Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.18K subscribers
8.69K photos
1.9K videos
51 files
5.7K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221-26-89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#mahallabay

Boshqarma boshlig‘i “Rabotak” va “Oybek” mahallasiga biriktirilgan soliq inspektorining ish faoliyatini o‘rgandi


🔹Bugun viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i Buxoro tumanida eng past ko‘rsatkichni tashkil etgan soliq inspektorining mahallasida bo‘lib, uning faoliyatini tanqidiy o‘rgandi.

🔹Qayd etilishicha, “Rabotak” va “Oybek” mahallalariga biriktirilgan ushbu soliq inspektorining bugungi ish reytingi 60,9 foizni tashkil etyapti.

👉BATAFSIL

Тelegram | Facebook|Instagram
#Sayyor_qabul
#Buxoro_tumani

Shu kunlarda viloyat 4-sektor rahbari D.Yuldashev sektor hududidagi aholi muammolarini manzilli o‘rganish va ularni qiynab kelayotgan masalalarga yechim topish maqsadida joylarda sayyor qabullar o‘tkazmoqda.

Bugun sektor rahbari Buxoro tumani Xalq qabulxonasi mudiri bilan birgalikda ushbu hududdagi “Yangi turmush” mahallasida fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolar o‘rganib ularni hal qilish choralari ko‘rdi.
Qabulda 10 dan ortiq murojaat kelib tushdi.

Murojaatlarning 6 tasi joyida hal etildi. Jumladan, 2 nafar fuqaroning murojaatiga ko‘ra imtiyozli kredit asosida shu yerning o‘zida yuk tashishga mo‘ljallangan motosikl yetkazib berildi.

Shuningdek, tibbiy va moddiy yordamlar hamda imtiyozli kredit asosida tikuv mashinasi olib berish kabi murojaatlar ham hal etiladigan bo‘ldi.
Muddat talab qilgan 4 ta murojaatni ham qisqa muddatlarda belgilangan tartibda o‘rganib chiqish va ijobiy hal etish choralarini ko‘rish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Sektor rahbari murojaatlarni to‘liq va belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilishini o‘z nazoratiga oldi.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Buxoro viloyatida tegishli davlat idoralari bilan hamkorlikda soliq qarzdorliklarini undirish bo‘yicha qo‘shma tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram
#Sayyor_qabul
#Jondor_tumani

Bugun kunning ikkinchi yarmida viloyat 4-sektor rahbari D.Yuldashev tasdiqlangan reja-jadvalga asosan Jondor tumani soliq inspeksiyasi binosida tuman Xalq qabulxonasi mudiri bilan hamkorlikda “Zarafshon” mahallasi aholisini qiynab kelayotgan muammolarini hal etish yuzasidan sayyor qabul o‘tkazdi.

Sayyor qabulda sektor ishchi guruhi hamda tegishli korxona-tashkilotlar rahbarlari va tuman mas’ullari jalb etilib 10 dan ziyod murojaatlar ko‘rib chiqildi.

Qabulda fuqarolar tomonidan
bandlik, uy-joy, kommunal-xo‘jalik, tadbirkorlik, moddiy yordam, sog‘liqni saqlash va boshqa masalalarda yordam so‘rab murojaat qilindi.

Murojaatlarning 4 tasi shu yerning o‘zida hal etildi. Shuningdek, kundalik ehtiyojda zarur bo‘lgan oziq-ovqat va maishiy vositalar so‘rab murojaat qilgan 2 nafar fuqaroga ham amaliy yordam ko‘rsatildi.

Vaqt va qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan muammoli murojaatlar sektor rahbarining qat’iy nazoratiga olindi.


Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.
Tadbirkorlar o‘rtasida “Buxoro viloyat soliq boshqarmasi kubogi” uchun futbol musobaqalari boshlandi

🔹Buxoroda “Soliqchi — tadbirkorga ko‘makchi” shiori ostida tadbirkorlar o‘rtasida “Buxoro viloyat soliq boshqarmasi kubogi” uchun mini futbol musobaqalari o‘tkazilmoqda.

🔹Viloyat soliq boshqarmasi hamda “Bunyodkor Kids Buxara” futbol klubi hamkorligida o‘tkazilayotgan mazkur musobaqada viloyatimizning turli hududlarida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik subyektlari hamda tashkilotlarning jamoalari o‘zaro kuch sinashadilar.

Mazkur futbol musobaqasining dastlabki turida “The Palov”, “Zaxratun”, “Shoxsaroy”, “Rozmarin” hamda “Bux inavatsion tibbiyot texnikumi” jamoalari maydonga tushadilar.

🔹Musabaqaning final o‘yinlari 17 dekabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.


Тelegram | Facebook|Instagram