladi.

📲Siz Soliq mobil ilovasi orqali 2024-yil uchun hisoblangan mol-mulk va yer soliqlari haqida ma'lumot olishingiz hamda to‘lovlarni amalga oshirishingiz mumkin.

❗️Avvalgi yillarda to‘lanmay qolgan soliq summasi ilovada qarzdorlik sifatida ko‘rsatilgan.

👉Soliqlarini Soliq mobil ilovasida to‘lashning qanday qulaylik va afzalliklari bor?


Тelegram | Facebook|Instagram
#imtiyozlar

Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun soliq imtiyozlari

🔹Urush nogironlari, I va II guruh nogironlari yer solig‘ini to‘lashdan to‘liq ozod qilingan.

🔹 Urush nogironlari mulk solig‘idan to‘liq ozod qilingan.

🔹 I va II guruh nogironlari 60 kv.m. doirasida mol-mulk solig‘idan ozod qilingan.

🔹 Bolaligidan nogironligi bo‘lgan hamda I va II guruh nogironi bo‘lgan shaxslarning MHTEKM*ning 3 baravarigacha (3 150 000) bo‘lgan daromadi JShODSdan ozod etilgan.
Ya’ni nogironligi bo‘lgan shaxs 3 mln 150 ming so‘mgacha ish haqi olsa, bu daromadidan soliq to‘lamaydi. Agar maoshi 4 mln so‘m bo‘lsa, daromadining 3 mln 150 ming so‘mi uchun soliq hisoblanmaydi. Qolgan summa uchun (4 mln - 3 mln 150 ming = 850 ming) 12 % stavkada (102 ming so‘m) soliq to‘laydi.

🔹Urush nogironlari, shuningdek, doimiy parvarishni talab etadigan bolaligidan nogironligi bo‘lgan farzandi bilan birga yashab, uni tarbiyalayotgan ota yoki ona har bir oy uchun MHTEKMning 1,41 baravari miqdorida JShODSdan ozod etilgan.


Тelegram | Facebook|Instagram
#Eslatma

Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻi

Soliq qonunchiligiga 2024-yilda kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga muvofiq, jismoniy shaxslarning turar joy fondi obyektlari uchun mol-mulk soligʻi stavkalari 2023-yilga nisbatan 11% foizga indeksatsiya qilindi.

Jismoniy shaxslarning egaligidagi turar joy obyektlariga soliq stavkalari quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
🔹umumiy maydoni 200 kv.m.gacha boʻlgan uy-joylar, kvartiralar, dala hovli imoratlari, koʻp kvartirali uylarga uzviy bogʻliq boʻlgan avtomashina turar joylari, shuningdek boshqa imoratlar, binolar va inshootlar uchun – 0,31%.
🔹shaharlarda joylashgan uy-joylar va kvartiralar:
▫️umumiy maydoni 200 kv.m.dan 500 kv.m.gacha boʻlsa – 0,41%;
▫️umumiy maydoni 500 kv.m.dan ortiq boʻlsa – 0,55%;
▫️boshqa aholi punktlarida joylashgan, umumiy maydoni 200 kv.m dan ortiq boʻlgan uy-joylar va kvartiralar, dala hovli imoratlari uchun – 0,41%.

Tadbirkorlik faoliyati uchun yuridik shaxs yoki YTTga ijaraga berishda foydalaniladigan soliq solish obyektlari, shuningdek tadbirkorlik faoliyati va/yoki daromadlar olish uchun moʻljallangan, yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulk obyektlari uchun soliq stavkasi (1,5%) oʻzgarishsiz qoldirildi.

Shu bilan birgalikda, soliq yukini adolatli taqsimlash maqsadida, jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan tadbirkorlik faoliyati uchun yuridik shaxs yoki YTTga ijaraga berishda foydalaniladigan soliq solish obyektlari, shuningdek tadbirkorlik faoliyati va/yoki daromadlar olish uchun moʻljallangan, yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulk obyektlarining soliq bazasini hisoblash tartibi yuridik shaxslar uchun belgilangan tartib bilan birxillashtirildi.

Yaʼni, 2024-yil 1-yanvardan boshlab, jismoniy shaxslar egaligidagi noturar obyektlarning soliq bazasi quyidagi miqdorlarda 1 kv.metr uchun mutlaq miqdorda belgilangan eng kam qiymatdan past boʻlishi mumkin emas:
📍Toshkent shahrida – 3 mln soʻm;
📍Nukus shahrida va viloyat markazlarida – 2 mln soʻm;
📍boshqa shaharlarda va qishloq joylarda – 1,2 mln soʻm.

Agar obyektining 1 kvadrat metri qiymati belgilangan minimal miqdordan past boʻlsa, soliq toʻlovchilar koʻchmas mulk qiymatini soliq solish maqsadlarida baholash uchun mustaqil baholovchilarni jalb qilishlari mumkin. Bunda, mustaqil baholash natijalari soliq solinadigan baza sifatida tan olinadi.

Тelegram | Facebook|Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yashirin_iqtisodiyotni_oldini_olaylik

❗️BIZDA HAM, BUTUN DUNYODA HAM SOLIQDAN QOCHISH — JINOYAT HISOBLANADI.

HAR BIR TADBIRKOR DAVLAT BYUDJETIGA HISSA QO‘SHISHNI O‘ZINING BURCHI DEB BILISHI KERAK.

✳️NEGAKI, SOLIQLAR MAMLAKATIMIZ RIVOJI, XALQIMIZ FAROVONLIGI, AHOLI SALOMATLIGI HAMDA FARZANDLARIMIZNING BAXTLI KELAJAGI UCHUN SARFLANADI.


Тelegram | Facebook|Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#P2P

Tovar yoki xizmatlar uchun
to‘lovni tadbirkorlik subyekti hisob raqamiga emas, jismoniy shaxs kartasiga o‘tkazish (P2P) noqonuniy hisoblanadi.

Hurmatli xaridorlar va tadbirkorlar❗️
Tovar yoki xizmatlar uchun to‘lovni elektron amalga oshirishda qonuniy yo‘l tanlashni maslahat beramiz.

Ya’ni, tovar yoki xizmatlar uchun elektron to‘lovni QR-kodni skanerlash orqali amalga oshirish ham mumkin. Shunda chek ham elektron bo‘ladi.

Batafsil videoda.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram
#e_ijara

Ijara to‘lovlarining minimal stavkalari

Soliq solish maqsadida har yili ijara to‘lovining eng kam stavkalari belgilanadi. Soliq hisoblash uchun ijaraga oluvchi tomonidan har oylik to‘lanadigan summa ushbu belgilangan miqdordan past bo‘lmasligi lozim.

Avval bunday stavkalar faqat mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslarga qo‘llanilgan bo‘lsa, joriy yildan boshlab oylik ijara to‘lovlari yuridik shaxslar uchun ham tatbiq etildi.

Masalan, Toshkent shahrida 1 kv.m turar-joy maydoni uchun minimal ijara to‘lovi 25 ming so‘m. Agar 50 kv.m kvartira ijaraga olinsa, soliq hisoblash uchun ijaraga oluvchi tomonidan oyiga to‘lanadigan summa kamida 1 250 000 so'm (25 000 x 50) bo‘lishi kerak. Shartnoma bo‘yicha jismoniy shaxsning ijara to‘lovi miqdori ushbu summadan kam bo‘lsa ham, har oy uchun 1,25 mln so‘mdan 12 % daromad solig‘i hisoblanadi (1,25 mln x 12 % = 150 000).

Agar yuridik shaxs Toshkent shahrida 100 kv.m bo‘lgan noturar joyni ijaraga olgan bo'lsa soliq solish maqsadida oylik ijara toʻlovi oyiga kamida 4 mln soʻm boʻlishi kerak.

Belgilangan minimal stavkalar ko‘chmas mulkdan tekin foydalanish to‘g‘risidagi shartnomalarga ham tegishli. Faqat yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi shartnomalar bundan mustasno.
___________
#e_ijara

О минимальных ставках арендной платы

В целях налогообложения ежегодно устанавливаются минимальные ставки арендной платы. Это значит, что для расчета налога сумма, которую уплачивает арендатор в месяц, должна быть не ниже установленных размеров.

Ранее такие ставки применялись только в отношении физических лиц, сдающих имущество в аренду, а с этого года ежемесячные ставки арендной платы распространяются и на юридических лиц.

К примеру, минимальный размер арендной платы за 1 кв. м жилого помещения в Ташкенте составляет 25 тыс. сумов. Если в аренду сдается квартира площадью 50 кв. м, то для исчисления налога сумма, уплачиваемая арендатором в месяц, должна составлять не менее 1 250 000 сумов (25 тыс. сумов х 50 кв.м). Если у физлица сумма арендной платы по договору ниже этой суммы, то налог в размере 12% (НДФЛ) будет исчисляться от 1,25 млн сумов (12% от 1,25 млн сумов = 150 тыс. сумов в месяц).

Если юрлицо арендует нежилое помещение площадью 100 кв. м в Ташкенте, то в целях налогообложения сумма арендной платы в месяц должна составлять не менее 4 млн сумов.

Установленные минимальные ставки применимы и в отношении договоров бесплатного пользования недвижимым имуществом. Исключение составляют только договора между близкими родственниками.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#barqarorlik_reytingi

Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi ko‘rsatkichlari soliq to‘lovchilarning shaxsiy kabinetida aks ettirildi

Platforma soliq hisobotlari, to‘langan soliq summalari, subyektning ro‘yxatdan o‘tgan sanasi, boshqa organlardan olingan maʼlumotlar asosida tadbirkorlarning reytingini avtomatik shakllantiradi.

Tadbirkorning qandaydir kamchiliklari bo‘lib, past ball olsa, dastur nima sababdan bunday ball olgani va kamchiliklar qanday bartaraf etilishini ko‘rsatib turadi.

Tadbirkor faoliyatini baholash koʻrsatkichlari va berilgan ballar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni shaxsiy kabinetida ham koʻrishi mumkin.

👉
Youtube orqali ko‘rish

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#keshbek

Yanvar oyida yig‘ilgan keshbek summalari tasdiqlandi

💳 Keshbeklarni ilovaga biriktirilgan bank kartasiga o‘tkazib olishingiz mumkin.

♻️ Tadbirkorlik subyektlari tomonidan soliq hisobotlari topshirilishi, hisobotlardagi kamchiliklar tuzatilishi, soliq qarzdorligi kamaytirilishi inobatga olinib qolgan keshbek summalari avtomatik tarzda tasdiqlab boriladi.

❗️Iste'molchilar bir oyda BHMning 60 baravaridan (20 400 000 so‘m) oshmagan xaridlari uchun 1% keshbek (204 000 so‘m) olishi mumkin.
———————
#кешбэк

Суммы кешбэка, накопленного в январе, подтверждены

💳 Кешбэк можно перевести на банковскую карту, прикрепленную к приложению.

♻️ Остальные суммы кешбэка будут выплачиваться автоматически, по мере того, как субъекты предпринимательства представят налоговую отчётность, устранят недостатки в отчётности, погасят налоговую задолженность.

❗️В месяц, за покупки, сумма которых не превышает 60 БРВ (20 400 000 сумов), потребители могут получить кешбэк в размере 1% (204 000 сумов).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#fakt

Uy-joylarini talabalarga ijaraga berganligi uchun 2023-yilda jismoniy shaxslar 44 mlrd so‘mdan ortiq daromad solig‘idan imtiyozga ega bo‘lgan.

Тelegram | Facebook|Instagram