Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.02K subscribers
7.53K photos
1.6K videos
41 files
4.75K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221 26 89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
#4_sektor

4-sektor rahbari hududdagi umumta’lim maktablariga bordi

Bugun viloyat 4-sektor rahbari D.Yuldashev Kogon shahar va Kogon tumanida hududdagi umumta’lim maktablarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holatini o‘rgandi.

🔹O’rganish jarayonida sektor rahbari yangi o‘quv yiliga har tomonlama puxta taraddud ko‘rish maqsadida o‘quv xonalarini jihozlash, binolarning atrofini obodonlashtirish yuzasidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berdi.

🔹Sektor rahbari umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan to‘garak faoliyati bilan ham qiziqib, faol o‘g‘il-qizlarga sovg‘alar ulashdi.

Xususan, ushbu umumta’lim maktablarining eng a’lochi va hududdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlari ham e’tibordan chetda qolmadi.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram
#soliq_islohotlari

Soliq islohotlari tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan

Joriy yil 18-avgust kuni tadbirkorlar bilan bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotda ham Prezidentimiz sodda soliq maʼmurchiligi va byurokratiyasiz qulay muhit yaratish borasida muhim tashabbuslarni ilgari surdi.

Jumladan
, endilikda mamlakatimizda tadbirkorlarning ochiq-oshkora reytingi joriy qilinadi.
Bunda, kelgusi yil 1-yanvardan boshlab reytingi yuqori korxonalar:
barcha turdagi soliq tekshiruvlaridan ozod qilinadi;
ularga qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha qismi bir kunda qaytarib beriladi;
qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchisi guvohnomasini vaqtinchalik toʻxtatib turish amaliyoti bekor qilinadi.

Bundan tashqari, kameral nazoratda tadbirkordan hujjat talab qilish yoki uni idoraga chaqirish qatʼiyan taqiqlanadi. Soliqchilar koʻrsatgan xizmatlar sifatiga tadbirkorlarning oʻzi baho beradigan tizim yoʻlga qoʻyiladi.

👉BATAFSIL

Тelegram | Facebook|Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#keshbek

Soliq mobil ilovasida 1,5 trilliondan ortiq keshbek to‘landi

💳 Joriy yilning iyul oyida 2,6 mlndan ortiq iste'molchi tomonidan 151 mlrd so‘mga yaqin keshbek yig‘ilgan.

Shundan 1,6 mlndan ortiq iste'molchiga ayni paytda 86,4 mlrd so‘m keshbek to‘lab berildi. Ushbu iste'molchilar keshbek summalarini bank kartalariga o‘tkazib olishi mumkin.

🕰 Bugun yana 18 mlrd so‘mga yaqin keshbek to‘lab beriladi
.

📲 Soliq mobil ilovasining yangi versiyasini yuklab oling

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_islohotlari

SOLIQ ISLOHOTLARI TADBIRKORLAR NIGOHIDA

BAXSHULLO AMRULLAYEV
- Kogon tumanidagi “Omad Kumushkent” MJCH rahbari.

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram
#munosabat

Ayni daqiqalarda "O‘zbekiston" telekanalida "Munosabat" ko‘rsatuvining soliq ma'murchiligiga bag‘ishlangan navbatdagi soni jonli efirga uzatilmoqda

Muhokama markazida soliq ma'murchilgidagi asosiy o‘zgarishlar, xususan, tadbirkorlarga berilgan imtiyozlar va ularning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan islohotlar

👉 Jonli efir havolasi 📡

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_islohotlari

SOLIQ ISLOHOTLARI TADBIRKORLAR NIGOHIDA

ANVAR TO‘QBOYEV
Jondor tumanidagi "ARJUMANBONU CHORVASI" Parrandachilik klasteri ish boshqaruvchisi

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook|Instagram
#4_sektor

VILOYAT 4-SEKTOR RAHBARI RABOTLIKLARNING MUAMMOLARINI HAL ETIB, TASHABBUSLARINI QO‘LLAB-QUVVATLADI

Bugun viloyat 4-sektor rahbari D.Yuldashev Jondor tumani “Rabot” mahalla fuqarolari yig‘inida aholini qiynab kelayotgan muammolarini joyida hal etish maqsadida sayyor qabul o‘tkazdi.

4-sektor rahbaring rabotliklar uchun o‘tkazgan sayyor qabuli ularning og‘irini yengil qilishi bilan esda qolarli bo‘ldi.
Shu kuni 6 nafar ehtiyojmand oilaning farzanlari uchun maktab formalari berildi, 4 ta oilaga oziq-ovqat mahsulotlari hamda 2 nafar “Yoshlar daftari”ga kiritilgan o‘g‘il-qizlarga tadbirkorlik faoliyatlarini boshlashlari uchun asbob-uskunalar berildi.

👉 BATAFSIL O'QISH UCHUN


Тelegram | Facebook|Instagram
#alkogol_tamaki

Savdo shoxobchasida sotilayotgan tamaki mahsulotlari ochiq holda namoyish etilmaydi

Chakana savdo shoxobchasida sotilayotgan tamaki mahsulotlari va nikotin isteʼmol qilish moslamalari ochiq holda namoyish etilmaydi. Yaʼni sotuvdagi tamaki mahsulotlari va nikotin isteʼmol qilish moslamalari oʻrniga ularning nomi va narxi aks ettirilgan roʻyxat joylashtiriladi.

☝️ Bunda xaridor talabiga koʻra, faqat sotiladigan mahsulot koʻrsatilishi mumkin.

Soliq organlari
:
▫️alkogol va tamaki mahsulotlarining aylanishi bilan bogʻliq soliqlar va yigʻimlarning toʻgʻri hisoblab chiqarilishi, toʻlanishi ustidan nazorat qiladi;
▫️savdo va xizmat koʻrsatish obyektlarida alkogol va tamaki mahsulotlari, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarini realizatsiya qilish qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat qiladi. Ularning noqonuniy aylanmasini oldini olish choralarini koʻradi.

Alkogol va tamaki mahsulotlarini, tamakini hamda nikotinni isteʼmol qilish moslamalarini 21 yoshga toʻlmagan shaxslarga sotish taqiqlanadi.

👉 Batafsil

🖊 Qonun bugun – 26-avgustdan kuchga kirdi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#4_sektor
#Jondor_tumani

VILOYAT 4-SEKTOR RAHBARI RABOTLIKLARNING MUAMMOLARINI HAL ETIB, TASHABBUSLARINI QO‘LLAB-QUVVATLADI

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati

Тelegram | Facebook|Instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#keshbek

Qaysi cheklarga va nima uchun keshbek berish rad etilganini yoki tasdiqlanmayotganini “Soliq” mobil ilovasida oson bilib olishingiz mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#soliq_islohotlari

Zo‘r TV “Bu kun” dasturida:

SOLIQ ISLOHOTLARI TADBIRKORLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASHGA QARATILGAN

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati

Тelegram | Facebook|Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
MOL-MULK VA YER SOLIG‘INI TO‘LASHNI UNUTMANG!

✔️ OXIRGI MUDDAT 15-OKTABR

Тelegram | Facebook|Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘ZBEKISTON24

MAXSUS REPORTAJ|SOLIQ MA’MURCHILIGI: TADBIRKORLIK UCHUN QULAY IMKONIYATLAR

Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
Matbuot xizmati

Тelegram | Facebook|Instagram
#bilasizmi #QQS

Paxta yetishtiruvchilarga QQSni boʻlib toʻlash huquqi berilgan

2023-yil hosilidan
paxta-toʻqimachilik klasterlari tomonidan paxta xomashyosi toʻliq elektron tarozi orqali qabul qilinadi.

Paxta yetishtiruvchi qishloq xoʻjaligi korxonalari (fermer xo‘jaliklari) uchun QQSni paxta xomashyosi boʻyicha yakuniy hisob-kitoblarni amalga oshirish muddatigacha toʻlash va hisobga olishga ruxsat etiladi.

2026-yil 1-aprelga qadar paxta-toʻqimachilik klasterlari va qishloq xoʻjaligi korxonalari (fermer xoʻjaliklari) oʻrtasidagi hisob-kitoblar hamda QQSni hisobga olish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

🔹paxta-toʻqimachilik klasterlari tomonidan paxta hosili uchun yakuniy hisob-kitoblar oʻz muddatida amalga oshirilmaganda, yuzaga kelgan soliq qarzdorligini QQS toʻlovchisi hisoblangan qishloq xoʻjaligi korxonalari (fermer xoʻjaliklari)ga 3 oy muddatga teng ulushlarda boʻlib-boʻlib toʻlash huquqi beriladi;

🔹paxta-toʻqimachilik klasterlariga qabul qilib olingan paxta hosili uchun EHFda koʻrsatilgan QQS summasini qishloq xoʻjaligi korxonalari (fermer xo‘jaliklari) tomonidan QQS budjetga toʻlab berilganidan soʻng hisobga olishga ruxsat etiladi.

👉 VMQ-379-son, 14.08.2023-y.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads