Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.47K photos
1.59K videos
36 files
4.7K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 28 76,
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
Bilasizmi?

Axborot almashinuvi faqat soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali amalga oshiriladi O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining rasmiy veb-saytiga joylashtirilgan axborot resursi soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti hisoblanadi.

Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda, soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetidan soliq to‘lovchilar va soliq organlari o‘z huquqlari hamda majburiyatlarini elektron tarzda amalga oshirishi uchun foydalanilishi mumkin. Qonunda nazarda tutilgan hollarda, boshqa manfaatdor shaxslar ham ushbu axborot resursi orqali elektron hujjatlar almashinuvini amalga oshirishi mumkin.

Soliq organlari tomonidan soliq to‘lovchilarga va soliq to‘lovchilar tomonidan soliq organlariga yuboriladigan elektron hujjatlarning ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi. Har bir soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti ushbu soliq to‘lovchi soliq organlarida hisobga qo‘yilganidan keyin shakllantiriladi.

Soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetidan foydalanish soliq to‘lovchi tomonidan ixtiyoriy tartibda (bundan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar mustasno) amalga oshiriladi. Bunda soliq organlari hamda soliq to‘lovchilar bo‘lgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar o‘rtasidagi axborot almashinuvi faqat soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali amalga oshiriladi.
👉Batafsil: 56-modda


Тelegram | Facebook|Instagram
#Yashil_makon

Qorovulbozor tumanida soliq inspeksiyasi xodimlari cho‘l iqlimiga mos ko‘chatlar ekmoqdalar

Mamlakatimizda ekologiya tizimini barqarorlashtirish, atrof-muhitni muhofaza qilish va ko‘kalamzorlashtirish bugungi kundagi eng dolzarb masalalardan biridir.

Bu borada barcha joylarda bo‘lgani kabi Buxoroda ham “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hududning iqlim va tuproq sharoitiga mos bo‘lgan mevali hamda manzarali ko‘chatlar ekilishiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shu maqsadda viloyatdagi barcha korxona va tashkilotlar tomonidan “Yashil belbog‘”lar barpo etish borasida muayyan ishlar olib borilmoqda.

Ushbu loyiha doirasida Qorovulbozor tumani soliq inspeksiyasi xodimlari ham bugun soliq idorasi atrofidagi bo‘sh yer maydonlariga 400 tup turli xildagi manzarali ko‘chatlar ekdilar.

Soliq xodimlarining hududlarni yashil makonga aylantirishdek xayrli ishlarda faol ishtiroki davom etmoqda.

Тelegram | Facebook|Instagram
Soliq xizmati organlarida "Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi" doirasida viloyat soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik boʻlimi tomonidan soliq inspeksiyalari va tadbirkorlik subyektlarida profilaktik tadbirlar davom etmoqda.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari ishtirokida ana shunday tadbirlar Buxoro shahar soliq inspeksiyasi shaxsiy tarkibi hamda Romitan tumani tadbirkorlari o‘rtasida ham tashkil etildi.

Buxoro shahar soliq inspeksiyasida o‘tkazilgan uchrashuvda so‘zga chiqqanlar korrupsiya va uning salbiy oqibatlari, shuningdek, soliq tizimida uchrashi mumkin bo‘lgan korrupsion jinoyatlar haqida batafsil ma’lumot berdilar.

Romitan tumanida tadbirkorlar bilan o‘tkazilgan tadbirda davlat hamda jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot ishlari olib borildi.

Tadbirda ishtirokchilarga korrupsiya to'g'risida xabar berish yuzasidan “Ishonch raqamlari” va maxsus telegram bot manzillari ko‘rsatilgan qo'llanmalar tarqatildi.

Тelegram | Facebook|Instagram
BILASIZMI

Barqarorlik reytingi yuqori boʻlgan tadbirkorlar uchun ortiqcha toʻlangan soliqlarni qaytarish 3 kun ichida (QQSdan tashqari) amalga oshiriladi.

Boshqa soliq toʻlovchilar uchun - 15 kun ichida qaytariladi.
👉Soliq kodeksining 104-moddasi

Eng yuqori “AAA” toifadagi reytingga ega tadbirkorlarda:

▪️soliq tekshiruvlari oʻtkazilmaydi, jinoyat ishlari doirasida oʻtkazilgan tekshirishlar bundan mustasno.
👉Soliq kodeksining 137-moddasi

▪️QQS summasi 1 kun ichida qoplab beriladi, shu bilan birga kameral soliq tekshiruvi oʻtkazilmaydi.
👉Soliq kodeksining 274-moddasi

👉Batafsil

Тelegram | Facebook|Instagram
#4_sektor

Sektor rahbarlariga ularning faoliyati samaradorligini baholash tartibiga kiritilgan o‘zgarishlar etkazildi

Jondor tumanida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Buxoro viloyati filiali tashabbusi bilan “Sektor rahbarlari faoliyati samaradorligini baholash tartibiga kiritilgan o‘zgarishlar” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

3- va 4-sektor rahbarlari, sektor kotiblari hamda “mahalla”yettiligi” ishtirok etgan ushbu seminarda hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda mas’ullarning o‘rni, sektorlar faoliyatini baholash reytingi, baholash tartibi va ko‘rsatkichlariga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Unda sektor rahbarlarining samaradorlik ko‘rsatkichlari tahliliga ham e’tibor qaratilib, bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Buxoro viloyati filiali ma’sul xodimi M.Samadov tomonidan ularga tahlillar asosida tegishli tavsiyalar berildi.

Тelegram | Facebook|Instagram
#raqamlashtirish #soliq_tekshiruvi

Buxoroda
2024-yil yanvar-oktabr oylari davomida 1 966 ta soliq to‘lovchiga nisbatan kameral soliq tekshiruvlari o‘tkazilgan

o‘tkazilgan kameral soliq tekshiruvlari natijalari


Ushbu tekshiruvlar natijasida 413,8 mrld soʻm tafovutlar aniqlangan hamda soliq to’lovchilarga tafovutlar toʻgʻrisidagi talabnoma yuborilgan.

BATAFSIL

Тelegram | Facebook|Instagram
#eʼlon #kubok #stol_tennisi

🔹Stol tennisi ishqibozlari diqqatiga!

Oʻzbekiston Respublikasi sport vazirligi, Soliq qo'mitasi hamda Oʻzbekiston stol tennisi federatsiyasi hamkorligida 2-6 dekabr kunlari Buxoro viloyatida 🏓stol tennisi boʻyicha U-19 🏆 “OʻZBEKISTON KUBOGI” musobaqasiga START beriladi.

Musobaqada mamlakatimizning 14 hududidan 200 dan ziyod 19 yoshgacha bo'lgan professional sportchilar bahslarga kirishadi.
Sportchilarni qoʻllab quvvatlashga barchani taklif etamiz.

Oʻzbekiston stol tennisi federatsiyasi axborot xizmati

Тelegram | Facebook|Instagram
#raqamlashtirish
#tekshiruvdan_oldingi_tahlil

Buxoroda 2024-yil yanvar-oktabr oylarida o‘tkazilgan tekshiruvdan oldingi tahlillar natijasida 4 771 ta korxona tomonidan ko’paytirishga qayta hisobotlar taqdim etilgan va 59,3 mlrd soʻm soliqlar hisoblangan.

BATAFSIL

Тelegram | Facebook|Instagram
#raqamlashtirish #EHF

Buxoroda Joriy yilning 10 oyida tadbirkorlarning EHF orqali tovar aylanmasi 31,1 trln so‘mni tashkil etdi

Elektron hujjat aylanish tizimi operatorlari yordamida rasmiylashtirilgan EHFlar bo‘yicha 👉batafsil

Тelegram | Facebook|Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#налоговая_проверка

Выездная налоговая проверка проводится, если:

✔️системой установлен риск совершения нарушения налогового законодательства;

✔️от физических или юридических лиц поступило обращение о фактах нарушения налогового либо валютного законодательства;

✔️ в СМИ опубликованы сведения о налоговых и валютных правонарушениях;

✔️нужно получить дополнительные сведения в процессе камеральной налоговой проверки;

✔️нужно провести дополнительные мероприятия налогового контроля в процессе постановки плательщиков НДС на специальный регистрационный учет в налоговых органах;

✔️налогоплательщик не представил или не полностью представил сведения или документы в на запрос налогового органа, отправленный в процессе осуществления мониторинга за обоснованностью проведения валютных операций;

✔️информация судебных, правоохранительных органов, а также других государственных органов и организаций свидетельствует о налоговых и валютных правонарушениях.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#налоговая_проверка

❗️Если к вам пришли на проверку, запросите приказ налогового органа.

Проверить его подлинность можно через QR-код в мобильном приложении Soliq.

Когда на предпринимателя поступает жалоба на невыдачу чека через систему "Налоговый партнер", налоговый орган сначала проводит контрольную закупку. Если факт правонарушения подтвердится, проводится выездная налоговая проверка.

Если в процессе проверки на предпринимателя поступает другая жалоба, то это обращение уже не рассматривается.

По результатам выездной налоговой проверки составляется акт и принимается решение.

Решение налогового органа можно обжаловать.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yashil_makon

“Yashil makon”
- umummilliy loyihasi doirasida 4-sektordagi “Xo‘ja bargi” mahalla fuqarolar yig‘inida “Kogon shahar 4-sektor bog‘i” tashkil etilmoqda.

🌳 Kogon shahar Soliq inspeksiyasi xodimlari bugun mazkur bog‘da 500 tup mevali hamda manzarali ko‘chatlar ekishdi. Rejaga muvofiq ushbu joy aholining qulay dam olish maskaniga aylantiriladi.

Тelegram | Facebook|Instagram
BILASIZMI

Soliq hisoboti o‘z vaqtida taqdim etilmasa…


Soliq hisobotini o‘z vaqtida taqdim etmaganlik uchun soliq to‘lovchi bo‘lgan yuridik shaxsning mansabdor shaxsi yoki soliq to‘lovchi bo‘lgan jismoniy shaxs ma’muriy javobgarlikka tortiladi.
👉Soliq kodeksi 220-modda

Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga muvofiq, soliq hisobotlarini o‘z vaqtida taqdim etmaslik:

🔹YATTlarga – BHM*ning 3 baravari miqdorida,

🔹Yuridik shaxsning rahbariga – BHMning 10 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
👉MJTK 175-modda 2-qismi

Тelegram | Facebook|Instagram
#QQS

QQSni qaytarib olish uchun ariza shart emas. Salbiy summani hisobotda ko‘rsatish kifoya

Soliq to‘lovchi QQS salbiy farq summasini qaytarib olish uchun alohida ariza taqdim etmasdan QQS hisobotini taqdim etish jarayonida ushbu summani ko‘rsatib o‘tish orqali soliq organlarini xabardor qilishi mumkin.

Buning uchun hisobot shaklining “Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi to‘g‘risida ma’lumot” bo‘limida tegishli jadval joylashtirilgan. Sariq katakchalarda ma'lumotlar avtomatik ravishda to'ldiriladi. Ko'k kataklarga quyidagilar qo'lda kiritilishi lozim:
🔹qaytarilishi talab etiladigan soliq summasi;
🔹QQS salbiy farq summasini kelgusi to‘lovlar uchun hisobga olish talabi;
🔹qaytarishning tartibi: umumiy yoki tezlashtirilgan.

Soliq organlari murojaatlarni ma'lumot olingan kundan boshlab umumiy tartibda 30 kun ichida, tezlashtirilgan tartibda esa 7 kundan kechiktirmay ko‘rib chiqadi va salbiy farq summasi qaytarilishi (yoki qaytarish rad etilganligi) haqida soliq to'lovchining shaxsiy kabinetiga qaror nusxasini yuboradi.
👉Kimlar QQSni tezlashtirilgan tartibda qaytarib olishga haqli?

Shunindek, barqarorlik reyting “AAA” toifadagi tadbirkorlik subyektlariga QQS summasi o‘rnini qoplash (qaytarish) bir kun muddatda tekshiruvlarsiz avtomatlashtirilgan tartibda amalga oshiriladi.

Тelegram | Facebook|Instagram
SAVOL: - Yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati qanday to'xtatib turiladi

📌JAVOB: - Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish (faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turish, tugatish) Davlat xizmatlari markazlari tomonidan amalga oshiriladi.
👉Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom

Yuqoridagi qonunchilikka ko‘ra yakka tartibdagi tadbirkor sifatidagi faoliyatingizni vaqtincha toʻxtatib turish uchun Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilishingiz lozim.

Тelegram | Facebook|Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#налоговая_проверка

Как проводится налоговый аудит?

За 10 месяцев налоговые аудиты охватили только 0,27% от общего числа налогоплательщиков.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#soliq_taqvimi

🗓 23-noyabr dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelganligi sababli, soliq qonunchiligiga ko‘ra ushbu sanada to‘lanishi belgilangan soliqlarni toʻlashning oxirgi muddati 25-noyabrga ko‘chiriladi.

📌Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi 1-ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.
👉
Soliq kodeksi 5-modda
👉
Soliq kodeksi 86-modda
______
#календарь_налогоплательщика

🗓 В связи с тем, что 23 ноября - выходной (нерабочий) день, крайний срок уплаты налогов, установленный налоговым законодательством в этот день, переносится на 25 ноября.

📌Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним 1 рабочий день.
👉
ст.5 НК
👉
ст.86 НК

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X|Threads