Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.06K subscribers
7.57K photos
1.61K videos
43 files
4.8K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#4_sektor

4-sektor hududlarida mahalla tibbiyot punktlari foydalanishga topshirildi

Aholiga sifatli birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatish, olis hududlardagi fuqarolarni uzog‘ini yaqin qilish maqsadida mahallarda tibbiyot punktlari tashkil etilmoqda.

Kuni-kecha Vobkent tumani 4-sektor hududiga qarashli “Niyozxo‘ja” MFY hamda Peshku tumanidagi “Bog‘imuso” mahallalari aholisi uchun “Mahalla tibbiyot punkti” foydalanishga topshirildi.

Tibbiyot punktlari zarur laboratoriya jihozlari va kerakli dori-darmonlar bilan to‘liq ta’minlanib, aholiga shu yerning o‘zida tibbiy xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratildi.

Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook | Youtube|
#imtiyoz

2022-yil yanvar-iyun oylarida “E-ijara” tizimida talabalarga uy-joylarni ijaraga bergan fuqarolarga 6,1 mlrd so‘m imtiyoz qo‘llanildi

👆Infografikada 2022-yil I yarmida jismoniy shaxslarning daromad solig‘i bo‘yicha qo‘llanilgan imtiyozlar tahlili bilan batafsil tanishing

👉Talabalar bilan tuzilgan ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini E-ijara xizmatida hisobga qo‘yish mumkin

👉Ijara shartnomalarini hisobga qo‘yishda talabalardan elektron raqamli imzo talab etilmaydi

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Forwarded from BUXORO.UZ | Rasmiy kanal
#Диққат_танлов

📢📢 Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлиси ҳузуридаги нодавлат нотижорат ташкилотларни ва фуқаролик жамиятининг бошқа институтларини қўллаб-қувватлаш жамоат фонди давлат гранти ва давлат ижтимоий буюртмаси учун танловларни эълон қилади.

▫️«Ногиронлиги бўлган шахсларнинг ижтимоий-маънавий қўллаб-қувватлаш» мавзусида давлат грантлари ажратиш учун 3-танлов.

▫️«Маҳаллаларда ободликни таъминлаш, соғлом турмуш тарзини, тиббий ва экологик маданиятини юксалтириш» мавзусида давлат грантлари ажратиш учун 4-танлов;

▫️2022 йилда ННТ ва фуқаролик жамиятининг бошқа институтлари ўртасида муҳим ижтимоий аҳамиятга молик лойиҳаларни амалга оширишга давлат ижтимоий буюртмаларини тақдим этиш учун қайта танлов.

❗️Танловларда иштирок этиш учун аризалар жорий йилнинг 31 августига қадар қабул қилинади!

Маълумот учун телефонлар: (0-371) 239-26-76, 239-26-86.

Buxoro.uz | Facebook | Instagram | YouTube
#stol_tennisi

O‘zbekistonda stol tennisini yana-da rivojlantirish bo‘yicha dolzarb vazifalar belgilandi

Joriy yilning 2-avgust kuni
Davlat soliq qo‘mitasida O‘zbekiston stol tennisi Federatsiyasi Raisi Sherzod Davlyatovich Kudbiyev rahbarligida Federatsiyaning navbatdan tashqari saylov Konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vaziri A.Ikramov, Milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi O.Kasimov, mutaxassislar, murabbiylar, sportchilar va hakamlar, shuningdek, Davlat soliq qo‘mitasi markaziy apparati va hududiy davlat soliq boshqarma boshliqlari (videokonfrensaloqa platformasi orqali) ishtirok etdi.

Kun tartibida Federatsiya Ustavi va tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash, jumladan, Federatsiya Bosh kotibi, Ijrochi direktori, Rais o‘rinbosarlari va hududiy bo‘linmalar rahbarlarini tayinlash, shuningdek, sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etish masalalari ko‘rib chiqildi.

Federatsiya Bosh kotibi lavozimiga Sherzod Pardayev, Ijrochi direktor lavozimiga Oybek Muzafarov nomzodlari bir ovozdan tasdiqlandi. Shuningdek, Federatsiya raisining o‘rinbosarlari tanishtirildi.

Konfrensiya davomida sohani rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar, kechiktirib bo‘lmaydigan vazifalar belgilab olindi.

Batafsil

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#infografika

Respublikamizda 2022-yil yanvar-iyun oylarida xodimlarga 82,5 trln so‘mga yaqin ish haqi hisoblangan

💰Shu davrda rasman 5,4 mln nafarga yaqin xodimga ish haqi hisoblangan.

📊O‘rtacha oylik ish haqi qariyb 2,8 mln so‘mdan to‘g‘ri kelmoqda.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Soliq qoʻmitasi Raisi bilan suhbat

📌 Siz tadbirkor boʻlsangiz sizda albatta soliqlarga oid savollaringiz boʻladi. Ularga soliq qoʻmitasi Raisidan javob olish imkoniyati mavjud.

2-avgust kuni (bugun) 19:00 da boʻlib oʻtadigan jonli efirda Sherzod Kudbiyev mehmon boʻladilar.

📝 Izohlarda sizni qiynayotgan savollarni yozib qoldiring, savollarni korxona STIRʼini koʻrsatgan holda yozsangiz, muammoni aniqroq koʻrib chiqib, yechimlar berishga harakat qilamiz.

Koʻrsatuvni oʻtkazib yubormang, barcha tadbirkor doʻstlaringizga ulashing!

👉 https://youtu.be/kdXdvBa0H5o

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#4_sektor

📌 #Oramizdagi_odamlar loyihasining bugungi mehmoni kogonlik Nasiba Olimova.

Qahramonimizning imkoniyati cheklangan bo‘lishiga qaramay berilgan ko‘maklardan samarali foydalanmoqda.

Ham farzand tarbiyasi ham tadbirkorlik qilishga o‘zida kuch topgani ko‘pchilikni hayratlantirsa ajab emas. Oldiga qo‘ygan maqsadlari katta.

To‘rt muchasi sog‘ bo‘lsa ham hayotdan noliydiganlar uchun ibrat.

Videoni oxirigacha ko‘rganingizdan keyin o‘zingiz hammasini tushunasiz.

Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook | Youtube|