#Soliqchi_ko'makchi
✅ Buxoroda tadbirkorlik subyektlariga “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida ko‘maklashilmoqda
Bugungi kunda Buxoroda tadbirkorlik subyektlariga “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida ko‘rsatilayotgan amaliy ko‘maklar natijasida ularning safi tobora ortib bormoqda. Bu esa o‘z navbatida hududda qo‘shimcha yangi ish o‘rinlari yaratilishiga hamda byudjetga qo‘shimcha mablag‘larning kelib tushishiga xizmat qilayapti.
Birgina misol, Buxoro shahrida yaqin orada yirik savdo va xizmat ko‘rsatish majmuasi yana bittaga ko‘payadi. Aytib o‘tish kerak, “Shopping Karvon Center Home Market” MCHJ negizida yirik savdo va xizmat ko‘rsatish majmuasi ishga tushgach, bu yerda 6 mingga yaqin qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratiladi. Natijada byudjetga yillik 5 miliardga yaqin tushum kelib tushishi ta’minlanadi.
Shuningdek, savdo va xizmat ko‘rsatish majmuasida 1500 mingdan ortiq kam daromadli oilalarga qo‘shimcha daromad manbalari yaratiladi.
Ta’kidlash lozim, mazkur korxona va Buxoro shahar davlat soliq inspeksiyasi o‘rtasida mustahkam aloqa o‘rnatilgan. Xususan, korxonaga biriktirilgan davlat soliq xizmati organlari mas’ul xodimlari ularga soliq ma’murchiligi yo‘nalishlarida yaqindan ko‘mak berib kelmoqdalar. Yaqinda davlat soliq xizmati organlari xodimlarining ko‘magi bilan korxonaga 2022-yilda xarid qilgan tovarlar bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘ining hisobga olingan 6 milliard so‘mga yaqin qismi qaytarib berildi.
✅ Raqamlarga tayanib aytadigan bo‘lsak, Buxoro shahrida joriy yilning o‘tgan davri mobaynida jami 4 153 ta korxonaning muammolari o‘rganildi. Shundan 4072 ta korxona ko‘maklashish zarur bo‘lganlar toifasiga kiritildi. 1010 ta korxonaga dastlabki buxgalteriyasini yuritishga ko‘maklashildi.
Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.
Тelegram | Facebook

#keshbek
#turizm
🔴 Dam olish kunlari oilamiz bilan Buxoroga bordik. “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJdan ikki tomonga - borish va qaytish uchun chipta sotib oldik, mehmon uyidan xona oldik. Sayohatimiz davomida biz shunchaki eski shaharni aylanib chiqdik va muzeylarga, madaniy obida majmualariga bormadik. Biz sayohat uchun keshbek olishimiz mumkinmi?
🔵 Sayohat uchun keshbekga ega bo‘lish uchun bir qator shartlarni bajarish kerak:
📲Soliq mobil ilovasida JShShIRni kiritgan holda FACE ID orqali ro‘yxatdan o‘tish;
shuningdek, sayohatning barcha uch bosqichi uchun amalga oshirilgan to‘lovlarga taqdim etilgan QR-kodli cheklarni Soliq mobil ilovasida skanerlash orqali ro‘yxatdan o‘tkazish, ya'ni:
✈️ avia, temir yo‘l va (yoki) avtobus transporti chiptasini xarid qilish;
⛺️ joylashtirish vositalaridan (mehmonxonalar, dam olish uylari va zonalari, mehmon uylari va boshqalardan) foydalanish;
🕌 madaniy meros obyektlariga tashrif buyurish.
Sizning holatingizda 3-bosqich tugallanmagan, ya'ni madaniy meros obyektlariga tashrif buyurganlik uchun chek mavjud emasligi sababli, sayohat uchun keshbek olish mumkin emas deb hisoblanadi.
❗️Eslatamiz: joriy yilning 1-sentabridan boshlab respublika boʻylab sayohat qiluvchi va sayohat davomida sayohatning barcha uch bosqichini bir vaqtning oʻzida yakunlagan sayyohlar xarajatlari uchun 15 dan 50% gacha keshbekka ega bo‘lmoqda.
👉PQ-232 30.04.2022-yil
👉VMQ-484 31.08.2022-yil
👉 Sayohat uchun keshbek: ilk natijalar
Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram

Forwarded from Soliq xizmati xabarlari - Rasmiy kanal
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM

#savol_javob
- Soliq auditi davomida tekshiruvchilar tomonidan tekshirilayotgan yuridik shaxsdan 1C tizimiga kirish va bank hisobvarag‘i haqidagi ma’lumotlar bilan tanishishga ruxsat berish talab qilingan. Bu talablar ularning vakolatlariga qay darajada mos keladi❓
- Soliq auditini o'tkazishda soliq organlari tekshirilayotgan shaxsdan soliq tekshiruvi o'tkazish uchun zarur bo'lgan hujjatlarni talab qilishga haqli.
👉 VMQ-1 2-ilova 19-band 07.01.2021
Soliq organlari soliq to‘lovchilardan va uchinchi shaxslardan soliqlarni va yig‘imlarni hisoblab chiqarish hamda to‘lash uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va ma’lumotlarni (axborotni), shu jumladan elektron tarzda taqdim etishini talab qilishga haqli.
👉Soliq kodeksi 26-modda
Bularga quyidagi hisob hujjatlari kiradi:
▫️soliq solish obyektlarini va soliq solish bilan bog‘liq obyektlarni aniqlash, shuningdek soliqlar va yig‘imlarni hisoblab chiqarish uchun asos bo‘lgan boshlang‘ich hujjatlar;
▫️buxgalteriya hisobi registrlari;
▫️boshqa hujjatlar.
👉Soliq kodeksi 76-modda
Soliq to‘lovchi soliq tekshiruvini o‘tkazayotgan soliq organlarining mansabdor shaxslariga soliqlarni hisoblab chiqarish va to‘lash uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan hujjatlar, shuningdek elektron manbalarda saqlanadigan tegishli axborot bilan tanishish imkoniyatini ta’minlashi lozim.
👉Soliq kodeksi 22-modda 1-band
Soliq tekshiruvlarini o‘tkazishda soliq to‘lovchilar majburiyatlari:
▫️soliq organlarining tekshirish bilan bog‘liq qonuniy talablarini bajarish, ular mansabdor shaxslarining qonuniy faoliyatiga to‘sqinlik qilmaslik;
▫️tekshiruvni o‘tkazayotgan soliq organlarining mansabdor shaxslariga tekshiruv bilan bog‘liq, shu jumladan, elektron axborot manbalarida saqlanadigan ma'lumotlar, hujjatlar va axborotni o‘rganish hamda tahlil qilish imkoniyatini ta’minlash;
▫️tekshiruvni o‘tkazuvchi mansabdor shaxsning talabiga ko‘ra soliq to‘lovchi elektron shaklda tuzilgan hujjatlarning qog‘ozdagi ko‘chirma nusxalarini taqdim etishi shart, EHFlarning axborot tizimida ro‘yxatga olingan EHFlar bundan mustasno.
👉VMQ-1 2-ilova 18-band 07.01.2021
Yuqorida qayd etilganlardan kelib chiqqan holda, soliq to‘lovchilar soliq tekshiruvini o‘tkazayotgan soliq organi mansabdor shaxsining talabiga binoan soliqlar va yig‘imlarni hisoblash va to‘lash uchun zarur bo‘lgan hujjatlar va ma’lumotlarni (axborotlarni), shuningdek elektron manbalarda saqlanadigan tegishli ma’lumotlarni taqdim etishlari shart.
Soliq organlari kameral yoki sayyor soliq tekshiruvi paytida, shuningdek soliq monitoringi davomida ilgari taqdim etilgan hujjatlarni talab qila olmaydi.
👉 Soliq to‘lovchilarning huquqlari
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter

Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
10-11 ноябрь кунлари Самарқанд шаҳрида Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев раислигида Туркий давлатлар ташкилотига аъзо мамлакатлар раҳбарларининг йиғилиши бўлиб ўтади.
—
10-11 ноября в городе Самарканде под председательством Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева состоится заседание глав стран-участниц Организации тюркских государств.
#Mirziyoyev #sammit #TDT #hamkorlik
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter

#4_SEKTOR
Jondor tumanidagi “Zangi” mahallasining qiyofasi tubdan o‘zgarmoqda
✅ Bugun Buxoro viloyatining qaysi tumaniga bormang qishloq hayotida katta o‘zgarishlar va mahallalarda amalga oshirilayotgan bunyodkorliklar ustidan chiqasiz. Eng muhimi, bunday o‘zgarishlarni bugun har bir inson kundalik hayotida his etmoqda desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Zero, davlatimiz rahbari ta’biri bilan aytganda “Mahalla tinch bo‘lsa, yurt tinch bo‘ladi. Mahalla obod bo‘lsa, butun mamlakat obod bo‘ladi”.
📌 Avval xabar qilinganidek, bu yerda Davlat soliq qo‘mitasi raisi shtabi ishchi guruhi tomonidan hududda ichki yo‘llarni ta’mirlash, kommunikatsiya va infrasturukturani yaxshilash, mahalliy investitsiya loyihalarini jalb etish borasida bir qator ishlar olib borilmoqda.
👉 BATAFSIL O'QISH UCHUN

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli soliq to‘lovchilar❗️
Agar Siz soliq xodimlari bilan bog‘liq korrupsiya va huquqbuzarliklarning guvohi bo‘lsangiz.
Davlat soliq qo‘mitasing rasmiy [email protected] elektron pochtasiga, telegram messenjeridagi @dsq_anticorrupciya_bot_ga, yoki Davlat soliq qo‘mitasining (71)244-98-98 va 📞1198 qisqa raqamiga, shuningdek, Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasining 📞 (65)221-26-89 (65)221-30-03 ishonch telefonlariga murojaat qilishingiz so‘raladi.
✅ Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasi

#4_sektor
#stol_tennisi
🏓 Kogonda stol tennisi bo‘yicha Respublika turniri musobaqasining tuman bosqichi o‘tkazildi
Kogon tumani “Niyoz-hoji” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 1 ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida 13-16 yoshdagi maktab o‘quvchilari o‘rtasida stol tennisi bo‘yicha Respublika turniri musobaqasining “Mahalla kubogi” tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada “Geofizika” MFY ishtirokchisi - R.Sadriddinova hamda “O‘zbekiston” MFY ishtirokchisi - A.Radjabovlar 🥇-o‘rinni egallab, viloyat bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.
Turnirda “Geofizika” MFY ishtiroklari faollik ko‘rsatib, ushbu musobaqaning boshqa faxrli o‘rinlariga ham asosiy da’vogarlik qildilar.