Buxoro viloyati soliq boshqarmasi
1.19K subscribers
8.59K photos
1.86K videos
50 files
5.6K links
Buxoro viloyati soliq boshqarmasi rasmiy telegram kanali.

Murojaat uchun:
(65) 221-26-89

Facebook: https://www.facebook.com/buxorodsb

Instagram: https://www.instagram.com/buxoro_viloyati_soliq_pressa/
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#31_YILLIK
#SPORT_STOL_TENNISI

BUXORODA DAVLAT SOLIQ XIZMATI XODIMLARI O‘RTASIDA SPORTNING VOLLEYBOL VA STOL TENNISI BO‘YICHA
🏆 “BUXORO VILOYATI DAVLAT SOLIQ BOSHQARMASI BOSHLIG‘I" KUBOGI MUSOBAQALARI O‘TKAZILDI.

Batafsil
videoda.

Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook
#STIR

OTMlarga oʻqishga kirgan talablardan STIR (INN) talab etilmaydi

Biroq, ijtimoiy tarmoqlar orqali oʻqishga kirgan talabalardan talab qilinadigan hujjatlar roʻyxati e’lon qilingan boʻlib unda STIR (INN) ham ko‘rsatilgan.

Natijada, STIR raqami mavjud boʻlmagan shaxslar yoki ularning yaqinlari tomonidan soliq organlariga telefon orqali yoki shaxsan borib STIR soʻrash holatlari uchramoqda.

☝️Shu munosabat bilan, eslatib o‘tamiz, 2021-yil 1-iyuldan boshlab davlat soliq xizmati organlarida jismoniy shaxslarning hisobini yuritish jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JShShIR)dan foydalangan holda amalga oshirilmoqda.

Shunga asosan, 2021-yil 1-iyuldan boshlab jismoniy shaxslarga soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR)ni berish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish to‘xtatilgan.

Barcha OTMlardan talabalikka tavsiya etilgan shaxslardan STIR talab qilmaslik soʻraladi.

❗️Muhim:
Davlat tashkilotlari tomonidan aholidan STIR talab qilinishi davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzish deb hisoblanadi. (ushbu ma’lumotlar davlat tashkilotlarida oʻzaro axborot almashinuvi orqali olinishi lozim).
👉PF-6191-son 4-band 23.03.2021

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#ИНН

У студентов, поступивших в вузы, не требуется наличие ИНН

В социальных сетях для студентов, поступивших на обучение в вузы, опубликован необходимый для них список документов, в числе которых также представлен ИНН.

В результате возникают ситуации, когда лица, у которых нет ИНН, или их близкие обращаются за получением ИНН в налоговые органы лично или по телефону.

☝🏻В связи с этим напоминаем, что с 1 июля 2021 года учет налогоплательщиков-физических лиц в органах государственной налоговой службы осуществляется при помощи персонального идентификационного номера физического лица (ПИНФЛ).

На основании этого с 1 июля 2021 года приостановлено предоставление государственной услуги по выдаче физическим лицам идентификационного номера налогоплательщика (ИНН).

Просим вузы не требовать ИНН у лиц, рекомендованных к обучению.

❗️Важно: Истребование государственными органами и организациями ИНН у населения признается нарушением требований актов законодательства в сфере оказания государственных услуг (эти сведения должны быть получены путем взаимного обмена информацией в государственных органах и организациях).
👉п.4 № УП-6191 от 23.03.2021 г.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📺 Buxoro TV “Diyor yangiliklari” dasturida:

BUXORODA DAVLAT SOLIQ XIZMATI XODIMLARI O‘RTASIDA SPORTNING VOLLEYBOL VA STOL TENNISI BO‘YICHA
🏆 “BUXORO VILOYATI DAVLAT SOLIQ BOSHQARMASI BOSHLIG‘I" KUBOGI MUSOBAQALARI O‘TKAZILDI.

Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook
#e_ijara

👨‍🎓Ijara shartnomalarini hisobga qo‘yishda talabalardan elektron raqamli imzo talab etilmaydi.

🏠Ko‘chmas mulk ijara shartnomalarini 2 xil usulda hisobga qo‘yish mumkin
.

1️⃣ ijara.soliq.uz sayti orqali. Bunda ijaraga beruvchi saytdan "Talabalar ijarasi" bo‘limini tanlab "Ijaraga oluvchi talaba to‘g‘risida ma'lumot" oynasiga ijaraga oluvchi talabaning JShShIRni kiritganda uning ma’lumotlari (F.I.O, ta’lim olayotgan o‘quv yurti, fakulteti, ta’lim shakli va bosqichi, shuningdek doimiy ro‘yxatga olingan manzili) avtomatik shakllanadi.

Keyingi jarayonda "Qo‘shish" tugmasi orqali talaba bilan birga turgan boshqa talabalar dasturga kiritiladi.

So‘ngra “Telefon raqami” qatoriga ijaraga oluvchi talabaning telefon raqami kiritilib, “Tasdiqlash kodini yuborish” tugmasi bosiladi. Talabaning telefoniga SMS orqali kelgan 5 xonali raqam “Tasdiqlash kodi” qatoriga yozilib “Tasdiqlash” tugmasi bosiladi.

2️⃣ “Soliq” mobil ilovasi orqali. Ilovaning "Ijaraga berish" undan so‘ng “Talabalar uchun ijara shartnoma” bo‘limi orqali talabalar bilan tuzilgan ko‘chmas mulk ijara shartnomalari hisobga qo‘yiladi.

Ilovaga ijaraga beruvchi jismoniy shaxs tomonidan talabaning shaxsiy identifikatsiya raqami kiritilganda uning maʼlumotlari avtomatik shakllanadi. Talabalar Face ID yoki telefon raqamiga SMS orqali keladigan 5 xonali raqamni kiritish orqali ijara shartnomasini tasdiqlashi mumkin.

Talabalar bilan tuzilgan ijara shartnomalari hisobga qo‘yilganda ushbu ma'lumotlar Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi bazasida shakllanadi. Bu esa oylik ijara to‘lovining bir qismini qoplab berishda oliy o‘quv yurtlariga qulaylik yaratadi.

☝️Eslatib o‘tamiz, soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olgan daromadlari soliqdan ozod etilgan. (Soliq kodeksi, 378-modda)

👉Turar joylarni ijaraga oluvchi talabalarda soliq majburiyati yuzaga kelmaydi.

👉Ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish bo‘yicha videoqo‘llanma

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Xushxabar:

Buxoro shahar DSI xodimi “Shuhrat” medali bilan mukofotlandi

Prezident farmoniga ko‘ra mukofotlanganlar orasida Buxoro viloyati Buxoro shahar davlat soliq inspeksiyasi davlat soliq katta inspektori Safarov Islom Teshayevich ham bor.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 29-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz bir yilligi munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoni bilan bir guruh yurtdoshlarimiz qatorida Buxoro shahar davlat soliq inspeksiyasi davlat soliq katta inspektori Safarov Islom Teshayevich ham

“Shuhrat” medali bilan mukofotlandi.
Ta’kidlash lozim, Prezidentimiz tomonidan berilgan ushbu yuksak mukofot Islom Safarov timsolida Buxoro viloyati davlat soliq xizmati organlari xodimlarining “Soliqchi-ko‘makchi” tamoyili asosida olib borayotgan ishlari va soliq organlari oldida turgan vazifalarni bajarishda erishayotgan yutuqlariga berilgan bahodir.

Ushbu xushxabar Buxoro viloyati davlat soliq xizmati organlarida mehnat qilib kelayotgan barcha xodimlarini quvontirdi.

Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.
#Vobkent_tumani
#4_sektor

Vobkent tumanida 4-sektor tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 31 yilligi munosabati bilan hududdagi maxalla fuqarolar yig‘inida xotin-qizlar o‘rtasida sportning stol tennisi, shashka, shaxmat va volleybol turlari bo‘yicha musobaqalar tashkillashtirildi.

Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook
#Jondor_tumani
#4_sektor

📍 Jondor tumani 4-sektor hududidagi “Oxshix” mahalla fuqarolar yig`inida joylashgan 2-sonli Bolalar va o`smirlar sport maktabida sportning stol tennis turi bo`yicha "Sektor rahbari kubogi" musobaqasi bo`lib o`tdi.

Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook
#Peshku_tumani
#4_sektor

📍Peshku tumanidagi “Malishoyak” MFY hududida joylashgan “Rayhona” NMTT da 4-sektor ishchi guruhi tomonidan mustaqilligimizning 31 yilligi munosabati bilan bayram dasturi tashkillashtirildi.

“O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” shiori ostida uyushtirilgan bayram kechasida mahalla aholisi, nuroniylar va mahalla faollari bayram dasturxoni atrofida jam bo‘ldilar.

Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook
#Olot_tumani
#4_sektor

📌 Mustaqilligimizning 31 yilliki shodiyonalari arafasida Olot tumanining 4-sektor hududidagi “Kesakli” MFY ga qarashli asosiy ko'chada asfalt qoplamasi yotqizildi.

Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.

Тelegram | Facebook