Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.51K photos
1.6K videos
40 files
4.74K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
“ENG ULUG‘, ENG AZIZ” TANLOVINING VILOYAT BOSQICHI G‘OLIBLARI SAFIDA VILOYAT SOLIQ XIZMATI MATBUOT XIZMATI HAM BOR

Bugun Buxoro viloyati Axborot kutubxona markazida mamlakatimiz mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligiga bag‘ishlab “Yangi hayot uchun, Yangi O’zbekiston uchun!” shiori ostida o‘tkazilgan “Eng ulug‘, eng aziz” tanlovi viloyat bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Ta’kidlash lozimki, ijodiy tanlovda 30 nafarga yaqin ishtirokchilarning 50 dan ortiq ijodiy ishlari ko‘rib chiqildi.

Tanlov hay’ati xulosasiga ko‘ra, Ilyos Eshmurodov “Yozuvchi va shoirlarning badiiy asarlari” yo‘nalishi bo‘yicha;
Uchqun Tojiyev “Bosma ommaviy axborot vositalari xodimlarining jurnalistik ishlari” yo‘nalishi bo‘yicha;
Salim Nazarov “Televideniye va radio” materiallari bo‘yicha;
Bahodir Fayziyev “Internet - jurnalistika” yo‘nalishi bo‘yicha hamda
Farhod Razzoqov
“Tasviriy san’at, foto asarlari va dizayn ishlari” bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar.
Ko‘rik-tanlov g‘oliblarini samimiy tabriklaymiz.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati

Тelegram | Facebook|Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#alkogol_tamaki

🖊 O‘zbekiston Respublikasinig 2023-yil 24-maydagi OʻRQ-844-son Qonuni bilan alkogol va tamaki mahsulotlarini sotishga qator cheklovlar kiritildi?

🎞 Youtube orqali ko‘rish

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#chek_tahrirlash #onlayn_NKT #marketpleys

31-avgust – 2023-yilda chop etilgan cheklarni tahrirlashning oxirgi kuni

2023-yil 17-avgustdan 31-avgustgacha
(31-avgust ham) 2023-yil 1-yanvardan (1-yanvar ham kiradi) xato chop etilgan onlayn-NKT va marketpleys cheklarini tahrirlash imkoniyati berilgan.

👉 Batafsil

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_qonunchiligi_bot

Soliq qoʻmitasi tomonidan soliq toʻlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida “Soliq qonunchiligi” telegram boti ishlab chiqildi

📚 Ushbu botda soliqqa oid qonunchilik hujjatlari 30 ta asosiy yoʻnalishga ajratilib, har bir yoʻnalishni tartibga soluvchi jami 300 dan ortiq qonunchilik hujjatlari bilan lex.uz saytiga yo‘naltirilgan havola orqali tanishish mumkin.

📌 Botning qulayligi shundaki foydalanuvchi sohaga oid yoʻnalishni tanlaganda havola orqali mazkur yo‘nalish bo‘yicha qabul qilingan qonunchilik hujjatining tegishli bandi ochiladi.

☝️Hurmatli soliq to‘lovchilar, bot test rejimida ishga tushdi, uni yanada takomillashtirish maqsadida o‘z takliflaringizni botning taklif qoldirish menyusiga yozishingiz mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
MOL-MULK VA YER SOLIG‘INI TO‘LASHNI UNUTMANG!

✔️ OXIRGI MUDDAT 15-OKTABR

Тelegram | Facebook|Instagram
#32_yilligi

Buxoro viloyati soliq boshqarmasida
mustaqilligimizning 32 yilligi keng nishonlandi

Bugun yurtimizning barcha jabhalarida “Yangi hayot uchun, Yangi O’zbekiston uchun!” shiori ostida mamlakatimiz mustaqilligining 32 yilligi keng nishonlanmoqda.

Jumladan, Buxoro viloyati soliq boshqarmasida ham bugun mustaqilligimizning 32 yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i D.Yuldashev kirish so‘zi bilan ochib, Mustaqilligimizning bugungi va kelgusi avlodlar taqdiri uchun ahamiyati hamda soliq xizmati organlari hodimlari oldiga qo‘yilgan mas’uliyatli vazifalar mohiyati haqida to‘xtalib o‘tdi.

Tadbirda viloyatimizdagi tadbirkorlik subyektlariga “Soliqchi - tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili asosida ko‘mak berish orqali ularning daromadlarini oshirishda hamda davlatimiz budjetiga tushumlarni ko‘paytirishga va soliq solinadigan bazani kengaytirishda munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh soliq xizmati xodimlari viloyat soliq boshqarmasi tomonidan rag‘batlantirildi.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati

Тelegram | Facebook|Instagram
MUSTAQILLIK BAYRAMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!

AZIZ TADBIRKORLARIMIZ, VILOYATIMIZ AHLI VA MEHMONLARINI ENG ULUG‘, ENG AZIZ BAYRAM-MUSTAQIL O‘ZBEKISTONIMIZNING 32 YILLIGI BILAN CHIN QALBIMIZDAN MUBORAKBOD ETAMIZ.

BUXORO VILOYATI SOLIQ BOSHQARMASI JAMOASI!

Тelegram | Facebook|Instagram
MUSTAQILLIK BAYRAMINGIZ MUBORAK BO‘LSIN!

BUXORO VILOYATI SOLIQ BOSHQARMASI JAMOASI
BARCHA YURTDOSHLARIMIZ VA TADBIRKORLARNI “ENG ULUG‘, ENG AZIZ BAYRAM — MUSTAQILLIGIMIZNING 32 YILLIGI” AYYOMI BILAN MUBORAKBOD ETADI.

FURSATDAN FOYDALANIB, SIZLARGA MUSTAHKAM SOG‘LIK, ULKAN OILAVIY BAXT, TINCHLIK, TOTUVLIK, HAMJIHATLIK VA FAROVONLIK TILAYMIZ.

HAYOTINGIZNING HAR BIR KUNI MEHR, SHODU XURRAMLIK VA YANGI ZAFARLARGA TO‘LSIN. AMALGA OSHIRAYOTGAN EZGU ISHLARINGIZ ESA YANGI O’ZBEKISTONIMIZ SHON-SHUHRATINI YUKSALTIRISHGA XIZMAT QILISHIGA ISHONAMIZ!

HURMAT BILAN,
Dilshod YULDASHEV,
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i.
SOLIQ TAQVIMI_SENTABR_2023.pdf
177.4 KB
#soliq_taqvimi

🗓Soliq to‘lovchi – yuridik shaxsning 2023-yil sentabr oyi uchun kalendari
______________________________
#календарь_налогоплательщика

🗓Календарь налогоплательщика – юридического лица на сентябрь 2023 года

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Sektor rahbarlari “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri mehmoni bo‘lishdi

Bugun barcha ta’lim muassasalarida "Bilimlar kuni" tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu tabdirlarda davlat idoralari rahbarlari ham ishtirok etib, mustaqillik darslarida yosh avlodni, maktab ostonasiga ilk qadam qo‘yayotgan bolajonlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar.

📌Jumladan, bugun
Buxoro shahridagi 17-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tkazilgan tadbirda Buxoro viloyati prokurori Maxmud Istamov hamda viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i Dilshod Yuldashev birgalikda ishtirok etdi.

Tadbirda sektor rahbarlari maktab o‘quvchilarini yangi o‘quv yili boshlanganligi munosabati bilan muborakbod etib, birinchi sinf o‘quvchilariga Prezident sovg‘alarini topshirdilar.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati

Тelegram | Facebook|Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
TO‘LAGAN SOLIQ TO‘LOVLARINGIZ QAYSIDIR OILAGA QUVONCH OLIB KIRISHINI HECH O‘YLAB KO‘RGANMISIZ

🎥 O’RNI KELGANDA MOL-MULK VA YER SOLIQLARINI TENG ULUSHLARDA TO‘LASHNING OXIRGI MUDDATI 15 OKTABR EKANLIGINI ESLATIB O‘TAMIZ!

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati

Тelegram | Facebook|Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#e_ijara

👨‍🎓Ijara shartnomalarini hisobga qo‘yishda talabalardan elektron raqamli imzo talab etilmaydi

Ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini 2 xil usulda hisobga qo‘yish mumkin
.

1️⃣ ijara.soliq.uz sayti orqali. Bunda ijaraga beruvchi saytdan "Talabalar ijarasi" bo‘limini tanlab "Ijaraga oluvchi talaba to‘g‘risida ma'lumot" oynasiga ijaraga oluvchi talabaning JShShIRni kiritganda uning ma’lumotlari (F.I.O, ta’lim olayotgan o‘quv yurti, fakulteti, ta’lim shakli va bosqichi, shuningdek doimiy ro‘yxatga olingan manzili) avtomatik shakllanadi.

Keyingi jarayonda "Qo‘shish" tugmasi orqali talaba bilan birga turgan boshqa talabalar dasturga kiritiladi.

So‘ngra “Telefon raqami” qatoriga ijaraga oluvchi talabaning telefon raqami kiritilib, “Tasdiqlash kodini yuborish” tugmasi bosiladi. Talabaning telefoniga SMS orqali kelgan 5 xonali raqam “Tasdiqlash kodi” qatoriga yozilib “Tasdiqlash” tugmasi bosiladi.

2️⃣ “Soliq” mobil ilovasi orqali. Ilovaning "Ijaraga berish" undan so‘ng “Talabalar uchun ijara shartnoma” bo‘limi orqali talabalar bilan tuzilgan ko‘chmas mulk ijara shartnomalari hisobga qo‘yiladi.

Ilovaga ijaraga beruvchi jismoniy shaxs tomonidan talabaning shaxsiy identifikatsiya raqami kiritilganda uning maʼlumotlari avtomatik shakllanadi. Talabalar Face ID yoki telefon raqamiga SMS orqali keladigan 5 xonali raqamni kiritish orqali ijara shartnomasini tasdiqlashi mumkin.

Talabalar bilan tuzilgan ijara shartnomalari hisobga qo‘yilganda ushbu ma'lumotlar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bazasida shakllanadi. Bu esa oylik ijara to‘lovining bir qismini qoplab berishda oliy o‘quv yurtlariga qulaylik yaratadi.

☝️Eslatib o‘tamiz, soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olgan daromadlari soliqdan ozod etilgan. (Soliq kodeksi, 378-modda)

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
MOL-MULK VA YER SOLIG‘INI TO‘LASHNI UNUTMANG!

✔️ OXIRGI MUDDAT 15-OKTABR

Тelegram | Facebook|Instagram
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2023-yil 5-sentabr

avgust oyi uchun:

- banklar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlariga amalga oshirilgan toʻlovlar (dividendlar va foizlar toʻlovidan tashqari) boʻyicha yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻini budjetga oʻtkazishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 355-modda 2-qism);

- natura holida toʻlangan daromadlar boʻyicha JShODSni va SHJBPHga majburiy badallarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 390-modda 2-qism, 06.10.2005-yildagi 1515 raqamli nizomning 7-bandi).
__________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем❗️5 сентября 2023 года последний день

за август:

- перечисления банками в бюджет налога на прибыль по платежам, произведенным нерезидентам РУз (кроме выплаты дивидендов и процентов)
(ч.2 ст.355 Налогового кодекса);

- уплаты НДФЛ и обязательных взносов на ИНПС с доходов, выплаченных в натуральной форме
(ч.2 ст.390 Налогового кодекса, п. 7 Положения, рег. № 1515 от 06.10.2005 г.)

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads