Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.53K photos
1.6K videos
41 files
4.75K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#Mahallabay

Jondor tumanidagi soliq inspektorlarining faoliyati muhokama qilindi

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i D.Yuldashev bugun Jondor tumani soliq ispeksiyasida shaxsiy tarkib bilan soliq tizimini mahalla darajasiga tushirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni muhokama qildi.

Ta’kilanishicha, Jondor tumanidagi 52 ta mahallaga 22 nafar soliq xizmati xodimlari biriktirilgan bo‘lib, “Mahallalarda soliq organlari faoliyati” axborot tizimi orqali har bir xodimning reytingi kunbay shakllantirilib borilayapti.

Dasturga ko‘ra, tumandagi mahallalarga biriktirilgan 5 nafar soliq inspektorining ko‘rsatkichi past baholangan.
Uchrashuvda boshqarma boshlig‘i ushbu mahalla soliq inspektorlarining faoliyatini tanqidiy muhokama qilib, ularning oldiga yangi tizim doirasida mahalladagi imkoniyatlarni ishga solib, soliq bazasini kengaytirish, noqonuniy tadbirkorlik faoliyatini qonuniylashtirish, qoʻshimcha manbalarni aniqlash hamda oʻzini oʻzi band qilganlarni kichik biznes toifasiga oʻtkazish choralarini ko‘rish kabi yo‘nalishlarda aniq vazifalarni qo‘ydi.

Muhokama jarayonida soliq tizimini mahalla darajasiga tushirish bo‘yicha soliq organlari oldiga qo‘yilgan vazifalar va ushbu vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha manzilli ishlash chora-tadbirlari keng tushuntirildi.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram
Forwarded from Soliq Servis
📣 E'lon!

🇺🇿 Hurmatli foydalanuvchilar, soliqservis.uz elektron hujjat aylanish tizimining yangi va qo'shimcha qulayliklarga ega versiyasi ishga tushirilganligi sababli new.soliqservis.uz tizimidan to‘liq foydalanishga o‘tishingizni so‘raymiz.

❗️2024-yil 10-yanvardan boshlab soliqservis.uz tizimidan foydalanishda cheklov o‘rnatilishini ma’lum qilamiz.

🤝 Hamkorlik uchun minnatdorchilik bildiramiz!

_____________________

📣 Объявление!

🇺🇿 Уважаемые пользователи, связи с предоставлением новой версии системы электронного документооборота soliqservis.uz, просим перейти к пользованию новой системой - new.soliqservis.uz.

❗️С 10 января 2024 года будут внесены ограничения в использовании старой версии системы электронного документооборота soliqservis.uz.

🤝 Благодарим за сотрудничество!

iOS | Android

Facebook | Instagram | Telegram-bot | Veb-sayt
Soliq boshqarmasi boshlig‘ining navbatdagi manzili Jondor tumanidagi mahallalar bo‘ldi

🔹Avval xabar berganimizdek, shu kunlarda Buxoro viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i D.Yuldashev joylarda mahallaga biriktirilgan soliq inspektorlarining faoliyatini yaqindan o‘rganmoqda.

🔹Kecha boshqarma boshlig‘ining navbatdagi manzili Jondor tumani bo‘ldi. Jumladan, D.Yuldashev bu yerdagi “Oxshix”, “Kovchin”, “Namgoni” hamda “Ibn Sino” va “Luqmon” mahallasiga biriktirilgan 2 nafar soliq inspektorining ish joyiga borib ular bilan uchrashdi.

👉BATAFSIL

Тelegram | Facebook|Instagram
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2023-yil 15-dekabr

noyabr oyi uchun:


- hisoblangan va amalda toʻlangan daromadlar summalari hamda JShODSning ushlab qolingan summalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek ijtimoiy soliq hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 389-moddasi 1-qismi, 407-moddasi 4- va 5-qismlari);

- aylanmadan olinadigan soliq hisobotini taqdim etish va soliqni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 470-moddasi 3- va 4-qismi).
_________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️15 декабря 2023 года последний день

за ноябрь:


- представления сведений о суммах начисленных и фактически выплаченных доходов и суммах удержанного НДФЛ, а также представления отчетности и уплаты социального налога
(ч.1 ст.389, ч. 4-5 ст.407 Налогового кодекса);

- представления налоговой отчетности по налогу с оборота по итогам отчетного периода
(ч.3-4 ст.470 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#Sayyor_qabul

📌4-sektor rahbari Qorako‘l hamda Olot tumanlarida sayyor qabul o‘tkazdi

Viloyat 4-sektor rahbari D.Yuldashev sektor hududidagi aholi muammolarini manzilli o‘rganish va ularni qiynab kelayotgan masalalarga yechim topish maqsadida tasdiqlangan reja-jadvalga asosan bugun Qorako‘l tumanidagi “Do‘stlik” hamda Olot tumanidagi “Dilkor” mahallalarida sayyor qabul o‘tkazdi.

Sayyor qabullarda tuman hokimlari, Xalq qabulxonalari mas’ullari, 4-sektor ishchi guruhi hamda tegishli tashkilotlar rahbarlari qatnashdi.


👉Batafsil

Тelegram | Facebook|Instagram
#Sayyor_qabul

📌Kogon shahar

Bugun viloyat 4-sektor rahbari D.Yuldashevning tasdiqlangan reja-jadvalga asosan dastlabki sayyor qabuli Kogon shahridagi «Zirabod» mahallasida «Zirabod», «Nav Zirabod» hamda «Maxtumquli» mahallalari fuqarolari bilan bo‘lib o‘tdi.

Unda Xalq qabulxonasi mudiri, sektor ishchi guruhi hamda tegishli korxona-tashkilotlar rahbarlari va hudud mas’ullari ishtirok etdi.

Qabul davomida 20 dan ziyod fuqarolarning moddiy yordam, elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz, ichimlik suvi ta’minoti, bandlik, sog‘liqni saqlash va boshqa masalalarda qilgan murojaatlariga yechim topishga e’tibor qaratildi.

Murojaatlarning 15 tasi shu yerning o‘zida hal etildi. Vaqt va qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan muammoli murojaatlar sektor rahbarining qat’iy nazoratiga olindi.

Shuningdek, ushbu hududdagi moddiy jihatdan qiynalgan 12 ta oilalar farzandlarini qishki kiyim bilan ta’minlash borasida xayrli ishlar amalga oshirildi.

Тelegram | Facebook|Instagram
#Eslatma

QULAY SOLIQ REJIMINI TANLANG

Bunda:

▫️soliq to‘lovchilarga jami daromadi 500 mln so‘mdan oshmaganda yiliga 20 mln so‘mlik

▫️jami daromad 500 mln so‘mdan oshganda esa yiliga 30 mln so‘mlik qat’iy belgilangan summada soliq to‘lashni tanlash huquqi bor.

Ushbu rejimni taglaganlar uchun qator yengilliklar bor!

▶️ Batafsil bilib oling


Тelegram | Facebook|Instagram
#Sayyor_qabul

📌Kogon tumani

🔹Viloyat 4-sektor rahbari D.Yuldashev tasdiqlangan reja-jadvalga asosan Kogon tumani Xalq qabulxonasi, sektor ishchi guruhi hamda tumanning tegishli korxona-tashkilotlari rahbarlari ishtirokida «O’ba cho‘li» mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi.

🔹Sayyor qabulda fuqarolardan asosan ishga joylashish, sog‘liqni saqlash, imtiyozli bank kreditlaridan foydalanish, moddiy yordam, elektr energiyasi, tabiiy va suyultirilgan gaz kabi masalalarda 10 dan ortiq murojaatlar kelib tushdi.

🔹Barcha murojaatlar tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, ularning 8 tasi shu yerning o‘zida hal etildi. Muddat talab etiluvchi masalalarning ijrosini ta’minlash maqsadida tegishli mutasaddilarga biriktirilib, nazoratga olindi.

Тelegram | Facebook|Instagram
#etirof

Soliq qo‘mitasi “Eng namunali vazirlik va idora” tanlovi g‘oliblari qatorida


Bugun, 15-dekabr kuni poytaxtimizdagi “Turkiston” san’at saroyida “Eng namunali vazirlik va idora” tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tanlov Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tomonidan har yili ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ishlarga munosib baho berish va rag‘batlantirish maqsadida o‘zkaziladi.

Joriy yilda ham o‘z tizimida ushbu yo‘nalishda namunali ishlarni yo‘lga qo‘ygan bir qator vazirlik va idoralar taqdirlandi.

Xususan, soliq xizmati organlarida tashkil etilgan maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlar, sogʻlom ijtimoiy muhit hamda xodimlarning islohotlarga daxldorlik hissini kuchaytirish boʻyicha amaliyotga joriy etilgan samarali loyihalar munosib baholanib, Soliq qo‘mitasi “Eng namunali vazirlik va idora” Respublika tanlovida 2-o‘ringa loyiq deb topildi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#AOS

Kimlar AOS to‘lovchi deb e’tirof etiladi?

🔹soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan jami daromadi 1 mlrd so‘mdan oshmagan O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari;
🔹soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadi 100 mln so‘mdan oshgan, lekin 1 mlrd so‘mgacha bo‘lgan YaTTlar.

AOS kimlarga nisbatan tatbiq etilmaydi?

🔸 O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib kirish (import)ni amalga oshiruvchi yuridik shaxslar va YaTTlarga;
🔸aksiz solig‘i to‘lanadigan tovarlar (xizmatlar)ni ishlab chiqaruvchi va foydali qazilmalarni kavlab olishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarga;
🔸yuridik shaxslar — qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga, basharti ularda 25 gektar va undan ortiq sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi ekin maydoni mavjud bo‘lsa;
🔸benzin, dizel yoqilg‘isi va gazni realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarga;
🔸lotoreyalarni tashkil etish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarga;
🔸oddiy shirkat ishlarini yuritish o‘z zimmasiga yuklatilgan ishonchli shaxsga — oddiy shirkat shartnomasi doirasida amalga oshirilayotgan faoliyat bo‘yicha;
🔸bo‘sh turgan binolar, yashash uchun mo‘ljallanmagan inshootlar va qurilishi tugallanmagan obyektlar, shuningdek foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarining mulkdori bo‘lgan yuridik shasxlarga, ulardan samarasiz foydalanilayotganligi bo‘yicha qonunda belgilangan tartibda xulosa kiritilganda;
🔸markazlashtirilgan moliyalashtirish manbalari hisobidan obyektlarni (joriy va kapital ta’mirlash bundan mustasno) qurishni bajaruvchi yuridik shaxslarga;
🔸alkogol mahsulotlari, shu jumladan pivoni chakana sotish bo‘yicha turg‘un savdo shoxobchalariga;
🔸bozorlarga va savdo komplekslariga;
🔸 soliq maslahatchilarining tashkilotlariga;
🔸 auditorlik tashkilotlariga;
🔸 notijorat tashkilotlariga, shu jumladan budjet tashkilotlariga.

👉Soliq kodeksi 461-modda

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads