Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.49K photos
1.59K videos
36 files
4.71K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#qonunchilikdagi_yangiliklar
#imtiyoz

Ayrim soliq to‘lovchilarga vaqtinchalik soliq imtiyozlari berildi

2024-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvarga qadar
"Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash kompleks dasturi”da ishtirok etadigan tijorat banklarining loyihalar uchun ajratilgan bank kreditlari bo‘yicha olingan foizlar tarzidagi daromadlari foyda solig‘ini hisoblab chiqarish maqsadlarida chegiriladigan xarajatlar sifatida e’tirof etiladi.

2024-yil 1-yanvardan 2027-yil 1-yanvarga qadar “Izlanish va rivojlanish” markazlarining obyektlari va ular egallagan yer uchastkalari uchun yuridik shaxslarning mol-mulk va yer soliqlari bo‘yicha hisoblangan summaning 1 %i miqdorida, shuningdek ijtimoiy soliqni 1% miqdoridagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydi.

2024-yil 1-yanvardan 2025-yil 31-dekabrga qadar Qimmatbaho, rangli va (yoki) radioaktiv metallarni, nodir elementlarni hamda nodir yer elementlarini qazib oluvchi va (yoki) ularni texnogen mineral hosilalardan ajratib oluvchi, shuningdek uglevodorod xomashyosini qazib oluvchi yuridik shaxslarga nisbatan maxsus renta solig‘i solinmaydi. Mazkur qoida qazib olish 2024-yil 1-yanvardan 2025-yil 31-dekabrga qadar bo‘lgan davrda boshlangan yer qa’ri uchastkasiga nisbatan qo‘llaniladi va metallarni yoki uglevodorod xomashyosini qazib olish (ajratib olish) bo‘yicha faoliyatni amalga oshirishning butun davri uchun tatbiq etiladi.

2028-yil 1-yanvarga qadar xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlaridan jalb qilingan va jalb qilinadigan davlat tashqi qarzi hisobidan amalga oshiriladigan loyihalar doirasida sotib olinadigan tovar (xizmat)larni realizatsiya qilishga doir aylanma QQSdan ozod qilinadi.

👉Soliq kodeksi 483-modda
____________
#новое_в_законодательстве
#льготы

Некоторым налогоплательщикам предоставлены временные налоговые льготы

C 1 января 2024 года по 1 января 2026 года доходы коммерческих банков, участвующих в «Комплексной программе непрерывной поддержки малого бизнеса», в виде полученных процентов по банковским кредитам, выделенным на проекты, в целях исчисления налога на прибыль признаются в качестве вычитаемых расходов.

C 1 января 2024 года по 1 января 2027 года центры «изысканий и развития» уплачивают в части объектов данных центров и занимаемых ими земельных участков налоги на имущество и землю в размере 1% от начисленной суммы этих налогов, а также социальный налог по ставке в размере 1%.

C 1 января 2024 года по 31 декабря 2025 года к юрлицам, добывающим драгоценные, цветные и (или) радиоактивные металлы, редкие и редкоземельные элементы и (или) извлекающим их из техногенных минеральных образований, а также добывающим углеводородное сырье, не будет применяться специальный рентный налог. Данное положение применяется в отношении участка недр, добыча на котором началась в период с 1 января 2024 года по 31 декабря 2025 года и распространяется на весь период осуществления деятельности по добыче (извлечению) металлов или углеводородного сырья.

До 1 января 2028 года освобождается от НДС оборот по реализации, а также ввоз товаров (услуг), приобретаемых в рамках проектов, финансируемых за счет займов международных финансовых институтов и зарубежных правительственных финансовых организаций.

👉ст.483 НК

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Prezident raisligida joriy yilda iqtisodiyotni rivojlantirish boʻyicha hukumat oldidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Yirik sanoat tarmoqlariga soliq yuki kamaytirilgan boʻlsa-da, koʻp tarmoqlar davlatga tushumni taʼminlash oʻrniga xarajatini oshirayotgani qayd etildi. Jumladan, 10 ta yirik korxonada xarajatlar daromaddan tezroq oʻsgani kuzatilgan.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Yigʻilishda moliyaviy intizomni kuchaytirib, 2024-yilda budjet defitsitini 4 foizdan oshirmaslik zarurligi taʼkidlandi.

Oʻtgan yili koʻplab davlat korxonalari dividend va soliq toʻlovlari boʻyicha budjetga 8 trillion soʻm tushumni taʼminlay olmagani koʻrsatib oʻtildi.

Hududlar rahbarlari ajratilgan budjet ssudalari qaytarilmayotgani holatlari boʻyicha qatʼiy choralar koʻrilishi haqida ogohlantirildi.

Sirdaryo va Jizzaxda soliq tushumlari 20 foiz oʻsgan boʻlsa, Xorazm, Buxoro va Qashqadaryoda bu koʻrsatkich 7 foizga ham yetmagani tanqid qilindi.

Masalan, yuridik shaxs maqomidagi 18 mingta ovqatlanish korxonasidan atigi 2 ming 300 tasi QQS toʻlovchi hisoblanadi. Sababi, ular tovar aylanmasini 1 milliard soʻmdan oshirmaslik uchun bitta oshxonaga 3-4 tadan firma ochib qoʻygan.

Bunday holatlar boʻyicha mahalladagi soliqchi, tuman soliq boshliqlari va oʻrinbosarlarining ishi sustligi koʻrsatib oʻtildi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Soliq tizimi va soliqchilar faoliyati tubdan qayta koʻrib chiqiladi

Jumladan, 40 mingta budjet tashkiloti bilan ishlash vazifasi tumandan Soliq qoʻmitasida yangi tashkil qilinadigan Budjet tashkilotlari inspeksiyasiga oʻtkaziladi. Ushbu Inspeksiya toʻliq raqamlashgan boʻladi va Gʻaznachilik elektron tizimiga integratsiya qilinadi.

Shu kabi soliq qarzdorligi bilan ishlash boʻyicha ham qoʻmita qoshida Soliq qarzini undirish inspeksiyasi tashkil etiladi. Unga Majburiy ijro byurosida mavjud vakolatlar beriladi.

Buning hisobiga, tumanlardagi qoʻshimcha 200 nafar soliqchini “mahallabay” ishlash tizimiga oʻtkazish imkoni boʻladi.

Respublika soliq tushumining 50 foizini beradigan 80 ta eng yirik korxona va 35 ta tijorat banki bilan ishlaydigan alohida tizim boʻladi.

Buning uchun Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha inspeksiya tarkibida yangi tuzilma tashkil qilinib, Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan bevosita ishlaydi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yashirin iqtisodiyot bilan kurashish yangi pogʻonaga olib chiqiladi.

Shu maqsadda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti faoliyati kuchaytiriladi.

Shu paytgacha Departamentning tergov yuritish vakolati boʻlmagani va qonunlarda juda koʻp huquqiy kolliziyalar mavjudligi sababli samarali ishlay olmadi.

Misol uchun, hozirgi kunda “obnal firma”ga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatish olti oygacha vaqt oladi. Bu davrda qoʻshtirnoq ichidagi uddaburonlar barcha noqonuniy ishlarini yakunlashga ulguradi.

Shularni hisobga olib, Departament chuqur tahlil, tezkor-qidiruv, taftish va oʻzi tergov qiladigan idoraga aylanadi. Uning rahbari bir vaqtning oʻzida Bosh prokuror oʻrinbosari boʻladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌QQS bo‘yicha hisobotlarni avtomatik tarzda shakllantirish uslubi

– Uslub allaqachon barcha buxgalterlarga yaxshi ma’lum, chunki ular u bo‘yicha 2023 yilda ishlashgan. Hisobotni shakllantirish qoidalari o‘zgarishsiz qolmoqda. 18.10.2023 y. 548-son VMQ
ushbu tajribani kelgusida joriy qilish uchun huquqiy-normativ baza bo‘lib xizmat qiladi.

QQSni hisob-kitob qilish soliq to‘lovchining my.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinetining «Elektron shakllar» bo‘limida soliq to‘lovchi shaklda hisobotni taqdim etishga tayyorlanayotgan yil va davrni ko‘rsatgandan keyin avtomatik tarzda shakllantiriladi.

Hisobotni shakllantirish uchun asosiy ma’lumot manbai:
• hisobvaraq-fakturalar;
• onlayn-NKM cheklari, shu jumladan marketpleyslar;
• BYuD;
my3.soliq.uz saytidagi «QQS summasini tuzatish» interaktiv xizmati.

Yuborishdan oldin avtomatik rejimda hisobotda shakllantirilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshiring.
Ehtimol xatolar va noaniqliklarni aniqlarsiz. Birlamchi hujjatlarni tuzatish orqali ularni bartaraf qilish kerak bo‘ladi. Masalan, hisobvaraq-fakturadagi xatolar tuzatish kiritilgan hisobvaraq-fakturani taqdim qilish orqali tuzatiladi.

Тelegram | Facebook|Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish sohasida davlat nazorati mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoniga sharh.

👉Youtube orqali ko‘rish

Тelegram
|Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#mol_mulk

Mol-mulk soligʻi maʼlumotnomasi hamda baholash natijalari soliq organlariga qanday yuboriladi
?

Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk soligʻi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma joriy yilning 20-yanvarigacha* soliq organiga taqdim etilishi lozim.
👉Soliq kodeksi 417-modda
👉Maʼlumotnomani to‘ldirish bo‘yicha qo‘llanma

Agar koʻchmas mulk obyektida mustaqil baholash amalga oshirilgan boʻlsa baholash natijalarini ushbu manzil orqali soliq organiga yuborish lozim.
👉Baholash natijalarini yuborish boʻyicha qoʻllanma

Soliq organlari tomonidan baholash natijalari qabul qilingandan soʻng ular maʼlumotnomada avtomatik aks etadi.

Maʼlumot uchun: Ma'lumotnomada oxirgi 2 yilda (24 oy davomida) amalga oshirilgan baholash natijalari aks etadi. Yaʼni 2022-yilning fevral oyidagi baholash natijalari 2024-yilning fevral oyiga qadar amalda bo‘ladi.

Agar koʻchmas mulk obyektining maydoni oʻzgargan taqdirda, mulk maydoni oʻzgargan davrdan boshlab baholash natijalari ma'lumotnomada aks etmaydi. Bu holatda oʻzgargan mulk maydoni uchun qayta baholash natijalarini yuborish zarur.

Baholash natijalarini yuborishda quyidagilarga eʼtibor berish lozim:
🔸Baholangan mulk maydoni va qiymati toʻgʻri aks ettirilganligiga;
🔸Baholash natijalari (hisoboti) toʻliq biriktirilganligiga;
🔸Baholash amalga oshirilgan davr toʻgʻri ko‘rsatilganligiga;
🔸Baholash maqsadi toʻgʻri amalga oshirilganligi yaʼni soliq bazasi sifatida baholanganligiga.


Baholash natijalari hududiy soliq boshqarmalari tomonidan 2 ish kunidan kechiktirmasdan koʻrib chiqiladi.

Bundan tashqari koʻchmas mulk obyektining tarkibida minimal qiymat tatbiq etilmaydigan hamda qurilishi tugallanmagan obyektlar mavjud boʻlgan taqdirda my3.soliq.uz portalidagi Alohida soliq stavkasi qoʻllaniladigan koʻchmas mulk obyektlariinteraktiv xizmati orqali mulk maydoni hamda mulk qiymatini aks ettirgan holda murojaat yoʻllash lozim.

Bunda koʻchmas mulk obyektining qoldiq qiymati belgilangan eng kam qiymatdan yuqori boʻlgan taqdirda ushbu qiymatlar aks ettirilgan holda murojaat yuboriladi.
👉Murojaat yuborish boʻyicha qoʻllanma

Maʼlumot uchun: Koʻchmas mulk obyektining maydoni oʻzgargan taqdirda oʻrtacha yillik qoldiq qiymat boʻyicha yuborilgan murojaatni qayta yaʼni oʻzgargan maydonni tanlagan holda murojaat yuborish lozim.
Xuddi shuningdek, minimal qiymat tatbiq etilmaydigan maydonlar hamda normativ muddatda qurilish tugallanmagan obyektlar uchun ham qayta murojaat yuborish zarur.
2023-yilda yoʻllangan murojaat 2024-yil ma'lumotnomasida aks etmaydi. Shuning uchun 2024-yilda obyektning eskirish qiymatini chegirgan holda qayta murojaat yuborish lozim.


Murojaatlar hududiy soliq boshqarmalari tomonidan koʻrib chiqiladi.

* 20-yanvar dam olish kuni (shanba) bo‘lganligi sababli yuridik shaxslarning mol-mulk soligʻi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani taqdim etishning oxirgi kuni 22-yanvarga ko‘chiriladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#налог_на_имущество

Как отправить в налоговые органы справку по налогу на имущество и результаты оценки?

Справка
по налогу на имущество юридических лиц должна быть представлена в налоговый орган не позднее 20 января* текущего года.
👉ст.417 НК
👉
Инструкция по заполнению справки

Если проводилась независимая оценка объекта недвижимого имущества, результаты оценки необходимо направить в налоговый орган по этому адресу.
👉Инструкция по отправке результатов оценки

После принятия результатов оценки налоговыми органами, они автоматически отражаются в справке.

Для информации: В справке отражаются результаты оценки, проведенной в последние 2 года (24 месяца). Т.е.
результаты оценки за февраль 2022 года будут действительны до февраля 2024 года.


В случае изменения площади объекта недвижимого имущества в справке не будут отражены результаты оценки начиная с периода, когда площадь имущества изменилась. В этом случае необходимо отправить результаты переоценки измененной площади недвижимости.

При отправке результатов оценки следует обращать внимание на:
🔸правильность отражения площади и стоимости оцененной недвижимости;
🔸полное приложение результатов оценки (отчета);
🔸правильное указание периода проведения оценки;
🔸правильную цель проведения оценки, т.е. оценки в качестве налоговой базы.


Результаты оценки рассматриваются территориальными налоговыми органами в течение не позднее 2 рабочих дней.

Кроме этого, если в составе объекта недвижимости имеются объекты, на которые не распространяется минимальная стоимость, а также объекты незавершенного строительства, необходимо отправить обращение с отражением площади и стоимости имущества через интерактивную услугу “Объекты недвижимости, к которым применяется отдельная ставка" на портале my3.soliq.uz.

При этом, если остаточная стоимость объекта недвижимого имущества превышает установленную минимальную стоимость, обращение отправляется ​​с отражением этих стоимостей.
👉Инструкция по отправке обращения

К сведению: В случае изменения площади объекта недвижимого имущества необходимо повторно подать обращение о среднегодовой остаточной стоимости, то есть выбрав измененную площадь. Аналогичным образом необходимо повторно подать обращение по площадям, на которые не распространяется минимальная стоимость, а также объектам, строительство которых не было завершено в нормативный срок.
Обращение, отправленное в 2023 году, не будет отражено в справке 2024 года.
Поэтому в 2024 году необходимо повторно подать обращение в случае вычета стоимости износа объекта.


Обращения рассматриваются территориальными налоговыми органами.

*В связи с тем, что 20 января - выходной день (суббота), последний день представления справки по налогу на имущество юрлиц переносится на 22 января.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Soliq ma`murchiligidagi yangiliklar tadbirkorlar va ularning hisobchilariga yetkazilmoqda

Avval xabar berganimizdek, shu kunlarda viloyat soliq boshqarmasi mas’ullari tomonidan joylarda tadbirkorlar uchun soliq va byudjet siyosatining 2024 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlariga bag‘ishlangan seminarlar o‘tkazilmoqda.

🔹Reja grafik asosida olib borilayotgan targ`ibot tadbirlarining navbatdagisi bugun Kogon va Buxoro tumanlarida ham tashkil etildi.

🔹Unda soliq qonunchiligidagi o`zgarishlar mazmun-mohiyati tadbirkorlarga keng tushuntirildi.

🔹Xususan,
soliq majburiyati bo`yicha da`vo qilish muddati 5 yildan 3 yilga qisqartirilganligi;
foyda solig`i bo`yicha har oy bo`nak to`lovlari to`lashi lozim bo`lgan tadbirkorlar daromadining chegaraviy miqdori 10 mlrd. so`m etib belgilanganligi;
o`zini o`zi band qilgan shaxslarga soliq solish tartibini takomillashtirish hamda
QQS zanjirining uzluksizligini ta`minlash borasida kiritilgan yangiliklar tadbirkor hamda hisobchilarga yetkazildi.

🔹Targ‘ibot-tashviqot ishlari ushbu hududlardagi tadbirkorlik sub’yektlarida ham davom etib, unda mutaxassislar tadbirkorlarga soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlarni yetkazish bilan birga ularga faoliyatlarini kengaytirish yuzasidan o‘zlarining zarur maslahatlarini berib o‘tdilar.
E’LON
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Hurmatli soliq toʻlovchilar❗️

🗓 Bugun 18-yanvar kuni viloyat soliq boshqarmasi binosida soliq va byudjet siyosatining 2024-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlariga bag‘ishlangan seminar o‘tkaziladi.

Seminar Soliq qo‘mitasi hamda Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rahbariyati va mas’ullari ishtirokida o‘tkaziladi.

📍Manzil: M.Iqbol ko‘chasi 14-uy.

🕙 Boshlanish vaqti - 11:00

Barcha tadbirkorlarlik subyektlari vakillarini ushbu seminarga taklif qilamiz.

Тelegram | Facebook|Instagram