Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.49K photos
1.59K videos
36 files
4.71K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#новое_в_законодательстве #кешбэк

Установлен лимит на получение 1% кешбэка, НДС возвращается еще по 4 видам товаров


Постановлением Президента (№ПП-13 от 10.01.2024) внесены изменения и дополнения в некоторые нормативно-правовые акты.

Согласно ему:

👉С 1 января 2024 года установлен предельный размер суммы покупок в месяц (60 БРВ) при получении кешбэка в размере 1%;

👉отменен кешбэк за товары, приобретенные по корпоративным картам;

👉физическим лицам, включенным в «Единый реестр социальной защиты», будет возвращаться НДС еще за 4 вида товаров (мука, сахар, лекарственные средства и медицинские услуги);

👉гражданам из «Единого реестра социальной защиты» будет возвращаться НДС за покупки в размере 3,4 млн сумов в месяц (10 БРВ);

👉в чеке покупки необходимо указывать тип банковской карты (корпоративная или личная).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#raqamlashtirish #soliq_tushumlari

Soliqlarning ixtiyoriy to‘lanish darajasi bilan tanishing

Bu borada eng yaxshi ko‘rsatkich Buxoro viloyatiga ham tegishli – 98%;

Shuningdek, eng yaxshi ko‘rsatkich yirik soliq to‘lovchilar, Toshkent shahri va Toshkent viloyatlariga ham tegishli – 98%

2023-yilda respublika miqyosida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan soliq majburiyatlarining ixtiyoriy bajaralishi 97 %ni tashkil etdi.


Тelegram | Facebook|Instagram
Buxoroda soliq va byudjet siyosatining 2024 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlariga bag‘ishlangan seminarlar bo‘lib o‘tmoqda

📌Bugun tasdiqlangan reja-grafikka asosan Qorako‘l tumani tadbirkorlari ishtirokida o‘tgan seminarda aynan shu kabi masalalarga to‘xtalib o‘tildi.

🔹Unda Buxoro viloyati soliq boshqarmasi mas’ul xodimlari yig‘ilganlarga soliq qonunchiligidagi eng so‘nggi yangiliklar va o‘zgarishlar haqida ma’lumotlar berib o‘tdilar.

🔹Jumladan, mazkur seminarda O‘RQ-886- va O‘RQ-891-sonli Qonunlari shuningdek, PF-221- hamda PQ-422-sonli farmon va qarorlar mazmun-mohiyati keng tushuntirildi.

🔹Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot tarzida tashkil etilgan ushbu seminarda mavzu doirasida tayyorlangan qo‘llanmalar va tarqatma materiallari tarqatilib, bu haqida to‘liq ma’lumuot berildi.

🔹Qizg‘in savol-javoblar va muhokamalarga boy tarzda o‘tgan seminarda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.

Тelegram | Facebook|Instagram
BUXORO VILOYATI SOLIQ BOSHQARMASIDA “14-YANVAR - VATAN HIMOYACHILARI KUNI” KENG NISHONLANDI

🔹Bugun Buxoro viloyati soliq boshqarmasida 7258-sonli harbiy qism bilan hamkorlikda “14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan “Vatanimga tayanchman” mavzusida vatanparvarlik bayram tadbiri o‘tkazildi.

🔹Tadbirda 7258-sonli harbiy qism ofiserlari, Buxoro viloyati soliq boshqarmasi hamda hududiy soliq inspeksiyalaridagi studiyalaridan barcha shaxsiy tarkib xodimlari ishtirok etdilar.

🔹Mazkur tadbirdan ko‘zlangan maqsad, soliq xizmati xodimlarini vatanga muhabbat, ezgulik, shukronalik, mehnatsevarlik, milliy va umummilliy qadriyatlarga hurmat ruhini yanada kuchaytirishga hamda bu borada Vatan tuyg‘usini his qilgan holda o‘ziga yuklatilgan vazifani sidqidildan va vijdonan bajarib hurmat va e’tibor topib kelayotgan hamkasblarning tajribasidan keng va samarali o‘rnak olishga qaratildi.

BATAFSIL

Тelegram | Facebook|Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#brifing

2023-yil yakunlari: biznes rivoji va soliq tushumlari

AOKAda Soliq qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i Dildora Xashimova ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#2023_yil_natijalari

QQS maʼmurchiligi

2023-yildan boshlab QQS stavkasining 15 foizdan 12 foizgacha pasaytirilishi tadbirkorlik subyektlari va isteʼmolchilar ixtiyorida 9 trln soʻm mablagʻ qolishiga imkon berdi. QQS maʼmurchiligining toʻgʻri yoʻlga qoʻyilishi natijasida stavka tushirilishiga qaramasdan mazkur soliq turi boʻyicha budjetga 34 trln soʻm mablagʻ toʻlanib, tushumlar oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1,2 trln soʻmga yoki 4% oʻsdi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#14_yanvar — Vatan himoyachilari kuni

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Barcha askarlar, serjant va ofitserlar hamda yurtimizning vatanparvar o‘g‘lonlarini «14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni» munosabati bilan Buxoro viloyati soliq xizmati organlari va o‘z nomimdan samimiy tabriklayman.

O‘z hayotini Vatan himoyasidek ulug‘ ishga bag‘ishlagan, tinch va osoyishta hayotimizni ta’minlash hamda moʻtabar tuprog‘imizni
ko‘z qorachig‘idek asrab-avaylash yo‘lida olijanob va mas’uliyatli burchini munosib ado etib kelayotgan barcha jasur o‘g‘lonlarimizga, shuningdek ularning ota-onalari va oila a’zolariga chin dildan minnatdorlik bildiramiz.

Xalqimizning yuksak ishonchi va hurmat-ehtiromi sizlarga hamisha yor bo‘lsin!


Dilshod Yuldashev,
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i.


Тelegram | Facebook|Instagram
#14_yanvar — Vatan himoyachilari kuni

“Motamsaro ona” haykali poyiga gul qo‘yildi

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 32 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan barcha joylarda bo‘lgani kabi Buxoro viloyatida ham viloyat markazida o‘rnatilgan Motamsaro ona haykali poyiga gulchambarlar qo‘yilib, ehtirom ko‘rsatildi.

Tadbirda viloyat hokimligi, harbiylar, huquqni muhofaza qilish organlari, davlat va jamoat tashkilotlari qatorida viloyat soliq boshqarmasi vakillari ham ishtirok etib, Motamsaro ona haykali poyiga gulchambarlar qo‘ydilar.

Viloyat soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.


Тelegram | Facebook|Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Buxoroda soliq va byudjet siyosatining 2024 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlariga bag‘ishlangan seminarlar bo‘lib o‘tmoqda

📌Tasdiqlangan reja-grafikka asosan Qorako‘l tumani tadbirkorlari ishtirokida o‘tgan seminarda aynan shu kabi masalalarga to‘xtalib o‘tildi.

Тelegram | Facebook|Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Ijara toʻlovining eng kam stavkalari ko‘chmas mulkdan tekin foydalanish shartnomalariga ham tatbiq etiladi. Yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi shartnomalar bundan mustasno.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2024-yil 15-yanvar

- joriy chorakda kutilayotgan foyda summasidan kelib chiqqan holda, boʻnak toʻlovlari summasi toʻgʻrisida maʼlumotnoma taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 340-modda 11-qism).
_____
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️15 января 2024 года последний день

- представления справки о сумме авансовых платежей по налогу на прибыль исходя из ожидаемой суммы прибыли в текущем квартале
(ч.11 ст.340 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#JShODS #YTT

2024-yil 15-yanvar

Yanvar oyi uchun yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan qat'iy belgilangan miqdordagi daromad solig‘i to‘lashning oxirgi kuni.

Qat'iy belgilangan miqdordagi daromad solig‘i ushbu oyda 2023-yildagi stavkalar bo'yicha to'lanadi.

2024-yil uchun belgilangan stavkalar 1-fevraldan kuchga kiradi.
—————
#НДФЛ #индивидуальный_предприниматель

15 января 2024 года:

- последний день уплаты индивидуальными предпринимателями налога на доходы в фиксированном размере за январь.

В этом месяце налог на доходы в фиксированном размере уплачивается по ставкам 2023 года.

Ставки, установленные на 2024 год, вступают в силу с 1 февраля.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#soliq_qonunchilikdagi_yangiliklar

JONDOR TUMANIDAGI TADBIRKORLARGA SOLIQ QONUNCHILIGIDAGI O`ZGARISHLAR MAZMUN-MOHIYATI YETKAZILDI


🔹Shu kunlarda viloyat soliq boshqarmasi mas’ullari tomonidan hududlarda tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar tashkil etilib, ularga soliq va byudjet siyosatining 2024-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlarini yetkazish maqsadida ko‘rgazmali seminarlar tashkil etilmoqda.

🔹Ana shunday seminarlarning navbatdagisi bugun Jondor tumanida ham o‘tkazildi. Unda mazkur tuman hududida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari va inspeksiya xodimlari ishtirok etdilar.

🔹 Seminarda mutaxassislar soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlarga to‘xtalib o‘tdilar.

BATAFSIL

Тelegram | Facebook|Instagram