Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.51K photos
1.6K videos
40 files
4.74K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2024-yil 23-avgust

avgust oyi uchun:


- jami daromadi joriy soliq davridan oldingi soliq davri uchun kiritilgan tuzatishlar hisobga olingan holda 10 mlrd soʻmdan oshadigan foyda soligʻi toʻlovchilari har oylik boʻnak toʻlovlarini toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 340-modda 2-qism).
_____________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️23 августа 2024 года - последний день

за август:

- уплаты ежемесячных авансовых платежей по налогу на прибыль налогоплательщиками, у которых совокупный доход с учетом корректировок за налоговый период, предшествующий текущему налоговому периоду, превышает 10 млрд сумов
(ч.2 ст.340 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
Muqobil energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatganlarga soliq imtiyozlari beriladi

Qayta tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini o‘rnatgan jismoniy va yuridik shaxslar mol-mulk va yer solig‘i hamda umumiy tarmoqqa sotilgan elektr energiyasi bo‘yicha foyda solig‘idan 3 yil muddatga, elektr energiyasini saqlash tizimi bilan o‘rnatilgan bo‘lsa – 10 yil muddatga ozod etiladi.

🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
#ochiq_muloqot

Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan ochiq muloqotida ilgari surilgan eng muhim tashabbuslar va tadbirkorlik uchun yaratilayotgan yangi imkoniyatlar
__________
#открытый_диалог

Важнейшие инициативы и новые возможности для предпринимательства, выдвинутые в ходе открытого диалога Президента Шавката Мирзиёева с предпринимателями

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#foyda_soligi #imtiyoz

Foyda solig‘ining pasaytirilgan stavkasini kimlar qo‘llashi mumkin?

🔹F
oyda soligʻini 7,5% (pasaytirilgan ) stavkada qoʻllashga haqli:

▪️ Jami daromadi 10 mlrd soʻmdan oshmagan, ilk marotaba* foyda soligʻini toʻlashga oʻtgan AOS toʻlovchilar. Pasaytirilgan stavka soliq toʻlashga oʻtgan yildan keyingi soliq davrida** qoʻllaniladi.

Misol uchun, korxona 2023-yil I chorak yakuni bilan ilk marotaba foyda soligʻini toʻlashga oʻtgan bo‘lsa, keyingi soliq davri (2024-yil)da foyda soligʻini 7,5 % stavkada to‘laydi.

▪️ Jami daromadi ilk marotaba* 10 mlrd soʻmdan oshgan QQS to‘lovchilari. Pasaytirilgan stavka joriy va keyingi yil uchun qoʻllaniladi. Ushbu yillarda jami daromad 100 mlrd soʻmdan oshmasligi lozim.

Misol uchun, 2024-yil yanvarda faoliyati davomida jami daromadi ilk marotaba 10 mlrd soʻmdan oshgan korxona 2024-2025-yillarda foyda solig‘ini 7,5 % stavkada to‘laydi.

🔹Mazkur imtiyoz quyidagilarga tatbiq etilmaydi:
▫️yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq to‘lovchilari;
▫️aksiz soligʻi toʻlovchilari;
▫️soliq toʻlovchi tugatilganda;
▫️pasaytirilgan soliq stavkasini qoʻllash uchun ikki va undan ortiq tadbirkorlik subyekti oʻrtasida soliq toʻlovchining tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan daromadlarini ajratish (boʻlish) faktlari aniqlanganda.
👉 Soliq kodeksi 337-modda 11-qism

*mazkur soliq imtiyozi 2022-yil 1-sentabrdan keyingi davrlar uchun amal qiladi
**foyda soligʻining soliq davri
kalendar yil.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi #mol_mulk_soligi #yer_soligi

Soliq kodeksining 423- va 440- moddalariga muvofiq, jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini 15-aprel va 15-oktabrga qadar teng ulushlarda to‘lashi lozim.

Hozirda fuqarolarga obyektlari uchun hisoblangan mol-mulk va yer soliqlari toʻgʻrisidagi SMS-xabarnoma yuborilmoqda.

📲Siz Soliq mobil ilovasi orqali 2024-yil uchun hisoblangan mol-mulk va yer soliqlari haqida ma'lumot olishingiz hamda to‘lovlarni amalga oshirishingiz mumkin.

❗️Avvalgi yillarda to‘lanmay qolgan soliq summasi ilovada qarzdorlik sifatida ko‘rsatilgan.

👉 Soliqlarini Soliq mobil ilovasida to‘lashning qanday qulaylik va afzalliklari bor?

👉 Jismoniy shaxslarga soliq to'lash haqida xabarnomalar yetkazilmoqda

🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
#onlayn_NKT

Xaridorlarga QR-kodli chek berilishi shart

❗️Tadbirkorlik subyektlari onlayn-NKM va virtual kassalardan foydalanishi hamda mijozlarga QR-kod va fiskal belgili chek taqdim etishlari shart.

🧾 Bunday cheklar xarid to‘lov terminal orqali yoki naqd pulda amalga oshirilishidan qat'i nazar xaridorga beriladi.

👉 PF-5813-son 06.09.2019-yil

Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda elektron to‘lov tashkiloti va (yoki) elektron tijorat platformalari (marketpleys) orqali elektron fiskal chek taqdim qilinadi.
👉 VMQ-943 23.11.2019


🚫
Nazorat-kassa texnikasini qo‘llamasdan savdoni amalga oshirganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik, xaridorga chek bermasdan tovarlarni realizatsiya qilganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik soliq huquqbuzarligi sanaladi va belgilangan tartibda javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi.
👉Soliq kodeksi 221-modda

Sotuvchi va xaridor o‘rtasida tovar yoki xizmatlar uchun xarid cheki bermasdan P2P o‘tkazmalari (bir jismoniy shaxsning kartasidan boshqa jismoniy shaxsning kartasiga) orqali hisob-kitob qilish noqonuniy hisoblanadi.

Chek berilmaganligi uchun Soliq mobil ilovasining “Soliq hamkor” bo‘limi orqali shikoyat yo‘llash mumkin.
Olti oy davomida chek bermaslik yuzasidan 45,5 mingga yaqin murojaat kelib tushgan.
__________
#онлайн_ККТ

Покупателям должны выдавать чек с QR-кодом

❗️
Субъекты предпринимательства обязаны использовать онлайн-ККМ и виртуальные кассы и выдавать покупателям чек с QR-кодом и фискальной отметкой.

🧾 Такой чек выдаётся покупателю как при оплате наличными, так и через терминал.

👉№ УП-5813 от 06.09.2019 г.

При осуществлении денежных расчетов с населением через электронные платежные организации или платформы электронной коммерции (маркетплейсы) предоставляется электронный фискальный чек.
👉ПКМ № 943 от 23.11.2019 г.

🚫Осуществление торговли и оказание услуг без применения контрольно-кассовой техники, реализация товаров и оказание услуг без выдачи чека покупателю считается налоговым правонарушением и является основанием для привлечения к ответственности в установленном порядке.
👉ст.221 НК

Осуществление расчетов через P2P-переводы (с карты одного физического лица на карту другого физлица) за товары или услуги между продавцом и покупателем без выдачи чека противоречит налоговому законодательству.

Подать жалобу на невыдачу чека можно в разделе "Налоговый партнер" в мобильном приложении Soliq.
За полгода поступило почти 45,5 тысяч жалоб на невыдачу чека.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#e_ijara

Buxoroda 22 000 dan ortiq ko‘chmas mulk ijara shartnomasi soliq organlarida hisobga qo‘yildi

🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
#sayyor_qabul

4-sektor rahbari Olot tumanida sayyor qabul o‘tkazdi

Buxoro viloyati 4-sektor rahbari D.Yuldashev Olot tumanidagi "Usmonshayx" mahallasida sektor rahbarlari, xalq qabulxonasi, sektor ishchi guruhi hamda tuman bandlikka ko‘maklashish markazi vakillari ishtirokida sayyor qabul o‘tkazdi.

Aholining muammo va murojaatlariga yechim topishga qaratilgan ushbu sayyor qabulda shu yerlik fuqarolardan 16 ta murojaat kelib tushdi.

Murojaatlarning 10 tasi shu yerning o‘zida ijobiy hal etildi va qolgan 6 ta murojaatning yechimi qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab etgani bois ularning ijrosiga mas’ullar biriktirilib, sektor rahbarining nazoratiga olindi.

Shuningdek, qabul davomida 2 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga oziq-ovqat mahsulotlari ulashildi.

🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn_NKT

Xaridorlarga QR-kodli chek berilishi shart

Tadbirkorlik subyektlari onlayn-NKM va virtual kassalardan foydalanishi hamda mijozlarga QR-kod va fiskal belgili chek taqdim etishlari shart. Bunday cheklar xarid to‘lov terminal orqali yoki naqd pulda amalga oshirilishidan qat'i nazar xaridorga beriladi.
👉 PF-5813-son 06.09.2019-yil

Aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda elektron to‘lov tashkiloti va (yoki) elektron tijorat platformalari (marketpleys) orqali elektron fiskal chek taqdim qilinadi.
👉 VMQ-943 23.11.2019


Nazorat-kassa texnikasini qo‘llamasdan savdoni amalga oshirganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik, xaridorga chek bermasdan tovarlarni realizatsiya qilganlik va xizmatlar ko‘rsatganlik soliq huquqbuzarligi sanaladi va belgilangan tartibda javobgarlikka tortishga asos bo‘ladi.
👉Soliq kodeksi 221-modda

Sotuvchi va xaridor o‘rtasida tovar yoki xizmatlar uchun xarid cheki bermasdan P2P o‘tkazmalari (bir jismoniy shaxsning kartasidan boshqa jismoniy shaxsning kartasiga) orqali hisob-kitob qilish noqonuniy hisoblanadi❗️


🌐Тelegram 🌐Facebook 🌐Instagram
#etirof

Prezidentimizning Farmoni bilan Soliq qo‘mitasi raisi Kudbiyev Sherzod Davlyatovich "Do‘stlik" ordeni bilan taqdirlandi

Hurmatli Sherzod Davlyatovich, yurtimiz taraqqiyoti va farovonligini ta’minlash yo'lidagi hissangizning munosib e’tirofi muborak bo‘lsin.

Davlat soliq xizmati organlarining ko‘p sonli jamoasi nomidan Sizni ushbu yuksak mukofot bilan tabriklaymiz.
_______
#признание

Указом Президента председатель Налогового комитета Кудбиев Шерзод Давлятович награжден орденом «Дустлик»

Уважаемый Шерзод Давлятович, поздравляем с заслуженным признанием Вашего вклада в обеспечение развития и благосостояния нашей страны.

От имени большого коллектива органов государственной налоговой службы поздравляем Вас с этой высокой наградой.